Antropologik klassifikatsiya.
Yevropod irqiga keruvchi xalqlar
Mangaloid irqiga keruvchi xalqlar
Negroid irqiga keruvchi xalqlar
Avstraloid irqiga keruvchi xalqlar
Antropologik klassifikatsiya insonlarning biologik (jismoniy) xususiyatlarini e’tiborga oladi. Yer yuzidagi barcha aholi bitta biologik tur - Homo Sapiens (idrokli kishi) bo‘lib, uning alohida guruhlari jismoniy (biologik) belgilari, kelib chiqishi, ma’lum hududda tarqalishi bo‘yicha farqlanadi. Jismoniy belgilari bo‘yicha tarixan shakllangan odamlar guruhi irqlar deyiladi. Bunday belgilar merosiy hisoblanadi. Bugungi kunda to‘rtta irq: negroid (Afrika), yevropeoid (Yevrosiyo), mongoloid (Osiyo-Amerika) va avstraloid (Okeaniya)lar mavjud. Irq tavofutlari tana rangi, ko‘z qorachig‘i rangi, sochi, bosh chanog‘i va ularning shakli, tanasining uzunligi, nisbatan murakkab genetik xususiyatiar - aon guruhi, barmoq va kaft izlari va hokazolar o‘rganiladi. Bu xususiyatiar uzoq davr - 40-20-mingyilliklarda shakllangan. Shu tariqa insonlar barcha tirik jonzotlar singari tabiiy-geografik muhitga tanalari bilan moslasha borganlar. Insonlar irq xususiyatari xalqlaming shakllanish tarixi qanday bo‘lganini aniqlashga yordam beradi. Jumladan, biologik antropologiya va yer yuzidagi barcha aholining irq bo‘yicha aralash ekanligi aniqlagan. Barcha irq vakillari madaniyat va ijtimoiy hayotni rivojlantirish uchun bir xil biologik imkoniyatlarga egadir. Irqlaming jismoniy, psixologik va aqliy jihatdan noteng ekanligi haqidagi tasavvurlar noilmiy va gumanizmga qarshidir, Shu sababdan irqchilik fan va dunyo demokratik jamoatchiligi tomonidan doimo qoralanib keladi.
Yevropod irqiga keruvchi xalqlar
Yevropeoid irqi (baʼzida Yevrosiyo irqi) — insoniyatning asosiy eng yirik irqi (insoniyatning qariyb 40 %). Terisining tiniqligi, mayin va jingalak sochlari, serjunligi (erkaklarda), oldinga turtib chiqqan ingichka burni, yupqa labi, ortognatizm (yuz va jagʻ suyaklarining oldinga turtib chiqmaganligi) va boshqa belgilari bilan ajralib turadi. Yevropa, Shimoliy Afrika, Old Osiyo, Shimoliy Hindistonda tarqalgan; evropaliklarning koʻchib borishi natijasida Amerika, Avstraliya va Janubiy Afrikaga ham yoyilgan.
Yevropoid irqiga mansub kishilarning terisi oq yoki bug‘doyrang, sochlari turli-tuman to‘g‘ri va to‘lqinsimon, ko‘pincha mayin bo‘lib o‘sadi va yuz hamda tanani jun qoplagan bo‘ladi. Burni tor, lablari o‘rtacha yoki kichik hajmda bo‘ladi. Ko‘zlari turli–tuman rangda va bosh miya suyaklari hech qachon oldinga bo‘rtib chiqmagan bo‘ladi.
Yevropoidlar bugungi kunga kelib nafaqat Yevropada joylashgan. Ular Shimoliy Afrikaning barcha xududini (jazoirliklar va misrliklar), Osiyoning g‘arbi (turklar va arablar), Sibir-ruslar va deyarli barcha Kavkaz mintaqasida, O‘rta Osiyoda, Iroq, Afg‘oniston va Hindistonda ham keng tarqalgan. Oxirgi 400 yil ichida Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika mamlakatlarining asosiy aholisini yevropoid irqiga mansub kishilar tashkil qilgan.
Yevropada so‘nggi paleolit va mezolit davridanoq mahalliy tabiiy sharoitga moslashgan yevropoid irqining ikki tipi shakllangan. Bular: oq tanli, malla rang sochli, ko‘k ko‘zli blandinlar bo‘lmish shimoliy yevropoid tip va qora to‘lqin sochli, qora ko‘zli oq badan bryunetlardan iborat janubiy yevropoid tipini tashkil qiladilar. Mazkur irqiy guruhlar oralig‘ida turgan o‘rta tip (shoten) har ikki tipning ham belgilarini saqlab qolgan. Keyinchalik Yevropaga kirib kelgan mo‘g‘ullar ayrim etnoslarda o‘z izini qoldirgan. Bunga Skandinaviyada yashovchi mongoloid belgilariga ega bo‘lgan loparlar misol bo‘la oladi.
Yevropoid irqining Old Osiyo va hind-pomir guruhlari qatoriga butun Janubi-G‘arbiy va Janubiy Osiyo Arabiston, Arabiston yarim oroli va hozirgi Turkiyadan tortib to Afg‘oniston, Pokiston,Shimoliy Hindiston va Bangladesh xalqlarigacha kiradi. Maxsus armanoid guruhiga o‘zining katta burni va badanining serjunligi bilan ajralib turadigan Osiyo arablari, yahudiylar, armanlar, turklar, kurdlar va greklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |