Yetishtirish texnologiyasi va ekologiya


DORIVOR O'SIM LIKLAR XOM-ASHYOSINI



Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/235
Sana30.12.2021
Hajmi7,28 Mb.
#191515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   235
Bog'liq
Dorivor o'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Ahmedov O'. Ergashev A

DORIVOR O'SIM LIKLAR XOM-ASHYOSINI 
TAYYORLASH
0 ‘zbekiston  tibbiyotida  qo‘llaniladigan  dori  vositalarining 
38-40%  ini  dorivor о ‘simliklardan  olinadigan preparatlar tashkil 
qiladi.  B a’zi og‘ir kasalliklarni  davolashda isnlatiladigan muhim 
ahamiyatli  ayrim  dorivor preparatlami  (yurak  glikozidlari,  qator 
alkaloidlar, terpenlar,  saponinlar,  steroid va fenolli birikmalar va 
boshqa biologik  faol  moddalar)  shu  vaqtgacha  sintez  yo ‘li  bilan 
olib  b o ‘lmaydi.  Ularni  olish  manbai  hozireha  faqat  о ‘simiiklar 
bo ‘lib qolmoqda.
H am do‘stlik  mamlakatlari  juda  katta  turli 
geografik 
hududlardan  tashkil  topgan.  Bu  hududlar  tropikdan  tashqari 
hamma  iqlimli  tumanlami:  abadiy  muzlik  bilan  qoplangan
16


baland  tog‘lar,  tundra,  odam  qadami  etmagan  tayga,  o ‘rmon, 
cho‘l,  yarim  cho‘l,  sahro  hamda  nam  subtropik  va  boshqalami 
o ‘z  ichiga  oladi.  Shuning  uchun  ham  ularning  florasi  juda  boy. 
U  19000  dan  ortiq  o ‘simlik  turlaridan  tashkil  topgan.  Shular 
ichida dorivor о‘simliklar ham ko ‘p.  Ammo hozirgi vaqtda ularni 
hammasidan  ham  tibbiyotda  kasalliklarni  davolash  uchun  hali 
to ‘liq foydalaniimayapti.
Sobiq  Ittifoq  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan  1990- 
yilda  chop  etilgan  dori  vositalari  rasmiy  ro ‘yxatida  tibbiyotda 
ishlatiladigan 282  ga yaqin shifobaxsh о ‘simliklar keltirilgan.  1
19 8 1 -1985-yillarda  Sobiq  Ittifoq  kimyoviy  farmatsevtika 
sanoatiga  qarashli  korxonalarda  254  xil  fitopreparatlar  ishlab 
chiqarilgan. Shu dorivor preparatlar 152 tur dorivor о ‘simliklardan 
olingan  va  171  xil  mahsulotlar  tayyorlangan.  Shu  ko'rsatilgan 
dorivor  mahsulotlar  asosan  Sobiq  Ittifoq  hududida  yovvoyi 
holda o ‘sadigan hamda ayrim xo ‘jaliklar dalalarida o ‘stiriladigan 
dorivor о ‘simliklardan tayyorlangan.
Yuqorida  k o‘rsatilganidek  kimyo-farmatsevtika  sanoati, 
Galen  laboratoriyalari  va  dorixonalar  ehtiyojini  qondirish 
maqsadida har yili katta miqdorda  dorivor  о ‘simliklar mahsuloti 
tayyorlanadi.
Mahsulotlar  asosan  yovvoyi  holda  o ‘sadigan  dorivor 
о ‘simliklardan yig‘iladi. Yil sayin dorivor o ‘simliklar mahsulotiga 
b o ig a n   talab  oshmoqda.  Shuning  uchun  tayyorlanadigan 
mahsulotning miqdori ham oshmoqda.
Yovvoyi  holda  o ‘sadigan  dorivor  o ‘simliklarning  zaxirasi 
har  qancha  ko‘p  b o ‘lmasin,  yildan-yilga  ko‘payib  borayotgan 
tayyorlash miqdorini qondirish hamda tabiiy sharoitda o ‘sadigan 
o ‘simliklarni  saqlab  qolish  uchun  ularni  yig‘ishni  to ‘g‘ri 
uyushtirilishi  kerak  harnda  mahsulotlarni  tayyorlashni  ilmiy 
asoslangan qat’iy rejaga rioya qilingan holda olib borish zarurdir.
Dorivor  о ‘simliklar  xom-ashyosini  tayyorlashda  quyidagi 
tadbirlar bajariladi: 
/ '
17


1.  Dorivor o ‘simliklami tayyorlash ishini uyushtirish.
2.  Mahsulotni yig‘ish.
3.  Y ig'ilgan mahsulotni quritish.
4.  Y ig‘ilgan mahsulotni  standart holiga keltirish.
5.  Mahsulotlami  idishlarga joylashtirish (qadoqlash).
6.  Mahsulotlami transport vositalari bilan jo ‘natish.
7.  Dorivor mahsulotlami  saqlash.
Dorivor  о ‘simiiklar  xom-ashyosini  tayyorlashni  o ‘z  vaqtida 
to ‘g ‘ri  uyushtirish  juda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  odatda,  bu 
isb bilan tuman markaziy dorixonasi (TMD - SRA) shug‘ullanadi. 
j u inan  hududida  dorivor  о ‘simiiklar  mahsulotini  tayyorlash 
jgfrlarini  uyushtirish bilan TMD da katta provizor -  farmakognost 
]avozimidagi  mutaxassis,  agarda  bunday  lavozim  b o ‘lmasa,  u 
holda dorixona mudirining o ‘rinbosari yoki  shu  vazifani bajarish 
ytIklangan biror boshqa mutaxassis  shug‘ullanadi.
TMD  da  tuman  bo'yicha  dorivor  o ‘simliklami  tayyorlashni 
uyushtirishga  javobgar  mutaxassis  quyidagilami  bajaradi  va 
taShkil qiladi:
-  tuman b o ‘yicha  dorivor  o ‘simliklaming  tayyorlash  rejasini 
qilish va  uni  tumanda yig ‘ish mumkin bo'lgan  dorivor mahsulot 
m iqdoriga  solishtirgan holda aniqlash;
-   tuman  ro ‘znomasi  va  radiosi  orqali  xalq  o ‘rtasida  qanday 
(Jorivor  o‘simliklar  qachon,  qanday  qilib,  qaerda  yig ‘ilishi, 
qUritilishi, sotib olish bahosi hamda qaerda topshirilishi lozimligi 
t0 ‘g ‘risida  to ‘liq  axborot  beradigan  tegishli  tushuntirish  ishini 
0ЦЪ borish;
-   xuddi  shu  k o ‘rsatilgan  masalalami  to ‘liq  aks  ettiradigan 
varaqalami chop ettirish va uni aholi ko ‘p yig‘iladigan, hammaga 

Download 7,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish