Мaktabgacha ta’limgacha ta'lim
Klasterlarida Мaktabgacha ta’limgacha ta'lim tashkilotlarida
pedagog kadrlarining
2022- yil may oyida malaka oshirish bo'yicha
Oltiariq tumani
Мaktabgacha ta’limgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi
5- Davlat Мaktabgacha ta’limgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
Abdullayeva Sharifa Sharobidin qizining
“MTT da tabiat burchagida o'simlik va hayvonlarni saqlash”
mavzusidagi
BITIRUV LOYIHAVIY
ISHI
Ilmiy rahbar: Nazirova Go’zalxon
Qo’qon-2022
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism.
1. Tabiat burchagining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. MTM da va oilada tabiat burchagini to’g’ri tashkil etish.
2. Tabiat burchagiga qo’yiladigan talablar.Turli guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish.
3. MTM da shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishda tabiyat bilan tanishtirish markazi.
4. Tabiat burchagiga ob’yektlarni to’g’ri tanlash, kerakli anjomlar. Har bir yosh guruh uchun ob-havo kalendarini tuzish.
III.Xulosa va tavsiyalar
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Bolalar bogchasida jonli tabiat burchagining bo’lishi bolalarni tabiat bilan ko’rgazmali va amaliy tanishtirishning zarur sharoitlardan biridir. Bolalarning ekskursiya yoki uy sharoitidagi kuzatishlari qisqa muddatlidir. Tabiat burchagida esa, bolalar yil bo`yi hayvon va o’simliklar oldiga kelishlari va o’simliklarni tarbiyachining topshirigi asosida uzoq muddat kuzatishlar mumkin. Bu esa bolalar uchun laboratoriya vazifasini o’taydi.
Tabiat burchagining ta`limiy ahamiyati shundaki, bolalar o’simliklarning nomlari, qismlari, rivojlanish jarayonlarini kuzatadilar. Ularning issiqlikka, yorug’likka, suvga bo’lgan talab jarayonlarini o’rganadilar. O’simlikni parvarish qilish uchun sarflanadigan mehnat turi bilan tanishadilar. Tabiat burchagining ta`limiy ahamiyatini yana quyidagicha izoxlash mumkin: bolalar hayvonot olami turlari, ko’payishi, tana qismlari, harakatlari, oziqlanishi bilan ham tanishadilar.
Tabiat burchagi uchun qo`yiladigan talablar:
O’simlik yoki hayvon biron bir aniq, tur uchun xos bo’lishi kerak.
Tabiat burchagida yashovchilar "beor" ko’p mehnat talab qilmaydigan, ovqat tanlamaydigan, bolalar yoshiga mos bo`lishi kerak.
Tabiat burchagida yashovchilar yorqin, jozibador, bolalar diqqatini o`ziga jalb qilib tura oladigan bo`lishi zarur.
Bir turdagi o’simlik va hayvonlarni bir necha xili bo`lishi kerak.
Tabiat burchagida yashovchilar tamoman xavfsiz va bolalar sog’ligiga hech qanday zarar yetkazmasligi shart.
Tabiat burchagida yashovchi o’simliklar va hayvonlar soni cheklangan va biologik xususiyatlari hisobga olingan holda joylashtirilishi kerak.
Hayvon va o’simliklarni tabiat burchagida saqlash, joylashtirishda birinchi navbatda ularning biologik xususiyatlari hamda ehtiyojlari nazarda tutilishiga e`tibor berish kerak. Masalan: Ba`zi bir xona o’simliklari (chiroqgul, kaktus) quyosh nurlarini ko’proq talab qiladi, shuning uchun ularni eng yorug` joyga qo`yish lozim. Boshqalar (uzumbarg, gunafsha) tik tushib turuvchi quyosh nuriga bardosh bera olmaydi.
Tabiat burchagi ko`zni quvontirishi, xonani bezashi lozim. Nihoyat ob`ektlarni shunday joylashtirish lozimki, bolalar ularning yoniga bemalol kela olishlari tabiat burchagini kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari kerak. Agar imkon bo’lsa, har bir guruh bolalari keng foydalana oladigan umumiy jonli burchak tashkil etilsa, yanada ham yaxshi bo’ladi. Bunda istagan guruh bolalar ekskursiya qilib kelib ko’radi, tanishadi, o’rganadi
Bolalar bog‘chasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish u bilan doimo bevosita munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Buni ta’minlovchi shartlardan biri bolalar bog‘chasida jonli tabiat burchagini bo‘lishidir. Bolalarni tabiat bilan uzviy, davomli va sistemali tarzda tanishtirish ularda jonli tabiat burchagida yashovchilar haqida chuqur va puxta bilimlarni, mehnat, malaka hamda ko‘nikmalarni hosil qilish, kuzatuvchanlikni o‘stirish uchun sharoit yaratadi. Ana shu malaka va ko‘nikmalar asosida tabiatga extiyotkorona munosabat ham, unga qiziqish ham tarbiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |