3.Glikoliz jarayonida 4500 g glukoza parchalangan bo‘lsa hujayrada qancha sut kislota hosil bo‘ladi ? Glikoliz jarayonida C
6
H
12
O
6
+2H
3
P0
4
+2ADF=2C
3
H
6
0
3
+2ATF+2H
2
0 reaksiyasida 1 mol glukozadan 2mol
sut kislota hosil boladi. Bizda 25 mol(4500/180=25mol) glukoza bor, sut kislatani topamiz.
1mol glukozadan-------------2mol sut kilota
25mol glukozadan------------x=50mol sut kislota hosil bo'lar ekan
3-BILET 1. Oqsillarning xossalari. Oddiy va murakkab oqsillar haqida ma’lumot bering? Oqsillar xilma-xil fizik va kimyoviy xossalarga ega, bunday xilma-xil xossalar ularning tarkibidagi
aminokislotalarga bog‘liq. Oqsilning muhim xossalaridan biri uning molekular massasining nihoyatda
yuqori bo‘lishidir. Buning asosiy sababioqsil tarkibida juda ko‘p aminokislotalarning bo‘lishidir.
Aminokislotalarning o‘rtacha molekular og‘irligi taxminan 138 ga teng bo‘ladi. Ular o‘zaro peptid bog‘
hosil qilib birikkanda bir molekula suv ajralib chiqqanligi sababli ularning molekular og‘irligini 120 deb
qabul qilinsa bo‘ladi. O‘rtacha 300 ta aminokislotadan iborat oqsil molekulasining molekular og‘irligi
300x120=36000 ga teng bo‘ladi.
Oqsillarning xossalari xilma-xildir. Misol uchun, suvda mutlaqo
erimaydigan oqsillar, suvda oson eriydigan oqsillar ham mavjud. Turli xil ta’sirlarga chidamli yoki
chidamsiz, masalan, kuchsiz yorug‘lik yoki biror bir arzimagan mexanik ta’sirdan o‘zgaradigan oqsillar ham
mavjud. Lekin barcha hollarda oqsillarning xossalari bilan strukturasi uning bajaradigan funksiyasiga mos
keladigan bo‘ladi. Tirik organizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar ikki xil: tolasimon va yumaloq yoki
tuxumsimon shaklga ega. Tolasimon oqsillarga hayvonlarning junidagi, odam sochi, muskuli va ipak
qurtning ipagidagi oqsillar kiradi. Muskullar tarkibidagi oqsillar qisqarish va cho‘zilish xossasiga ega bo‘lib,
harakatni ta’minlaydi. Yumaloq oqsillarga esa hujayradagi eruvchan oqsillar misol bo‘ladi. Bularga
ko‘pincha katalizatorlik vazifasini bajaruvchi oqsillar va qondagi gemoglobin oqsillari kiradi. Yuksak
Hujayra tarkibidagi barcha oqsillar ikkita katta guruhga: oddiy va murakkab oqsillarga bo‘linadi. Oddiy
oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan bo‘ladi. Oddiy oqsillar suvda yoki boshqa eritmalarda erish
xususiyatiga qarab bir-biridan farq qiladi. Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar albuminlar deb ataladi.
Tuxum oqsili, bug‘doy va no‘xat oqsillari albuminlarga misol bo‘ladi. Osh tuzining kuchsiz eritmasida
eriydigan oqsillar globulinlar deyiladi. Qon tarkibidagi oqsillar va ko‘pchilik o‘simlik oqsillari
globulinlarning vakillaridir. Tirik organizmlarning hujayralarida yana spirtlarda, kuchsiz ishqoriy
eritmalarda eriydigan oddiy oqsillar ham mavjud.
Murakkab oqsillar tarkibidagi boshqa oqsil bo‘lmagan
birikmalarning xarakteriga qarab, nukleoprotein, xromoprotein, lipoprotein va boshqalarga bo‘linadi.
Xromoproteinlar rangli oqsillar bo‘lib, tirik organizmlarda ko‘p tarqalgan. Qondagi gemoglobin oqsili
xromoproteinlarga kiradi, uning tarkibida temir atomi mavjud. Nukleoproteinlar oqsil va nuklein
kislotalarning birikishidan hosil bo‘lgan murakkab birikmalardir. Ular barcha tirik organizmlarning tarkibida
uchraydi va yadro hamda sitoplazmaning ajralmas qismi hisoblanadi.