3. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida 5 litr qon bo‘ladi. Erkaklarda qonning 14%i,
ayollarda 13%i gemoglobinga to‘g‘ri keladi. Agar 1 gramm gemoglobin 1,3 ml kislorodni tutsa,
erkaklar va ayollar qonida qanchadan kislorod bo‘ladi?
Javobi:
Erkakda ham ayolda ham 5 l qon bor. Shunga ko‘ra oddiy proporsiya tuzish orqali gemoglobin
miqdorini aniqlaymiz.
Erkak
Ayol
5000 ml ——— 100 %
5000 ml ——— 100 %
x ——— 14 %
x ——— 13 %
𝑥
=5000 ×14/100=700
𝑔
𝑥
=5000 ×13/100=650
𝑔
So‘ngra, erkaklar va ayollar qonida qanchadan kislorod mavjudligini aniqlaymiz.
1 gr ——— 1,3 ml O2
1 gr ——— 1,3 ml O2
700 gr ——— x
650 gr ——— x
𝑥
=700 ×1,3/1=910
𝑚𝑙
𝑥
=650 ×1,3/1=845
𝑚𝑙
Javob:
erkaklar qonida 910 ml kislorod va ayollar qonida esa 845 ml kislorod bor bo‘ladi.
2-BILET
1. Hujayraning kashf etilishi, tarixi, hujayrani o‘rganish usullari haqida ma’lumot bering?
Tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishini o'rganish bevosita mikroskopning kashf etilishi bilan
bog'liq. 1665-yilda ingliz olimi Robert Guk daraxt po'stlog'idagi po'kak to'qimadan yupqa kesmalar
tayyorlab mikroskop yordamida kuzatganda ajoyib yangilikni kashf etdi. U daraxtning po'stlog'i bir xil
massadan iborat bo'lmay, balki juda mayda bo'shliqlardan, ya’ni katakchalardan iborat ekanligini aniqladi.
Bu mayda bo'shliqlarni R.Guk “sellula” (katakcha, uyacha, hujra) deb atadi. “Hujayra” atamasi ham shu
ma’noga ega. Keyinchalik bir qator olimlar har xil o'simlik va hayvonlarning to'qimalarini mikroskop
yordamida tekshirib, ularning hammasi ham hujayralardan tashkil topganini aniqladilar. Masalan, M.Malpigi
va N.Gryu 1671-yilda o'simlik hujayralarining tuzilishini, A.Levenguk 1680-yilda qondagi qizil qon
tanachalari - eritrositlarni, bir hujayrali hayvonlar va bakteriyalarni birinchi marta o'rganadi. Uzoq vaqt
davomida hujayraning asosiy qismi uning tashqi qobig'i deb hisoblangan. Faqat XIX asrning boshlarida
olimlar hujayra qandaydir suyuqroq modda bilan to'ldirilgan degan xulosaga keladilar. 1831-yilda ingliz
botanigi R.Braun hujayralarda yadro mavjudligini aniqlaydi. Chex olimi Ya.Purkine 1839-yilda hujayra
tarkibidagi suyuqlikni protoplazma deb atashni taklif etadi.
Yorug‘lik mikroskopiya usuli.
Yoruglik mikroskopining asosiy qismlari obyektiv va okulyardan
iborat. Mikroskopning eng muhim qismi obyektiv bo‘lib, kuzatilayotgan predmetni kattalashtirib beradi.
Okulyarlar ham linzalar tizimidan iborat bo‘lib, ular o‘rganilayotgan predmetning tasvirini kattalashtirishda
ishtirok etadi. Dastlabki mikroskoplar obyekt tasvirini 10-40 martagacha kattalashtirib bergan. Odatda
yorug‘lik mikroskoplari tasvirni 10-2000 martagacha kattalashtiradi.
Elektron mikroskopiya usuli.
Hozirgi
davrda korish qobiliyati eng yuqori hisoblangan asboblardan biri elektron mikroskopdir. Ular tasvirni
200000 martagacha kattalashtirib beradi. Bunda o‘rganilayotgan obyektning tasviri yorug‘lik nurlarida emas,
balki elektronlar oqimi yordamida hosil qilinadi. Elektron mikroskop yordamida hujayraning o‘ta nozik
tuzilmalarini aniqlash imkoni mavjud. Uning yordamida ribosomalar, endoplazmatik to‘r, mikronaychalar
kashf etilgan. Hujayra tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalarni aniqlash uchun
sitokimyoviy
usullaridan
keng foydalaniladi. Buning uchun turli xil bo‘yoqlar ishlatiladi. Ular yordamida hujayra tarkibidagi oqsillar,
nuklein kislotalar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, metall tuzlarining faqat miqdorinigina emas balki
hujayrada joylashishini ham aniqlash mumkin. Bu usul hujayraning kimyoviy tarkibi va unda kechadigan
biokimyoviy jarayonlarni o‘rganishga yordam beradi. Tirik organizmlarning organ va to‘qimalarini
maydalab (bir xil massa hosil bo‘lguncha), ulardan
sentrifugalash usuli
yordamida hujayraning
organoidlarini ayrim-ayrim holda (yadro, xloroplast, mitoxondriya, ribosoma) ajratib olinadi va ularning
xususiyatlari o'rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |