Bolalar uchun amaliy ish.
1-topshiriq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, ushbu kartochkada nuqtalar berilgan. Nuqtalarni bir-biri bilan gorizontal holda tutashtiring va eng uzun chiziq nechanchi o’rinda ekanligini, eng qisqa chiziq nechanchi o’rinda ekanligini aniqlang. Eng uzundan kaltarog’i nechanchi o’rinda turibdi? Eng kaltadan uzunrog’i nechanchi o’rinda turibdi?
-
. .
. .
. .
. .
. .
. .
. .
. .
. .
. .
|
Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, lentalar ichidan o’zimizga yoqqanini tanlab olamiz va davra bo’lib turib olamiz. Lenta yordamida mashq bajaramiz. Lenta bilan mashqni kim bajartirishni xohlaydi? Marhamat, o’rtaga chiqib ko’rsatadi, biz bajaramiz.
2-topshiriq.
Rangli qalamlarning ranglarini to’g’ri bo’yab chiqing:
1. Eng uzun qalam ko’k rangda.
2. Eng uzun qalamdan kaltarog’i sariq rangda.
3. Eng kalta qalam yashil rangda.
Boshqa qalamlarni o’zingiz xohlagan rangga bo’yang.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bo’yi eng baland o’yinchog’imiz qaysi o’yinchoq?
2. Eng baland o’yinchog’imizga lentalar ichidan eng uzunini taqdikmi yoki kaltarog’inimi?
3. Eng kalta lentani qaysi o’yinchoqqa taqdik?
4. Eng uzunidan kaltarog’ini qaysi o’yinchoqqa taqdik?
5. Eng uzun qalam qanday rangda?
6. Eng kalta qalam qanday rangda?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
XULOSA
Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitishda matematik bilimlar tarkibini tekshirish tenglik-tengsizlik, qism-butun munosabatlari, bilvosita tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni to‘liq va ongli o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladigan sodda masalalar va munosabatlarning o‘zidan iborat ekanini ko‘rsatdi. Bu munosabat va masalalarni (ularning eng sodda shakllarini) bolalar 3 yoshdan boshlab tushuna boshlaydilar. Ular bunday mashg‘ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi shu yerning o‘zida o‘zlashtirganlari (tenglik, qism-butun va hokazo munosabatlari)ni o‘yinlarga ko‘chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda foydalanadilar, bir-birlariga (katta va tayyorlov guruhi bolalari) shunga o‘xshash masalalarni taklif qiladilar.Bolalarni maktabga tayyorlash - bu bola hayotining barcha sohalarini qamrab oladigan murakkab, ko'p qirrali vazifadir. Uni hal qilishda bir qator jihatlarni ta'kidlash odat tusiga kiradi. Birinchidan, kelajakda muvaffaqiyatli o'quv faoliyati asosida yotadigan bola shaxsi va bilim jarayonlarining doimiy rivojlanishi. Ikkinchidan, yozish, o'qish, hisoblash elementlari kabi boshlang'ich maktab ko'nikmalarini o'rgatish zarurati.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, hamma bolalar ham maktabga o'qishga kirganlarida sistematik o'qishga muvaffaqiyatli o'tishlariga imkon beradigan psixologik etuklik darajasiga etishmaydi. Bunday bolalar, qoida tariqasida, tarbiyaviy motivatsiyaga ega emaslar, diqqat va xotiraning past darajadagi o'zgaruvchanligi, og'zaki va mantiqiy fikrlashning rivojlanmaganligi, tarbiyaviy ish uslublarining noto'g'ri shakllanganligi, harakat uslubiga yo'naltirilganligi yo'q, kambag'al operatsion ko'nikmalarni o'zlashtirish, o'zini o'zi boshqarish qobiliyatining past darajasi, nozik vosita mahoratining kam rivojlanganligi va nutqning sustligi.
"Maktabga tayyorgarlik" kontseptsiyasi va uning tarkibiy qismlarining mohiyatini ochib berib, biz bolalarni maktabga tayyorlash ko'p qirrali bo'lishi va bolalarni maktabga haqiqiy qabul qilinishidan ancha oldin boshlanishi kerak degan xulosaga keldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |