1-rasm. Agar yorug’lik nurida barcha yo’nalishlarda magnit va elektr vektorlarning tebranishlari to’lqin tarqalishiga perpendikulyar tekislikda kuzatilayotgan bo’lsa bunday yorug’lik tabiiy yorug’lik deyiladi. (2-rasm)
b) v)
2-rasm.
a) Yorug’lik biror muhitga kelib tushsa yorug’likning -vektori muhitga ta’sir ko’rsatadi (masalan –biologik, fiziologik, optika va h.k). Shuning uchun ham bundan buyon faqat elektr vektori to’g’risida gapiriladi, lekin magnit vektori ham doim mavjud deb tushunmoq kerak. Biror yo’l bilan elektr vektori faqat bir tekislikda tebranadigan nur hosil qilinsa bunday nur yassi qutblangan nur deyiladi. (2-b rasm)
b) Agar biror yo’nalishda elektr vektori tebranishining yo’nalishi boshqa yo’nalishlardan ustunlikka ega bo’lsa bunday nur qisman qutblangan nur deyiladi.
Elektr maydon kuchlanganligi vektori tebranayotgan tekislik tebranish tekisligi, vektori tebranayotgan tekislik qutblanish tekisligi deyiladi (shartli ravishda qabul qilingan) 3-rasm.
3 – rasm.
Ikki muhit chegarasiga yorug`lik tushsa qaytgan nur va singan nur ham qisman qutblangan bo`ladi. Agar yorug`lik tushish burchagining tangensi shu muhit sindirish ko`rsatgichiga teng bo`lsa, qaytgan nur to`la qutblangan nur deyiladi. Qaytgan nur bilan singan nur orasidagi burchak 900 ga teng bo`ladi. Bu Bryuster qonuni ham deb yuritiladi.
(1)
Bunda n – muhitning sindirilish ko`rsatgichi, -yorug’likning tushish burchagi
Bunda singan nur qisman qutiblanganicha qolaveradi.
4-rasm.
Qutblangan yorug’lik amalda nurlarning anizatrop (har xil yo’nalishda optik xususiyati har xil bo’lgan moddalar) muhitdan o’tayotganda ikkilanib sinishi tufayli va Nikol prizmasi yordamida hosil qilinadi.
Shunday moddalar mavjudki, (masalan, turmalin, island shpati) bunday moddalarga tushayotgan yorug’lik nuri moddadan 2 ga bo’linib chiqadi. Har ikkala yorug’lik ham qutblangan bo’lib, o’zaro perpendikulyar tekisliklarda tebranadi. Bunday hodisa nurlarning ikkilanib sinishi deyiladi. Nurlarning bittasi yorug’lik qonunlariga to’la bo’ysinadi va oddiy nur deyiladi. Odatda bu nur “O” harfi bilan belgilanadi. Ikkinchi nur esa, yorug’lik qonunlariga bo’ysinmaydi va odatdagimas (g`ayri) nur deyilib, “e” harfi bilan belgilanadi.
Kristallarda shunday bir yo’nalish mavjudki, bunda nur ikkilanib sinmaydi, bu yo’nalish kristallning optik o’qi deyiladi. Bunday kristallar bir o’qli kristallar deyiladi. Mexanik kuchlanish, elektr va magnit maydonlari ta`sirlanadi, ya`ni sun`iy yo’l bilan izatrop moddalarni anizatrop moddalarga aylantirishi mumkin.
Polyaroid deb, juda kichik bo’laklarga bo’lingan turmalin kristalli surtilgan selluloid pardasiga (plyonkaga) aytiladi. Nikol prizmasi va polyaroid to’la (yassi qutblangan) yorug’lik hosil qiladi. Nikol prizmasi yoki qisqacha Nikol maxsus yo’l bilan kristalldan tayyorlangan yorug’likni qutblagich asbobdir. Buning uchun kristall AC dioganali bo’yicha ABCD bosh kesimga perpendikulyar qilib kesiladi va yana kanada balzami bilan yelimlanadi.
5-rasm.
Kanada bog`lami tiniq modda, yorug’likni shishadek yaxshi o’tkazadi. Kanada balzamining sindirish ko’rsatkichi nk, oddiy nur sindirish ko’rsatkichi n0 bilan, g’ayri oddiy nur sindirish ko’rsatkichi ne ikkalasi oralig’ida yotadi n0 > nk > ne. Oddiy nur kanada balzamida to’la ichki qaytish hodisasiga uchraydi va tekis qutiblangan bo’ladi. G’ayri oddiy nur to’g’ri o’tib ketadi va u ham qutiblangan bo’ladi. Shuning uchun ham bunday asboblar qutiblagichlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |