49
Xalq xo‘jaligida temir yo‘l transportining yo‘lovchilar
hamda yuk
tashishda salmog‘i katta. Respublika temir yo‘l transporti MDH
doirasidagi qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda
muhim o‘rinda turadi. 1999 yilda respublikada xalq xo‘jaligiga tegishli
umumiy uzunligi 6,6 ming km,
shu jumladan, umumiy foydalaniladigan
qismining uzunligi 25 ming km, asosan sanoat korxonalariga tortilgan
temir yo‘l uzunligi 3,1 ming kmni tashkil etadi. 1994 yil noyabrda
O‘zbekiston Respublikasida joylashgan temir yo‘l
korxonalari va
bo‘linmalari, loyiha-konstruktorlik va boshqa tashkilotlari va muassasalari
negizida «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat hissadorlik kompaniyasi
tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi mamlakat mustaqilligi va
iqtisodiyoti uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan Xitoy, Koreya,
Yaponiya, Eron, Turkiya va G‘arbiy Yevropaning janubi bilan
tutashtiradigan «TransOsiyo» magistrali (Istambul - Toshkent - Olma Ota -
Pekin) qurilishida ishtirok etmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» 50 mingdan
ortiq turli yuk vagoni va
Germaniyada tayyorlangan refrijiratorlari, 1450 yo‘lovchilar tashiladigan
vagonga ega. Kompaniyaning temir yo‘ldan foydalanishiga mas’ul bo‘lgan
Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Orol bo‘yi, Qarshi bo‘limlari bor. 1999 yil
umumiy foydalaniladigan temir yo‘l transportida 46,2 mln.t yuk tashildi.
20 tonnali konteynerlar bilan yuk tashish respublikadagi 11 ta stansiyada
amalga oshirildi.
Tashiladigan yuklarning asosiy
qismini qurilish materiallari,
bulardan 21 % taxta, 3% neft va neft mahsulotlari, 35 % g‘alla, sement,
kimyoviy mahsulotlar va mineral o‘g‘itlar, ko‘mir, sabzavot va boshqa
xalq xo‘jaligi yuklarini tashkil etadi. 1999 yil temir yo‘l transportida 14,4
mln. yo‘lovchi tashildi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda, ayniqsa,,
shaharlar atrofidagi qatnovda elektropoyezdlardan tobora kengroq
foydalanilmoqda.
O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini
vujudga keltirish
bo‘yicha Navoiy-Nukus yo‘nalishlarida temir yo‘lni qayta qurish va
elektrlashtirish boshlandi. Urganch-Beruniy elektrlashtirilgan yangi temir
yo‘l qurilishi bu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega.
Respublikada poyezdlar harakatini boshqarish
yagona dispetcherlik
markazi mavjud bo‘lgan Toshkentda amalga oshiriladi. Poyezdlar
harakatini boshqarish tizimlarida avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatadigan
yuqori quvvatli axborot hisoblash markazi ishlab turibdi.
50
Yo‘lovchi tashuvchi eng yuqori tezligi 100 km/soatni, yuk tashuvchi
poyezdlarning tezligi 80 km/soatni, stansiyalararo yo‘llarda yo‘lovchilar
tashuvchi poyezdlar 60 km/soat, yuk tashuvchi poyezdlari 35 km/soat
tezlikda harakat qiladi. «O‘zbekiston temir yo‘l» kompaniyasining
lokomotiv
parki
yangi
turdagi
teplovozlar,
elektorovozlar,
elektoropoyezdlardan tashkil topgan. Yo‘lovchilar tashiladigan va yuk
vagonlarini ta’mirlash, temir - beton shpallar tayyorlanadi. Toshkent,
Xovos, Qo‘qon, Andijon lokomotivlarini ta’mirlash o‘zlashtirilgan.
«O‘ztemiryo‘lta’mirlash» ishlab chiqarish birlashmasining bosh korxonasi
Toshkent teplovozlarning zavod ta’miri hamda yo‘lovchilar tashiladigan
vagonlarning qayta ta’mirlanishi, Paxtaobod zavodida yopiq vagonlar,
platformalar va yarim vagonlarni ta’mirlash amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: