Yetishtirish texnologiyasi va ekologiya


Dorivor gulxayri o‘simligini o‘stirish texnologiyasi



Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/235
Sana30.12.2021
Hajmi7,28 Mb.
#191515
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   235
Bog'liq
Dorivor o'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Ahmedov O'. Ergashev A

Dorivor gulxayri o‘simligini o‘stirish texnologiyasi
Dorivor  gulxayri  ko‘p  yillik  o‘t  о ‘simlik  bo ‘lib,  bo‘yi  3-4 
yilda 2-2,5  m ga etadigan,  ildizpoyasi  yo‘g ‘on,  ildizi  qalin etli,  1-2 
metr  chuqurlikkacha  etadi.  Ildizpoyasi  va  o‘q  ildizi  birinchi  yili 
oxirlaridayoq yog‘ochga aylanadi,
Olimlar  tomonidan  o‘tkazilgan  ilmiy  kuzatishlardan  m a’lum 
bo‘lishicha,  dorivor  gulxayri  havoning  quruqligiga  va  tuproqning 
qisqa  muddatli  qurishiga  (ildiz  tannoqlari  yaxshi  rivojlanganligi 
tufayli) bardosh beradi. U shamolga va qishnmg sovuqhgiga chidamli 
о‘simlik  hisoblanadi.  Dorivor  gulxayri  respublikamizda  tarqalgan 
(sho‘rlangandan  tashqari)  barcha  sug‘oriladigan  tuproqiarda  ekib 
o'stirish  mumkin.  Urug‘lik  uchun  ekilgan  maydonlarda  o‘simlik 
6-8  yil  saqlanishi  mumkin.  Shu  boisdan  dorivor  gulxayrini  poliz, 
sabzavot  ekinlaridan  tozalangan  yerlarga  ekish  maqsadga  muvofiq 
bo'iadi.  Dorivor gulxayri o ‘simligi ekiladigan maydonlar kuzda yer 
haydash oldidan gektariga 20-25 tonna organik o ‘g ‘itlar va 40-50 kg 
superfosfat  o‘g‘iti  bilan  oziqlantirib  25-28  sm  chuqurlikda  haydab 
qo‘yiladi.  Gulxayri  urug‘i  erta  bahorda  yoki  kech  kuzda  ekiladi.


Kuzda  ekilganlarining  unishi  yaxshi  bo‘ladi.  Bahorda  ekilgan 
o ‘simiik qivg‘och  unishi  uchun urug‘  2-3  soatga 20-25  daraja issiq 
suvda ivitib qo‘yiladi. Keyin suv bir oz sovigandan so‘ng to‘shalgan 
brezent yoki bo‘z ustiga yupqa qilib yoyiladi, tez qurishi uchun tez- 
tez aralashtirib turiladi.  Sochi luvchanlik xususiyatga ega boMgandan 
keyin ekishga kirishiladi.
Urug‘lami  sabzavot  ekadigan  seyalkalarda  1-2  sm  chuqurlikda 
tuproqqa  qadaladi.  Egatlar  oralig‘i  60-70  sm  va  о ‘simlik  oralig‘i 
10-12  sm qiHb  ekiladi va gektariga  10-12  kg urug‘  sarfianadi.  Unib 
chiqqan  maysalarda  3-5  ta  chin  barg  hosil  bo‘lgach  egatlar  olinib 
ketma-ket  sug‘orib  turiladi.  Mo“ tadil  sharoitda  dorivor  gulxayri 
urug‘lari  8-10 kunda,  tuproq namligi etarli bo‘lmagan maydonlarda 
18-20  kundan  keyin  unib  chiqadi.  Maysalar to'liq unib  chiqqandan 
keyin,  ya’ni  birinchi  sug‘orishdan  7-10  kun  o ‘tgach  yagana 
o‘tkaziladi  va  1  metr  yerda  8-10  ta  sog‘lom  o ‘simlik  qoldiriladi. 
0 ‘simliklarni  bu  darajada  siyraklashtirish  natijasida  ulaming 
o'sishi  va  rivojlanishi  tezlashadi.  Ikkinchi  va  keyingi  yillarda 
esa  o‘simlikning  bo‘yi  200-230  sm  dan  oshadi.  Dorivor  gulxayri 
ekilgan  maydonlar  birinchi  yili  5-6  marta  o‘toq  qilinadi  va  oralari 
kultivatsiya  yordamida  yumshatiladi.  Zaruratga  ko‘ra  o ‘simliklar 
orasidagi begona o ‘tlar qo‘l kuchi bilan tozalanadi. Gulxayri ekilgan 
maydon birinchi yili 8-10 marta sug'oriladi.
Gulxayri mineral o‘g‘itlarga (ayniqsa azotli va fosforli) talabchan 
о ‘simlik hisoblanadi.
Birinchi  yili  aprel-may  oylarida  sug‘orishdan  oldin  80-90  kg 
azot,  60-70  kg  fosfor  va  30-40  kg  kaliy  o ‘g ‘iti  bilan  oziqlantirish 
tavsiya etiladi.
Gulxayrining  poyalari  qirqilmay  dalada  qishda  qoldiriladi.  U 
qomi tutib qolishda yordam beradi. Ayniqsa veroziyaga uchraydi gan 
yerlarga ekilgan dorivor gulxayri  tuproqni yuvilishdan saqlaydi.
Erta  bahorda qurigan poyalar daladan yig‘ib  olingach,  o‘simlik 
oralari kultivatorda ayni vaqtda har gektar yerga 50-60 kg dan azotli 
va  fosforli  o ‘g‘itlar  bilan  (aprel  oyining  oxirlarida)  oziqlantiriladi. 
Ikkinchi  marta  shonalash  fazasida  gulxayrining  sbox-shabbalari 
tutashib  ketguniga  qadar  (iyun  oxiri)  40  kg  dan  azot  va  30  kg dan
199


kaliy  o‘g‘iti  bilan  oziqlantiriladi.  Mineral  o‘g ‘itlarni  sug‘orishdan 
oldin amalga oshirishni tavsiya qilinadi.
Gulxayri hayotinmg ikkinchi yiii (avgust oylarming boshlarida) 
meva  tugadi.  Urug‘lari  poyasining  10  sm  dan  230  sm  gacha 
balandligida, asosiy qismi  60-80 sm oralig‘ida joylashadi.

Download 7,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish