120
barqarorlashtirishga qaratilmoqda. Kompyuterlardan keng foydalanish
asosida ro‘y beradigan moddiy oqimlar boshqaruvi jarayonida rejali va
nazoratli bajariladigan ish tartiblarining barqarorlashishi xizmatni qayta
qurishni tashkil etish bilan bir vaqtda amalga oshiradi. Bu nazorat va
moslashuvning yangi tashkil etilgan mexanizimining paydo bo‘lishiga olib
keldi. Eng keng tarqalganlaridan uch turli ko‘rinishda
tashkil etilgan
mexanizmlarni ko‘rsatish mumkin:
- maxsus funksional bo‘limlar shakllanib, ularda reja, boshqaruv va
nazorat funksiyalarining katta qismi, yangi koorporatsiyalar orqali moddiy
oqimlar harakatining reglamentlashtirilgan qismi nazorat qilinadi. Bu usul
tajribada eng ko‘p qo‘llaniladi;
- maxsus rahbar yoki moslashuv guruhi tayinlansa, asosiy masala
bo‘lib funksional bloklardagi moddiy oqimlarni boshqarish bo‘yicha qabul
qilingan qarorlar jarayonining moslashuvi
hisoblanadi;
- bo‘limlarga ikki tomonlama bo‘ysinishga asoslangan matritsali
mexanizm yaratilib, moddiy oqimlarni samarali boshqarishga bog‘liq
bo‘ladi. Moddiy resurslarni boshqarish uchun maxsus tuzilmani ishlab
chiqish odatda har bir firma oldida turgan shu sohadagi muammolar
hisobiga amalga oshiriladi. Moddiy oqimlarni boshqarish tizimi ostida
funksional maxsuslashtirishga muvofiq ravishda 3
ta asosiy tarkibiy
blokka ajratiladi: 1) rejalashtirish va moslashish; 2) boshqarish yoki
tartibga solish; 3) nazorat.
Har bir tarkibiy blokka turli xil boshqaruv bo‘limlarini kiritish
mumkin. Bu bo‘limlarning soni va ularning o‘zaro ta’sir xususiyati har bir
bosqichda moddiy oqimlarni boshqarish bilan bog‘liq ishning hajmi va
murakkablik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. (5.4-chizma)
5.4-chizma. Moddiy oqimlarni boshqarish tizimi
Moddiy oqimlarning boshqarish bo‘limi
shakllanishi bilanoq
Korporatsiyalarda paydo bo‘ladigan maxsus masalalarga muvofiq ravishda
121
bunday bo‘linish ichki tarkibining ko‘p sonli turi amal qiladi. Ayni paytda,
bu variantlarning barchasi umumiy modelga asoslangan va o‘xshash
masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Tovarlarning bir partiyalini
boshqaruv apparati tarkibi uchun 2 ta umumiy variant xarakterli. Birinchi
variant - ishlab chiqarish jarayonida va ta’minot bosqichida xomashyo va
materiallardan foydalanish samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan va
sanoat ahamiyatidagi mahsulotlarni chiqaradigan Korporatsiyalarda tez-tez
qo‘llaniladi. Bu yerda asosiy muammo bo‘lib, ishlab chiqarish
bo‘linmalari va ta’minot ishlarining doimiy bog‘lanish zarurati, moddiy
resurslarni saqlash va ulardan foydalanish ustidan nazorat olib borish
tashkiloti va ishlab chiqarish bo‘limlari orqali moddiy resurslar harakatini
operativ boshqarishni ta’minlash masalalari hisoblanadi. Ikkinchi variant -
moddiy oqimlarni boshqarish bo‘limi tuzilmasi ko‘p sonli iste’molchilarga
xizmat qiladigan va keng ko‘lamdagi mahsulot
assortimentini ishlab
chiqaradigan kompaniyalarda ko‘pincha qo‘llaniladi. Bu firmalar birinchi
navbatda sotish tizimida tayyor buyumlarni saqlash muammolariga duch
keladi va mahsulotlarni sotish, iste’molchilarga xizmat qilish va moddiy
oqimlarni boshqarib borish kerak.
Yetkazib berish tizimi tashkilotda boshqaruvni samarali tashkil
etishga yordam beradi, qaysiki u boshqaruv jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan
holda bir qancha xarakterli xususiyatlarga
egalik qiladi, ular quyidagilar:
- tashkilotning strategik maqsadlarining mavjudligi;
- strategik maqsadlar uchun bo‘ysunadigan taktik (rejani) maqsadni
ishlab chiqish;
- aniq maqsadlarga mos keladigan o‘lchov birliklarini to‘g‘ri tanlash;
- tanlangan birlikning nazorat raqami yoki aniqlangan me’yori
(masalan, buyurtmani bajarish muddati);
- boshqaruv jarayoni haqidagi axborotlarni standart, me’yor yoki
nazorat raqamlari bilan qiyoslash;
- qiyoslash natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish;
- boshqaruv ta’siri natijlarini nazorat qilish.
Yuqorida aytilganlarni amalga oshirishni tartibga solish Yetkazib
berish tizimida nazoratni o‘rnatishga yordam beradi (5.5- chizma).
Boshqaruv tizimi kirish qismiga ega, ya’ni
boshqaruv iyerarxiyasi
darajasiga bog‘liq holda aniq maqsadga ega. Har doim ham boshqaruvning
aniq davri jarayonida maqsadlarga erishish muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi.
Maqsadga erishish yo‘lida faoliyat natijalarining o‘lchov birligi turini
aniqlash katta ahamiyatga ega. Bunday bosqichdan so‘ng nazorat qilish
boshlanadi.
122
5.5-chizma. Yetkazib berish tizimida nazoratni o‘rnatish
Masalan, sizga yangi mahsulotni o‘zlashtirish bo‘yicha javobgarlik
buyurildi va siz birinchi navbatda ushbu mahsulotning yuqori sifatli
bo‘lishidan manfaatdorsiz. Ayni paytda buxgalterlar ishlab chiqarish
xarajatlarini
kamaytirishdan, iqtisodchilar esa uning samaradorligidan
manfaatdorlar. Jamoa bilan ishlash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agar
xodimlarning diqqati aniq o‘lchamga jalb qilinsa, qabul qilingan nazorat
raqamlari keskin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: