Yigirish texnologiyasi



Download 8,56 Mb.
bet22/113
Sana31.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#217318
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113
Bog'liq
YKSM O'UM1

k-komponent uchun aralashtirish to‘laligi

(1.19)

yoki


(1.20)

Ri i komponentning retseptdagi ulushi

Wii komponentning amaldagi ulushi

S – aralashtirish to‘laligi

Texnologik jarayonlar ketma-ketligida tolalarga ishlov berilganda ularning xossalari bilan nuqson va iflosliklari o‘zgaradi. Uster Texnologiest firmasi texnologik jarayonlarda tolalarni qayta ishlaganda ularning ayrim sifat ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlari quyidagi 1.14, 1.15 va


1.16-jadvallarda keltirilgan [10,11].

1.14-jadval

Qayta tarash yigirish usulida tolalarni qayta ishlaganda ularning ayrim sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi




Ko‘rsatkichlar nomi

Tolali mahsulotlar turi

toy

tarash piltasi

xolstcha

qayta tarash piltasi, piltalash piltasi, pilik

ip

1.

1gdagi tugunaklar soni

200

67

67

30




2.

1gdagi nuqsonlar soni (>0,5mm)

45

4

4

0,8

0,2

3.

Kalta tolalar miqdori, % (12,7mm gacha)

7.5

9

8,5

4,5

4,5

4.

Tolaning o‘rtacha chiziqiy zichligi, mteks

156

157

157

160

160

5.

Pishib yetilmagan tolalar miqdori, %

6,7

7,4

7,2

5,6

5,6

1.15-jadval

Karda yigirish sistemasining halqali usulda tolalarni qayta ishlaganda ularning ayrim sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi



Ko‘rsatkichlar nomi

Tolali mahsulotlar turi

toy

tarashdagi

tushalma



tarash piltasi

piltalash piltasi

ip

1.

1gdagi tugunaklar soni

260

400

90

90




2.

1gdagi nuqsonlar soni (>0,5mm)

65

45

5

5

1

3.

Kalta tolalar miqdori, % (12,7mm gacha)

23

27

22

22

22

4.

Tolaning o‘rtacha chiziqiy zichligi, mteks

162

158

162

162

162

5.

Pishib yetilmagan tolalar miqdori, %

7,0

7,7

7,5

7,5

7,5

Tolalardagi nuqson va iflosliklar soni hamda sifati uning yigiruvchanligi bilan toladan ip chiqish va texnologik jarayonlarning barqarorligiga ta’sir etadi


1.16-jadval

Karda yigirish sistemasining pevmomexanik yigirish usulda tolalarni qayta ishlaganda ularning ayrim sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi






Ko‘rsatkichlar nomi

Tolali mahsulotlar turi

toy

tarashdagi

tushalma



tarash piltasi

piltalash piltasi

ip

1.

1gdagi tugunaklar soni

270

400

90

90




2.

1gdagi nuqsonlar soni (>0,5mm)

90

50

10

10

0,26

3.

Kalta tolalar miqdori, % (12,7mm gacha)

25

28

28

28




4.

Tolaning o‘rtacha chiziqiy zichligi, mteks

162

158

165

165




5.

Pishib yetilmagan tolalar miqdori, %

7,0

7,7

7,5

7,5



Uster Texnologiest firmasi paxta tolasidan boshlab matogacha tola xossalarining bir biriga bog‘likligi to‘g‘risidagi ma’lumotlari quyidagi


1.17-jadvalda keltirilgan [3].
1.17-jadval

Tola xususiyatlarini paxta tolasidan boshlab matogacha



bo‘lgan jarayonlarga tasiri

Ko‘rsatkichlar nomi

tola xususiyatlari

Chiziqiy zichligi

Pishib yetilmaganlik

Uzunlik

Kalta tolalar miqdori

Solishtirma uzish kuchi

Rangi

nuqsonlar miqdori

Tuginaklar miqdori

Texnologik jarayonlarda


Tozalash samaradorligi


















Iflosliklar miqdori





















Uzilishlar





















Ipning xususiyatlari

Chiziqiy zichligi bo‘yicha notekslik





















Ipdagi nuqsonlar soni




















Tukdorlik
























Uzilishdagi pishiqlik


















Uzayish




















Matoning xususiyatlari

Tashqi ko’rinishi



















Bo’yaluvchanligi




















Uzilishdagi pishiqlik


















Uzayish


























Tayanch iboralar:

Komponent, doimiy nazorat, davriy nazorat, aralashtirish notekisligi, qurama, stavka-bu titish-tozalash agregatidagi ta’minlovchi aralashtiruvchi mashinalari oldiga qo‘yilgan paxta toylaridir, chiqindilarni ajralishi, chiqindilarni ajralish sifat ko‘rsatkichi, tozalash samaradorligi, titilganlik darajasi.


Nazorat savollari:

1.Yigirish korxonasida nazoratning uslublari.

2.Mahsulotning xossalari va tuzilishining o‘zgarish xarakteriga bog‘liq bo‘lgan notekisligi.

3. Titish-tozalash sexida texnologik jarayon qanday nazorat qilinadi.

4. Chiqindilarni yig‘ish va saralashni nazorat qilishni tushuntirib bering.

5. Piltaning chiziqiy zichligi va notekisligi qanday aniqlanadi.

6. Qayta ishlaganda tolaning sifat ko‘rsatkichlarining qanday o‘zgaradi.

7. Paxta tolasidan boshlab matogacha bo‘lgan jarayonlarga ttolaning qanday xossalariga ta’sir qiladi?



5-mavzu: Yigirish korxonasi tayyorlov o‘timlarida ON-LINE monitoring tizimining ishlatilishi. Titish-tozalash agregatida iflosliklarni sezuvchi “vision shield” detektorlari

Reja

1. ON-LINE monitoring sistemasi

2. OFF-LINE monitoring sistemasi

Odatda sifat muammolari quyidagi omillar ta’sirida yuzaga kelishi kuzatiladi:

- mos bo‘lmagan sifat darajasi. Ushbu muammo sifatli xom ashyo, jarayon ketma-ketligini qayta tartibga solish, zamonaviy mashinalar va toy paxtadan kalava ipgacha bo‘lgan jarayonlardagi mashinalarining optimal ishlashini ta’minlash usullari orqali tuzatiladi.

-sifat o‘zgaruvchanligi. Xom ashyolarni tekshirish (ayniqsa, tola xarakteristikasidagi o‘zgaruvchanlik miqdori), jarayonlarni bir xilda ushlashni ta’minlash maqsadida on-line nazorat va off-line laboratoriya kuzatish vositalarini joriy etish va barcha jarayonlar holatlarini yaxshilash orqali to‘g‘rilanadi. Ularning ayrimlar sanab o‘tiladi.


ON-LINE monitoring sistemasi

Titish-tozalash agregatida iflosliklarni sezuvchi “vision shield” detektorlari bilan jihozlangan.

Tarashlardagi, uzun va kalta kesmalarda piltaning CV %, notekisligi % va tugunaklarni nazorat qiluvchi Auto Levellers (Avto Moslashtirgichlar).

Qayta tarashga tayyorlash va tarandilarning nazorati.

Qo‘shishdagi, Auto Levellers (Avto Moslashtirgichlar) va pilta nazorati.

Simplex dagi, taranglik va tuzilshi nazorati.

Uster Ring Data halqali yigirishda sifat va samaradorlikni urchuqma-urchuq nazorat qiluvchi.

Uster Quantum Clearers Autoconers qayta o‘rashda iplardagi yo‘g‘on va ingichka joylari, nepslar, begona jismlar va nomer o‘zgarishlari kabi nuqsonlarni nazorat qiluvchi qurilma.

Stop motion qo‘shib o‘rashda harakatni to‘xtatuvchi nuqsonli iplarni o‘tib ketishini oldini olish uskuna

Uster Cone Expert-barcha avtomat o‘rash mashinalarida, har bir aylanuvchi barabanning unumdorliklari, to‘xtashlar soni va nuqsonlarini to‘liq nazorat qiladi va ma’lumotlar berib boradi.



OFF-LINE monitoring sistemasi-USTER dastgohlari sifatini nazorat qilishda keng qo‘llaniladi.

Yigirilgan iplarning nuqsonlari va yigirish mahsulotlarining notekisligini aniqlash uchun "Selveger" (Shveysariya) firmasi yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Hozirgi paytda firma zamonaviy kichik hisoblagichga ega bo‘lgan. Elektr-sig‘imli uskuna tarkibida, chiziqiy zichligi 4 teksdan 12 kteksgacha bo‘lgan oralig‘idagi xomaki mahsulotlar va yigirilgan iplarning chiziqiy zichligi bo‘yicha notekisligi aniqlanadi. Uskuna bir vaqtning o‘zida 24 ta o‘ramdan avtomatik ravishda zapravka qiladigan moslamaga ega.

"Uster-Tester-6" uskunasi butunlay avtomatlashtirilgan bo‘lib, xomaki mahsulotlar va yigirilgan iplarning sifati bo‘yicha to‘liq ma’lumot beradi.

F216A asbobi pilta va pilikning chiziqiy zichligini aniqlaydi. Bu asbobning massasi 20 kg, eni 280 mm, balandligi 600 mm. Asbob qo‘l yordamida amalga oshiriladi.

F216B asbobi piltaning chiziqiy zichligini aniqlashga asoslangan. Bu asbobning massasi 18 kg, eni 240 mm, balandligi 280 mm. Asbob avtomatik ravishda aniqlaydi. Начало формы

F256A asbobi to‘qimachilik materiallarining namligini aniqlaydi. Bu asbob to‘qimachilik materiallar tarkibidagi namlik miqdori va foizini aniqlashga asoslangan. Quritish ishlari haroratni nazorat qiluvchi elektron moslama yordamida bajariladi. Elektron taroziga osilgan material metall konteyner ustida quritiladi. Asbobning massasi 90 kg, eni 650 mm, uzunligi 500 mm, balandligi 750 mm. Iplarning namligi ISO 6741, BS 4784 va ASTM D2654 standartlari bo‘yicha aniqlanadi.

F267 Nep tester asbobi tugunchalar sonini aniqlaydi. Asbobda iflosliklarning sinflanishi uchun elektron to‘rt-panjali hisoblagichlar qo‘yilgan. Massasi 39 kg, eni 490 mm va balandligi 460 mm.

F009A/B Shirley Comb Sorters taroqli tarash asbobi 50 mm gacha bo‘lgan uzunlikdagi paxta va kimyoviy tolalardan shtapel tayyorlab beradi.

F009B Shirley Comb Sorters taroqli tarash asbobi 150 mm gacha bo‘lgan uzunlikdagi paxta va kimyoviy tolalardan shtapel tayyorlab beradi. Massasi 4.5 kg, eni 250 mm va balandligi 140 mm. Bu IWTO-1-66, BS 4044, ASTM D 1440 va ASTM D 1575 standarti bo‘yicha amalga oshiriladi.

Y016A Mechanical yarn package density tester iplarning va matolarning zichligini aniqlash asbobi. Massasi 1 kg, eni 160 mm va balandligi 75 mm.

Y096/098 Shirley electronic friction and hairiness tester bu asbob iplarning emirilish koeffitsienti va tukdorligini aniqlaydi. Asbob avtomatik ravishda istalgan uzunlikdagi iplarning xususiyatini aniqlaydi. Asbobning massasi 20 kg, eni 530 mm, balandligi 330 mm. Iplarning bu xususiyati ASTM D3108 standarti bo‘yicha aniqlanadi.

Y219B Wrap reel electronic elektronli motovilo bo‘lib, belgilangan uzunlikdagi kalavaning mustahkamligini aniqlashga asoslangan. Asbobning massasi 40 kg, eni 570 mm, balandligi 420 mm. Iplarning bu xususiyati ISO 2060, ASTM D1907, DIN 53830, ASTM 2260 va BS2010 standartlari bo‘yicha olib boriladi.

Y220B Twist tester electronic iplarning buralishini aniqlaydigan elektron asbob. Qisqichlar orasidagi masofa 50 mm, iplarning S va Z yo‘nalishlari bo‘yicha aniqlaydi. Asbobning massasi 15 kg, eni 1070 mm, balandligi 290 mm. Iplarning bu xususiyati ISO 2061, BS 2085, DIN 53832, ASTM D1422, ASTM 1423 va IWTO 25-70 standartlari bo‘yicha olib boriladi.

Y221 Yarn examining machine bu asbob iplarning tekisligi, tukdorligi, tugunlar soni va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlashga asoslangan. Asbobning massasi 24 kg, eni 910 mm, balandligi 260 mm bo‘lib, ASTM D2255 standarti bo‘yicha olib boradi.

Y226D Warp tension meter asbobi to‘qimachilik materiallardagi iplarning tortilishini aniqlaydi. Asbobning massasi 0,5 kg, eni 150 mm, balandligi 100 mm.

Y263 Single end yarn strength tester asbobi iplarning mustahkamligini aniqlaydi. Asbobning massasi 30 kg, eni 700 mm, balandligi 1350 mm. Iplarning xususiyati ISO 2062, BS 1932, DIN 53834 va ASTM D2256 standarti bo‘yicha aniqlaydi.

M004 Shirley crimp tester iplarning buramdorligini aniqlaydigan asbob. Massasi 4 kg, eni 1500 mm va balandligi 40 mm. Iplarning tukdorligi ISO 7211, BS 2863, BS 2865, BS 2866 va IWSTM 169 standarti bo‘yicha aniqlanadi.

MT-155 pilta va iplarning chiziqiy zichligi bo‘yicha notekisligi aniqlaydigan asbob. Bu asbob yigirish korxonasida xomaki mahsulotlar va iplarning notekislik darajasini nazorat qiladi va kvadratik notekisligi, notekislik oralig‘i, hamda zichlikning maksimal va minimal qiymatlarini aniqlab beradi. Asbobda 5 teksdan 300 teksgacha iplarning notekisligini 1 dan 20 minutgacha vaqt oralig‘ida aniqlash imkoniyatiga ega. Asbobning massasi 0,35 kg.

Iplarning chiziqiy zichligi bo‘yicha notekisligini aniqlaydigan yana bir asbob bu MT-151 asbobidir. Bu asbob turli yigirish ishlab chiqarishdagi pilta, pilik, iplar va kompleks iplarning notekislik darajasini avtomatik ravishda nazorat qilish imkoniyatiga ega. Olingan sinov natijalarini qayta ishlash uchun asbobda EHM dasturi qo‘yilgan bo‘lib, avtomatik ravishda qayta ishlaydi. Asbob 5-300 teksgacha iplarning notekisligini 1-20 minut davomida aniqlab beradi.

Yigiruv korxonalarida ishlab chiqarilayotgan kalava ipi va iplarning sifatini boshqarish samaradorligini oshirish ko‘p mehnat va uzoq vaqt talab qiluvchi laboratoriya sinovlarini zamonaviy bevosita dastgohning o‘zida ipni uzmasdan o‘tkaziladigan usul bilan almashtirishni talab qilmoqda.

Kalava ipini sifatini aniqlashni bunday usulni joriy qilish sifatini baholashda yangi qo‘llashni sifat ko‘rsatkichlarini yangi nomenklaturasini qo‘llashni tavsiya qiladi. Bu ko‘rsatkichlar nafaqat sifatni o’lchash, balki uni ishlab chiqarish davrida boshqarishni ham ta’minlashlari kerak.

Tezkor boshqaruv yo‘nalishlarini yuqori unumdorligi maxsus boshqaruv mashinalarini va avtomatik o‘lchash vositalarini qo‘llash evaziga erishiladi. Bu borada EHM va mikroprotsessorlar yaxshi natija bermoqdalar. Tezkor boshqaruv tizimlarini narxi texnologiya uskuna narxining 20-30 % ni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda aynan ipning yo‘g‘onlashuvini ingichkalashuvini va bir vaqtda uzilishini aniqlaydigan usul va apparatura to‘liq ishlab chiqilgandir. Chunki, aynan shu ko‘rsatkichlar keyingi bosqichda ipning o‘timlardan o‘tishini va tayyor mahsulot sifatini belgilab beradi. Mahsulot sifatini avtomatik nazorat qilishning asosini nuqsonlarni sonini qayd qilish imkonini beruvchi aniq tuzilgan nuqsonlar tasnifi tashkil etadi.

Yigiruv mashinalarining zamonaviy modellarida mahsulot sifatini boshqarish va kuzatish uchun maxsus kuzatish bloklari qo‘llanilmoqda. Bu bloklar o‘lchovi kuzatish zanjiriga kiritilib markaziy boshqaruv pulti va hisoblash bloki bilan bog‘langan. Tizimni saqlashda turli xorijiy firmalar tomonidan tuzilgan kalava ipi nuqsonlari tasnifi va ularni raqamli baholashdan foydalaniladi.

Kalava ipini tozalovchi elektron qurilmalar o‘lchov datchigi, kuchaytirgich zanjiri, sath detektori, uzish mexanizmi, energiya manbai, saqlash va nazorat inspeksiyalaridan iborat.

Hozirgi qo‘llanilayotgan ip tozalagichlarda optik yoki hajmli datchiklaridan foydalaniladi. Kalava ipining tozaligini aniqlashda katta talab qo‘yilganda optik datchiklardan foydalaniladi.

Ishlab chiqarishda ishlatilayotgan USTER AUTOMATIK rusumli ip tozalagich hajm datchigi tishida misol bo‘lsa, Ditmat Rejer , Zoepfe FR-3 va FR-30 fotoelektr tipidagi datchiklardan foydalaniladi.

Mamlakatimizda Zelweger Uster firmasining elektron ip tozalagichlari keng tarqalgan. Bu asboblar ipning berilgan uzunligi va qalinligida joylashgan nuqsonlarni hosil qilish moslamasi yordamida tekislaydilar.

Elektron tozalagichni ishlash prinsipi harakatdagi ipning o‘lchov moslamasidan o‘tayotgan qismida ipning hajmini o‘lchashdan iborat. Moslamani saqlashda ipning harakat tezligida zichligi, qalinligi, nuqson uzunligiga e’tibor beriladi.

Sezgirlik chegarasi kalava ipi 1-4 tasidan iborat. Uzib tekislanadigan nuqson uzunligi 10 sm gacha tezlik 1200 m/min.

Asbob istalgan chiziqiy zichlikdagi, ya’ni 100 teksgacha bo‘lgan tola uchun ishlatish mumkin.

Pnevmomexanik yigiruv mashinalarida ishlab chiqariladigan kalava ipining sifatini nazorat qilishda Zellweger Uster firmasining Polyguard avtomatik tizimi ahamiyatga molikdir. Bu tizim har bir yigiruv moslamasi ishlab chiqarayotgan kalava ipining sifatini nazorat qiladi. Nazorat uzluksiz ravishda hajm datchiklari bilan amalga oshiriladi. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlariga nuqson qalinligi va uzunligi, notekisligi kiradi.

Kalava ipida nuqson paydo bo‘lishi bilan avtomatik ravishda piltani mashinaga uzatish to‘xtatiladi. Avtomatik moslama yigiruv kamerasini changdan puxdan tozalaydi, nuqsondor qismini uzib ipni qayta ulaydi.

Agarda kalava ipida nuqsonlar ko‘p bo‘lsa tizimi yorug‘lik signalini yoqadi. Bu signal operator tomonidan tizim tekshirilishni zarurligi haqida ogohlantirishdir. Signal nosozlik tugatilgandan so‘ng o‘chadi va mashina qayta ishga tushadi.

Yigiruv mashinalarida ip sifatini nazorat qilish uchun optik elektron tizim ishlab chiqarilgan. Optik elektron o‘lchov moslamasi yorug‘lik manbai va fotosezgir elementdan iborat. Ip manba va fotosezgir element orasidan o‘tadi va yorug‘lik oqimining o‘zgarishiga qarab uning sifati baholanadi. Nazorat vaqtida datchik ipning ko‘ndalang kesimini o‘zgarishini qayd qiladi. Bunda atmosfera sharoiti o‘lchash aniqligi hajmini o‘lchaganda Uster Klassimat asbobidan farqli ravishda ta’sir etmaydi.

Kalava ipi va iplar sifatini avtomatlashtirilgan o‘lchov tizimlari yordamida nazorat qilish ishlari amalga oshiriladi.

Zamonaviy texnologik jarayonlar tizimida mahsulot sifatini uzluksiz ravishda nazorat etib va boshqarib turadigan avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini mavjudligi mahsulot sifatini oshirishda muhim ahamiyatga egadir.

Informatsion texnologiyalar sohasidagi yangiliklar to‘qimachilik sanoatiga EHM mikroprotsessorlarni ishda qo‘llashda tatbiq etishga imkon bermayda. Bu mashinalar ixcham bo‘lib juda katta hisoblash imkoniyatlariga egadir. Shu sababli ular texnologik jarayon tizimiga kiritilib uni boshqarish, tahlil etish bevosita sifatni nazorat etish imkoniyatini bermoqdalar.

To‘qimachilik laboratoriyalarida axborotlarni shakllantirish va yig‘ish optimal bo‘lishi uchun to‘liq avtomatlashtirilgan o‘lchov asbobidagi o‘lchov natijalari EHM ga kiritila olinadigan shaklda bo‘lishi va bu natijalarni EHM da tahlil qilish uchun dastur borligi mumkin.

Vengriyada Autolab tizimi yaratildi. Bu tizim asboblarni avtomatlashtirilgan holda ma’lumotlar yig‘adi, ishlaydi va saqlaydi. Tizim sinovlarni o‘tkazishda


70% gacha vaqtni tejashga va sinov natijalarini tahlil qilishda amaldagi usullarga nisbatan 80% gacha vaqtni tejashga imkon beradi.

Tizim tarkibida MGR-80 mikro EHM PK-80 monitori Dual Floppy Momflex 3200 esda tutgich bloki DZM-180 akumulyatori va 12 ta terminali bor. EHM da


118 ta tola, gazlama, kalava ipi va yarim tayyor mahsulotni sinash usulining dasturi yaratilgan. Ular tolaning chiziqiy zichligi, diametri, uzunligi, uzish kuchi va cho‘zilishini aniqlaydi. Piltaning fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari, to‘qimachilik materiallarini fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari, to‘qimachilik materiallarining namligini, gigroskopikligini aniqlash usullari kiradi.

Autolab tizimi sinov ko‘rsatkichlarini o‘rtacha qiymatini dispersiyaning ishonchli intervalini mutloq va nisbiy qiymatlarini hisoblash va gistogrammalar tuzish imkoniga ega.

Tizimda avtomatlashtirilgan asboblar bilan ham ishlashi mumkin. Uster Tester 2 modeli Statimat M uzish mashinasi Twistomat krutkomeri, chiziqiy zichlikni aniqlash asbobi Betacount, avtomatlashtirilgan komplekslari mavjud.

Hozirgi firmalarning faoliyati tahlili shuni ko’rsatadiki, laboratoriyada sinov natijalarini yig‘ish va ularni shakllantirishda avtomatlashtirilgan asboblardan foydalanishi eng optimal ishni tashkil etish imkonini beradi.

Zamonaviy o‘lchash moslamalarida ishlatilishi uning funksional imkoniyatlarini abadiy mantiqiy sxemalarga asoslangan asboblarga nisbatan kengaytiradi.

Ayni holda apparat texnik xarakteristikalarining tengligida apparat xarajatlari kamayadi, chunki asbobning asosiy funksiyalyari dastur hisobiga amalga oshiriladi, ya’ni o‘lchashdagi apparatlar qisman dasturga almashtiriladi. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonlarida nazoratning ikki turini qo‘llaydilar: mahsulotning


fizik-mexanik xossalarini nazorat qilish, texnologik jarayonni nazorat qilishda texnik nazorat o‘tkazish.

Xorijda o‘lchov asboblarini loyihalash va ishlab chiqarishda o‘lchov asboblarini hisoblash mashinalari va signali konvertatsiya qiluvchi moslamalar bilan kombinatsiya qilish keng yoyilgan. Bunday kombinatsiyalarni 2 turi mavjud. Birinchisi o‘lchash asbobining to‘g‘ridan-to‘g‘ri EHM bilan bog‘lanishi bo‘lib bunda EHM ning ishlash algoritmi avvaldan belgilanadi. Bunday moslamani bir vaqtda ishlab turgan bir necha o‘lchash asbobini hisoblash kerakligida qo‘llaydilar. Ikkinchisida esa o‘lchash uzoq muddatda amalga oshirilsa sinov natijasi faqat qayd qilinadi va ular keyin boshqa EHM da tahlil qilinadi.

Yigirish jarayonida iflosliklardan yaxshi tozalamaslik, pilta va pilikni notekis cho‘zish, tolalar yaxshi pishib yetilmaganda, bir yoki turli iplarning yo‘g‘onligi har xil bo‘lishi, iplarga momiq o‘ralib qolishi, pilik uzilib, uchi qo‘shni pilikka o‘ralib ketishi natijasida iplarning sifati buziladi.

Mahsulotni saqlash quti yoki qoplarda omborxonalarda saqlash paytida havo harorati va nisbiy namligi inobatga olinadi. Agar namlik miqdori yuqori bo‘lsa, ip sifati buziladi.




Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish