Sinov savollar Shtangensirkulning tuzilishi qanday?
Noniusning aniqligi deb nimaga aytiladi?
Noniusning vazifasi nima?
Shtangensirkul bilan jismlarning uzunligi qanday o’lchanishini ko’rsatib bering.
Bunchalik aniq o’lchash qayerlarda qo’llaniladi?
Biror jismda o’lchashda 20 ta bo’limli noniusning 72 mm dan oshgan, ammo 73 mm ga yetmagan bo’lsin noniusning 9-chizig’I esa asosiy shkalaning biror chizig’I bilan mos tushsin. Shu jismning uzunligi qancha?
2.Mikrometr. ingichka simlarning diametrini, yupqa plastinkalarning qalinligini, aniq mexanizmlar, turli hil qismlarning chiziqli o’lchamlarini mm ning yuzdan bir ulushi aniqligida o’lchash kerak va buning uchun mikrometrdan foydalaniladi.
Mikrometr 2-3 sm dan katta bo’lmagan jismlarning chiziqli o’lchamlarini 0.01 mm aniqlik bilan o’lchash uchun ishlatiladigan asbobdir.
Mikrometr ikkita birinchi qo’zg’almas 1 va ikkinchisi qo’zg’aluvchan 2 naylardan iborat. Qo’zg’almas naydagi yotiq chiziq mikrometr o’qi bo’ylab, uning yuqorisiga va pastiga mm larga taqsimlangan shkala chiziqlari bir-biriga nisbatan 0.5 mm ga siljitib chizilgan.
Qo’zg’almas nayning oxirida skoba 3 bor. Uning bir uchiga qo’zg’almas tayanch 4, ikkinchi uchiga esa mikrometrik vint 6 bilan biriktirilgan qo’zg’aluvchan tayoqcha 5 ga doiraviy baraban o’rnatilgan. Mikrometr bilan biron bir jismni o’lchashdan oldin mikrometr ko’rsatkichini to’g;riligini tekshirish lozim. Mikrometr ko’rsatishi to’g’ri bo’lsa moslama 7 ni burash bilan qo’zg’aluvchan tayoqchani tayanchga tekizganda barabandagi noniusning nolinchi chizig’I yotiq asosiy shkalaning nolinchi chizig’iga mos kelishi kerak.
Yotiq shkaladagi 1 ta bo’limning qiymati 0.5 mm bo’lgan mikrometrlar keng tarqalgan. Mikrometrik vint 1mm ga siljishi uchun tayoqchadagi doiraviy baraban ikki marta aylanishi kerak. Demak, bunday mikrometrik vint qadami 0.5 mm ga teng.Doiraviy barabanning 50ta bo’limli shkalasi bor. Mikrometr aniqligi
ga teng.
Biror jismni o’lchash uchun uni tayanch va qo’zg’aluvchan tayoqcha orasiga joylashtirib, moslamani tayoqcha jismga me’yorida tekkuncha burash kerak. Jism tayanchga va tayoqchaga me’yorida tekkanida moslama o’ziga xos ovoz chiqaradi. Shundan so’ng moslamani burash to’xtatiladi.
Mikrometr bilan doiraviy shkalaning yotiq shkaladagi qancha mm dan o’tganligini aniqlash va bunga doiraviy shkalaning yotiq o’qqa mos tushgan bo’limining 0.01 mm ga ko’paytirishdan chiqqan natijani qo’shish kerak. Agar doiraviy shkala yotiq shkalaning biror chizig’idan keyingi yuqoridagi chiziqdan ham o’tgan bo’lsa, u holda natijaga yana 0.5mm ni ham qo’shish kerak.
Mikrometr bilan o’lchashlarg misollar.
Jismni o’lchashda barabandagi doiraviy shkala yotiq chizilgan asosiy shakldagi 10 mm dan o’tgan, ammo 11 mm ga yetmagan bo’lsin. Yotiq shkala o’qiga doiraviy shkalaning 18 chizig’I mos tushgan deylik. U holda jismning uzunligi 10mm+0.01mm.18=10.18mm gat eng bo’ladi.