4
KIRISH
Istiqlolning dastlabki oylarida qabul ailingan
yoshlarga oid davlat
siyosatining asoslari to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi qonunining birinchi
moddasida yoshlarga oid siyosat O`zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining
ustuvor yo`nalishi bo`lib, uning maqsadi yoshlarning
ijtimoiy shakllanishi va
kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo`lida imkon boricha to`la –
to`kis ro`yobga chiqishi uchun shart – sharoit yaratish hamda ularni
kafolatlashdan iboratdir, deyiladi.
Har qanday mamlakatning qudratini belgilaydigan omillar ko`p. eng
asosiylaridan biri shu yurtda voyaga yetayotgan yuksak ma`naviyatli, jismonan
sog`lom, ertangi kunning haqiqiy egalari bo`lgan barkamol avloddir.
Prezidentimizning istiqlolning dastlabki yillarida aytgan ―Farzandlarimiz
bizdan ko`ra kuchli, bilimli, don ova albatta baxtli bo`lishlari shart‖, degan ezgu
niyatlari o`tgan davr mobaynida bosqichma – bosqich hayotimizda o`z ijobatini
topmoqda.
I Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz ilm – fani
izchil
rivojlanib, global ahamiyatga ega natijalarga erishish va ular asosida
eng ilg`or texnologiyalarni yaratish, amaliyotga
tatbiq etish imkoni
yaratilmoqda.
Mustaqillik yillarida davlatimiz raxbari tomonidan mazkur tizimni
zamonaviy mezonlar asosida yuksaltirish yilida bir qator muhim hujjatlar qabul
qilindi. Umumta`lim maktablari, kasb – hunar
kollejlari va akademik
litseylar, oily o`quv yurtlarida jahon tajribasi inobatga olingan holda, davlat
ta`lim standartlari asosida o`qitilmoqda. Yoshlarimiz
uchun bir necha horijiy
tilni bilish, dunyodagi nufuzli dorilfununlarda tahsil olish odatiy holga aylandi.
Yoshlarning iste`dodini yuzaga chiqarish ularni rag`batlantirishning o`ziga hos
milliy tizimi shakllantirildi. Xususan, oily o`quv yurt talabalari uchun
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi, Beruniy, Ibn Sino,
Ulug`bek, Navoiy nomidagi davlat stependiyalari ta`sis etildi. Maktab
o`quvchilari o`rtasida muntazam
ravishda fan olimpiadalari, turli tanlov va
5
musoboqalar o`tkazish yo`lga qo`yiladi. Davlatimiz rahbarining 2012 yil 10
dekabrda qabul qilingan ―Chet tillarini o`rganish tizimini yanada
takomillashtirish chorra – tadbirlari to`g`risida‖ gi qaroriga muvofiq 2013-2014
o`quv yilidan boshlab, maktablarning birinchi sinfi dan
horijiy tillarni uzluksiz
o`qitish tizimi joriy etildi.
Boshlang`ich sinflarda og`zaki hisoblash malakasini shakllantirishda turli
usul va vositalarni qo`llash muhim ahamiyatga ega.
O`quvchilarda og`zaki hisoblash malakasi orqali ularning yozma hisoblash
malakalari shakllantiriladi. Og`zaki hisoblash
malakasini shakllantiruvchi
didaktik materiallarni tayyorlash va ulardan foydalanishda axborot
texnologiyalaridan foydalanish usullarini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega.
Shu bois ushbu malakviy ish mavzusi hozir kundagi dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: