Yil 2021 yil “ ” 2021 yil



Download 2,96 Mb.
bet19/48
Sana18.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#455727
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
4-sinf 2020-2021 tayyor sinf soat dars ishlanmalari yangi

III.Yakuniy qism
Aqliy hujum.Savol-javob o`tkaziladi.
-Konstitutsiya so`zi qanday ma`noni bildiradi?
-Konstitutsiya qachon va qaysi sessiyada qabul qilingan?
-Konstitutsiya tuzilishi aytib bering.
Tarmoqlash orqali Konstitutsiya bo`limlarini ko;rsating



Mavzu xulosalanib, o`quvchilar rag`batlantiriladi




Sana:
13-mavzu: Gelmintlardansalomatligimizga yetkaziladigan zararni bilasizmi?
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Gelmentlar (tekinxo'r chuvalchanglar) haqida ma’lumot berish, va bu kasallikning oldini olish bo’yicha chora tadbirlar qo’llashni o’ragatish
Kompetensiya — TK-2:media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Kun shiori: Sog’ tanda-sog’lom aql
Tarbiyaviy mashg`ulot jihozi:Mavzuga oid rasm,tarqatma material,
.II.Asosiy qism Gelmentlarning (tekinxo'r chuvalchanglar) organizmdagi aktiv faoliyati

Bu holatni hamma bilsa kerak. Parazitlar siz iste’mol qilgan ozuqadan foydalanib o‘z hayotini olib boradi. Bu esa tanamiz uchun zarur bo‘lgan moddalarning hujayralarga so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi hamda energiya sarfi avval aytganimizdek, hujayradagi yog‘, oqsil parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya orqali qoplanadi.


Parazitlar donor tanasining qay sohasida faolligiga qarab ikki toifaga bo’linadi:


1.Gastrointestinal — me’da-ichak tizimning turli bo’linmalarida yashovchi gijjalar. Ichak parazitlarining 100 ga yaqin turi (ichakning har bir qismi uchun o’nlab) mavjud. Ingichka ichakda askaridlar, tasmali ostritsa, keng tasmalilar va ularning boshqa «qarindoshlari» yashaydi. Tibbiy adabiyotda bir kishi turli xil parazit turlari bilan bir vaqtning o’zida zararlanganligi holatlari ham bayon qilingan.
2.To’qimalar — parazit ichki a’zolarda, to’qimalarda va hatto qonda joylashishi mumkin. Zamonaviy tibbiyot paragonimoz (o’pka), sistitserkoz (miya), exinokokkoz (jigar) va filyarioz (limfatik tomirlar) bilan muvaffaqiyatli kurashib kelmoqda. Ba’zi gijjalar qon tizimi orqali organizm bo’ylab harakatlanib, har qanday a’zoga tasodifiy birikib olishi mumkin. Tuxumlarning juda ko’p bo’lishida butun organizm zararlanishi ehtimoli mavjud

Gijjalarning yuqish yo’llari.


1.Geogelmintoz.


Tuproq va suv orqali yuqishi. Tuproq, qum va boshqa turdagi zamin gijja tuxumlari uchun eng xos yashash muhitidir. Parazit tuxumlari tuproqqa zararlangan najas bilan ajralib chiqadi. Yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlarni iste’mol qilish, iflos qo’llar, taomga chang tushishi geogelmintlar yuqishiga olib kelishi mumkin. Parazitlarning ayrim tuxumlari inson organizmiga oyoq va tovon terisi orqali kiradi.
Hosilli o’simliklar doimo yer bilan aloqada bo’ladi. Ko’katlar, meva va sabzavotlar terib olinish jarayonida ishchi qo’llari, sabzavot do’konlarining changli rastalari, yuk tashish transportlari bilan aloqa qiladi. Bunday hollarda parazit tuxumlari bilan mahsulotni zararlanishi ehtimoli juda yuqoridir. Shu sababli o’simlik mahsulotlarni avval oqar suv ostida, keyin qaynoq suv bilan yuvish tavsiya etiladi.
To’g’ridan-to’g’ri aloqa
Bu holda parazitlar insonga kasallangan hayvonlar va boshqa insonlarning qo’llari, bolalarning birgalikda o’ynashi davomida, birgalikda faoliyat yuritish orqali yuqadi.
Ayniqsa uy hayvonlari avval ko’chada yurib, keyin uyga kiradigan qishloq sharoitida hushyor bo’lish kerak. Sayrdan keyin mushuk yoki it uyga qancha ifloslik kiritish mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Chivin va suvaraklar ham gelmint tuxumlarini tashuvchilar sanaladi. Oziq-ovqat mahsulotiga qo’nib, ular mahsulotlarni zararlashi mumkin.
2.Biogelmintoz.
Bu holda parazit zararlangan hayvonot manbalaridan olingan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish orqali yuqadi. Xom va yomon ishlov berilgan go’sht (shashlik, cho’chqa go’shti, go’sht konservalari, yovvoyi hayvonlar go’shti) va baliq (sushi, quritilgan, konservalangan baliq) iste’mol qilish potentsial xavfli sanaladi. Bunda nafaqat gelmintlar, balki ichak infektsiyasi bilan ham kasallanish ehtimoli mavjud.
3.Boshqa yo’llar.
Hasharot chaqishi. Bunday yuqish kam uchraydi. Bunga ichak miazi, kantariaz va skolekiyaz kiradi. Shuningdek, gijja tuxumlari va hasharotlarning lichinkalarini adashtirmaslik lozim. Ba’zi hasharotlar ham hayvon va inson terisi ositga lichinka qo’yishi mumkin.
4.Odamdan odamga (kontagioz). Parazit yuqishining bu mexanizmi yuqori samaradorlikka ega. Misol uchun ostritsalar kechki payt anus atrofida tuxum qo’yadi. Bola uyqu holatida qichishish tufayli tuxum qo’yilgan joyni qashiy boshlaydi. Minglab tuxumlar kiyimga, to’shakka, ertalab esa bola yuz-qo’lini yuvguniga qadar tegingan barcha narsaga tushadi, masalan eshik dastasiga. Natijada, butun oila infektsiyalanish xavfi ostida qoladi.
5.Suv orqali. Ochiq suv havzalarida ko’plab gijjalar mavjud. Cho’milish va tasodifan suvni yutib yuborish zararlanish ehtimolini tug’diradi.

Gijja kasalliklarini tashxislash (aniqlash).


Gijja borligini aniqlashning bir necha yo’li mavjud. Poliklinikada bemorga so’lak, najas va qon tahlili topshirish tavsiya etiladi. Yuqumli parazitlardan shikoyat bo’lganda, infektsionist va parazitologga murojaat qilinadi. Ularga terapevt, bolalar uchun esa pediatr tomonidan yo’llanma berilishi mumkin.


Uy sharoitida bemor o’z salomatligiga tayangan holda xulosa chiqarishi mumkin. Quyida zararlanganlik omillari ro’yxati keltirilgan. U shunday tuzib chiqilganki, agar insonda ushbu belgilarning 7 ta va undan ortig’i mavjud bo’lsa, gijja yuqganligi ehtimoli yuqori bo’ladi:
-Ko’pincha orqa chiqaruv teshigida qichishish paydo bo’lishi;
-Teri ustida donacha va dog’lar paydo bo’lishi;
-Tez-tez bosh og’rig’i, bosh aylanishi;
-Tez-tez ko’ngil aynishi, zaharlanishsiz qayt qilish;
-Qorin dam bo’lishi, og’rishi, ich ketishi, ich qotishi;
-Uyqu buzilishi, uyqusizlik;
-Oyoqlarning to’satdan shishishi;
-Yo’tal, bronxit, astmatik xurujlar, teri reaktsiyasi kabi allergiyalar;
-Limfa tugunlari yallig’lanishi yoki kengayishi;
-Tezda o’tib ketadigan og’riqlar;
-Ovqatlanishlar orasida og’izda achchiq ta’m sezish;
-Zaiflik, ma’lum sabablarsiz charchash;
-Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan aloqada bo’lish, bolalar muassasalariga tashrif buyurish;
-Kasalliksiz tana haroratining ko’tarilishi;
-Teri va shilliq to’qimalarning odatdagidan ko’ra sariqroq ko’rinishi;
-Uyda doimiy aloqa qilib turadigan uy hayvoni mavjudligi;
-Zo’riqish bo’lmaganida ham mushaklar va bo’g’imlarda og’riq;
-Kechki xurrak otish va tishlarni g’ijirlatish;
-Oxirgi bir necha oy ichida quritilgan baliq, cho’chqa go’shti va boshqa yaxshi ishlov berilmagan go’sht mahsulotlarini iste’mol qilganlik;
-Parhezsiz va turmush tarzingizda hech qanday o’zgarishsiz vazn yo’qotish;
-Sabzavot va mevalarni to’g’ridan-to’g’ri bog’dan yoki do’kondan olib yeyish, ularni qaynoq suv bilan yuvmaslik.
Agar gijja bilan kasallanish ehtimoli mavjud bo’lsa, profilaktik choralarni ko’rish va davolanishni boshlash joiz. Zararlanganlikni aniqlash uchun eng samarali tahlil immunofermentiv va bir necha marotabalik najas tahlil sanaladi.

III.Yakuniy qism


Oilada gijja kasalliklari va boshqa yuqumli kasalliklardan saqlanish va oldini olish chora-tadbirlari

‼️ Xonalar har kuni yuvilib, xonadagi palos va gilamlarni changyutg‘ichlar orqali tozalanadi, eshik dastalari, mebellar, stol-stullar, tokchalar va boshqa uy jixozlari yuvuvchi eritmali xo‘l latta bilan artiladi, xovlilar suv sepib, supirilishi kerak, chunki gijja tuxumlari xavo changi orqali ham (enterobioz) yuqishi mumkin.


‼️ Quyosh tik tushuvchi kunlarda gilam, palos, ko’rpa-to’shaklarni choyshablarni va boshqalarni 3 soat davomida oftobda shamollatish kerak.


‼️ Har bir xonadonda sanitariya talablariga javob beruvchi xojatxonalar bo‘lishi ke-rak.


‼️ Askaridoz kasalligidan saqlanish uchun sabzavot va poliz ekinlariga zararsizlantirilmagan najas solmaslik talab qilinadi.


‼️ Yer osti va yer usti manbalarini gijja tuxumlari bilan ifloslanishidan saqlash, najasni ariq suvlariga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, xojatxona va molxonalarni odam yashash joyidan uzoqroqqa, chekka joyga qurish.


‼️ Oilada ariq, zovur va soy suvlaridan ichimlik suvi sifatida foydalanmaslik zarur.


‼️ Oilaning barcha a’zolari ovqatlanish oldidan, xojatxonaga kirib chiqqandan so‘ng, tomorqaga qarashda ishlagandan keyin, uy xayvonlarini qarashdan oldin va keyin qo‘lni yaxshilab sovunlab yuvish kerak.


‼️ Bozorlardan veterinariya nazorati muxri bo‘lmagan go‘shtni sotib olmang. Yaxshi qaynatilmagan yoki yaxshi qovirilmagan xom go‘shtni iste’mol qilmang. Xom qiymani tatib ko‘rmang.


‼️ Oilada, asosan yosh bolalar it va mushuklar bilan o‘ynashmasligi, o‘rin ko‘rpaga qo’ymasligi va oshxonaga kiritmasligi kerak. Itlarda gijja tuxumlari bor-yo‘qligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish darkor.


‼️ Xojatxonalarni vaqti-vaqti bilan xlorli oxak, gipoxlorid va boshqa zararsizlantiruvchi moddalar bilan zararsizlantirib turish talab etiladi.


‼️ Xonadonlarda gijja tarqatuvchi pashshalar, suvaraklar va boshqa xashoratlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.


‼️ Oziq-ovqat maxsulotlarini hashoratlar tegishidan saqlash va ustini berkitib qo‘yish.


‼️ Sabzavot va mevalarni iste’mol qilishdan oldin toza suvda tozalab yuvish, so‘ngra qaynatilgan suvda chayqash.


‼️ Bolalar yotgan choyshablarni, ichki kiyimlarni qaynatib, so‘ngra yuvish, dazmollash, har kuni almashtirish, ertalab orqa chiqaruv soxasini iliq suvda sovun bilan yuvish, ichki kiyimlarni va choyshablarni almashtirish.


‼️ Bolalarga kechqurun yotishdan oldin orqa chiqaruv soxasi atrofiga vazelin, glitserin yoki paxta yog'i surtilib, toza paxta dumaloqlab (tampon) qo‘yiladi.


‼️ Poychalari maxkam tutib turadigan rezinkali trusiklar kiyintiriladi.


Gijja tuxumlari to‘kilmasligi uchun yuqorida aytilganlarga qat’iy amal qilsangiz gijjalar yuqmaydi, yuqqan bo‘lsa ham siz undan xalos bo‘lasiz.


Shu bilan birga, siz nafaqat o‘zingizni, oila-a’zolaringizni va atrofdagilarni gijja kasalliklaridan hamda koronavirus va boshqa yuqumli oshqozon-ichak kasalliklaridan saqlab qolgan bo‘lasiz.



Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish