5A110802 – Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligi magistranti Ro‘ziyeva Sevara Ergash qizi “Yevropa va markaziy osiyo olimlarining muhandislik grafikasi fanlari rivojiga qo‘shgan xissalari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ANNOTATSIYASI Tayanch so‘zlar.Qadimgi davrlarda muhandislik grafikasining rivoji, grafika tarixi, O’rta Osiyolik allomalar, chizma geometriya tarixi, Gaspar Monj metodi, grafik atamalar.
Tadqiqot obyektlari.Oliy ta’lim tizimida muhandislik grafikasi tarixi va taraqqiyoti asosida grafikaviy ta’lim berish jarayoni.
Ishning maqsadi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislik grafikasi o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha ularning yuqori kasbiy tayyorgarligining sifatini oshirishda grafika tarixi va taraqqiyoti, ularning mazmunini va tizimini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish hamda tajribaviy asoslash.
Tadqiqot metodlari: - kuzatuv – oliy ta’lim jarayonida talabalarni grafika tarixini o‘rgatishni ta’minlaydigan grafikaviy tayyorgarlik va bilim olish faoliyatining holatini o‘rganish;
- nazariy tahlil - ilmiy tadqiqot muammosi bo‘yicha umumpedagogik, psixologik va uslubiy shunigdek, muhandislik grafikasi fanlari rivoji mavzusini o‘qitish yuzasidan tarqatma materiallarni o‘rganish va tahlil qilish;
- so‘rovnoma va test o‘tkazish - talabalarning muhandislik grafikasi tarixiga oid ilmini olishga munosabati, uni tashkil etishning mavjud holati hamda o‘quv ishi natijalari va ta’lim oluvchilarning amaliy grafik faoliyatini o‘rganish;
- tajriba-sinov o‘tkazish - orqali talabalarning mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish uchun ta’lim olish faoliyatini tashkil etish hamda ularni bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Amaliy ahamiyati. Tadqiqot jarayonida OTM uchun muhandislik grafikasi bo‘yicha bo‘lg‘usi yuqori malakali mutaxassis o‘qituvchilarni tayyorlashda ularning kasbiy tayyorgarligi jarayonida Yevropa va Markaziy Osiyo olimlarining muhandislik grafikasi fanlari rivojining nazariy asoslanishi va ularnig tajriba sinov jarayonlarida tasdiqlanishi kutilmoqda. Tadqiqot natijalarining amaliy yo‘nalishi bo‘yicha talabalarning ta’lim jarayonida grafika tarixi elementlarini o‘zlashtirilishi albatta (majburiy) zarur bilimlar hajmi auditoriyada oladigan bilim hajmi va mazmuninini ongli ravishda chuqurlashtirish imkonini beradigan materiallar sifatida foydalanish