37. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari qonun hujjatlariga va Bolalar shaharchasi ustaviga muvofiq
38. Tarbiyalanuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlari Bolalar shaharchasi ma’muriyati, vasiylik va
39. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchisi Bolalar shaharchasi ma’muriyati, shuningdek, tarbiyachi
40. Tarbiyalanuvchi Bolalar shaharchasida bo‘lgan butun davrda meros yoki hadya tartibida, shuningdek,
boshqa qonuniy asoslarga ko‘ra ota-onalar, qarindoshlar yoki boshqa shaxslardan unga o‘tgan mol-mulkka, turar
joyga mulk huquqini saqlab qoladi. Turar joy tarbiyalanuvchi Bolalar uyida bo‘lgan butun davr mobaynida unda
41. Tarbiyalanuvchi unga berilishi kerak bo‘lgan alimentlar, ijtimoiy nafaqalar, pensiyaga bo‘lgan
huquqni (boquvchisini yo‘qotganda, nogiron bo‘lib qolganda) hamda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar
uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga huquqni o‘zida saqlab
Bolalar uyidagi tarbiyalanuvchining ta’minoti uchun ota-onadan undiriladigan mablag‘lar, unga
tayinlangan nafaqa va boshqa to‘lovlar tarbiyalanuvchining nomiga ochilgan bank hisobraqamlariga o‘tkazilishi
22.09.2021, 02:10
739-сон 21.11.2020. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolala…
https://lex.uz/docs/-5117079
26/51
42. Tarbiyalanuvchi o‘ziga tegishli bo‘lgan uy-joy ijaraga berilishidan olingan daromadlarga, ijodiy,
kasbiy, mehnat faoliyatidan va boshqa faoliyatdan olingan daromadlarga huquqni saqlab qoladi. Bitimlardan
olingan daromadlar ma’muriyat tomonidan faqat tarbiyalanuvchining manfaatlarini ko‘zlab hamda vasiylik va
homiylik organining roziligi bilan sarflanishi mumkin.
43. Tarbiyalanuvchi oilaga qaytganda (farzandlikka olinganda) yoki Bolalar shaharchasidan tarbiyalab
chiqarilgandan keyin tarbiyalanuvchining mol-mulki va hujjatlari notarial tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat
bo‘yicha ota-onasiga yoki tarbiyalanuvchining o‘ziga beriladi.
44. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish Bolalar shaharchasi vrachi, shuningdek, Bolalar
shaharchasi joylashgan joydagi davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan
ta’minlanadi.
Bolalar shaharchasi ma’muriyati tibbiyot xodimi uchun alohida xona va tibbiy asbob-uskunalar ajratadi.
45. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari maktabgacha tarbiya va umumta’lim muassasalarida umumiy
asoslarda tarbiyalanadi va o‘qitiladi, bunda bolalar davlat maktabgacha tarbiya muassasalarida bo‘lgan vaqt
uchun to‘lov undirilmaydi.
46. Bolalar shaharchasida tarbiyalanuvchilar uchun qo‘shimcha ta’lim (to‘garaklar, studiyalar, sport
seksiyalari va hokazolar) tashkil etiladi.
Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari davlatga qarashli maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida
o‘qiganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
47. Ta’til vaqtida bolalarning dam olishi Bolalar shaharchasiga qaraydigan shahar tashqarisidagi
oromgohda, dala hovlilarda, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi respublika Mehribonlik
uylari sog‘lomlashtirish oromgohida hamda boshqa sog‘lomlashtirish oromgohlarida tashkil etiladi.
48. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar mavjud bo‘lgan maktabgacha yoshdagi
tarbiyalanuvchilar bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan bolalarning rivojlanishida aniqlangan
nuqsonlarga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni psixofizik rivojlanish xususiyatlariga ega bo‘lgan
tarbiyalash va o‘qitish dasturlari bo‘yicha ta’lim tashkil etilishi mumkin.
49. Bolalar shaharchasi ma’muriyati tarbiyalanuvchilarning akademik litsey, kasb-hunar maktablari,
kollejlar va texnikumlar va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishiga yordam beradi.
50. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilariga akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va
texnikumlar va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun yo‘llanma berishda qonun hujjatlariga muvofiq
yo‘l haqi va yo‘ldagi vaqtda ovqatlanish xarajatlari to‘lanadi.
51. Akademik litseyda o‘qiyotgan tarbiyalanuvchilar mazkur muassasada yotoqxona mavjud bo‘lmagan
taqdirda ushbu muassasalarni tamomlaguniga qadar Bolalar shaharchasida yashaydi.
Tarbiyalanuvchilar Bolalar shaharchasi ma’muriyati bilan kelishuv asosida, akademik litseyni
tamomlagunga qadar, agar mazkur ta’lim muassasasida yotoqxona bo‘lmasa yoki mazkur ta’lim muassasasi va
Bolalar shaharchasi bitta aholi punktida joylashgan bo‘lsa, Bolalar shaharchasida yashash huquqiga egadirlar.
Ushbu bitiruvchilarning yashashi hamda ovqatlanishi bilan bog‘liq harajatlar Bolalar shaharchasi
mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
52. Bolalar shaharchasining akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar va oliy
ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan sobiq tarbiyalanuvchilari o‘zlari ta’lim olayotgan ta’lim muassasalari
ma’muriyati bilan kelishgan holda ta’til davrida, dam olish va bayram kunlarida, shuningdek kasallik davrida
yashaganlik uchun haq to‘lamasdan Bolalar shaharchasida turishlari mumkin. Vaqtincha yashaydigan o‘quvchilar
va talabalar Bolalar shaharchasi uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash sharti bilan ovqat bilan
ta’minlanadilar.
53. Vasiylik va homiylik organlari tarbiyalanuvchilarning farovonligi, sog‘lig‘i (sog‘liqni saqlash
organlari bilan birgalikda) va kamol topishi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi ustidan
oylik nazoratni amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: