Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy asoslari


Yerni huquqiy muhofaza qilish mazmuni, maqsadi va vazifalari



Download 66 Kb.
bet2/2
Sana14.06.2022
Hajmi66 Kb.
#668699
1   2
Bog'liq
YERLARNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Yerni huquqiy muhofaza qilish mazmuni, maqsadi va vazifalari.
Yerlarni huquqiy muhofaza qilishning asosiy mazmuni yerdan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, o`rmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq xo`jalik oborotidan va alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlari tarkibidan yerlarni asossiz ravishda olib qo`yilishining oldini olish, ularni zararli antropogen ta`sirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimidan iborat. Bundan tashqari, yerlarni muhofaza qilish mazmuni tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni tejash tarzida bo`lishi hamda tuproqning saqlanishi, o`simlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof muhitning boshqa tarkibiy qismlariga ta`sir o`tkazishni cheklashni nazarda tutadi.
Yerni muhofaza qilish maqsadi hududni oqilona tashkil etish, tuproq unumdorligini, shuningdek yerning boshqa xossalarini tiklash, yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qayta sho`r bosishdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish, qishloq xo`jalik yerlarini buta va mayda dov-daraxtlar, yovvoyi o`tlar bosib ketishidan va yerlarning madaniy texnikaviy holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya etish, yerlarni konservatsiya qilish, yerning unumdorligini oshirishga qaratilgan bo`ladi.
Yer qonunchiligidagi yerni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy qoidalar asosan quyidagilarni tartibga soladi: su¦oriladigan yerlarni qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan maqsadlarga berishdan himoya qilish; tuproqni unumdor qatlamini saqlash; tuproqni eroziyadan saqlash; yerni agroximikatlar ta`siridan himoya qilish; yerni ishdan chiqarib qo`yishdan, botqoqlanishdan muhofaza qilish; yerni xo`jasizlarcha foydalanishdan muhofaza qilish va h.k.
O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksida asosiy e`tibor su¦oriladigan yerlarni qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar toifasiga berilishidan himoya qilishga qaratilgan. Bu qonunlar majmuasida ushbu qimmatbaho yerlar boshqa maqsadlar uchun faqat qishloq xo`jaligi, suv xo`jaligi idoralari, shuningdek tabiatni muhofaza qilish idoralari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi, o`ta zarur hollardagina boshqa maqsadlar uchun berilishi mumkinligi belgilangan.
Yerni muhofaza qilishga qaratilgan bir qator yer huquqiy normalar tuproq unumdorligini himoya qilishni tartibga solishga ba¦ishlangan. Yerdan xo`jasizlarcha foydalanish, almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerdan ilmiy asosda foydalanmaslik, tuproqning agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik, zaharli ximikatlarni ko`p miqdorda ishlatish tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi. Mutaxassislarning ma`lumotiga ko`ra, tuproqning qimmatbaho sifatini osonlikcha yakson qilib tashlash mumkin. Uni tiklash jarayoni esa juda o¦ir va uzoq muddatni talab etadi. Masalan, 10 santimetr qalinlikdagi tuproqning unumdorlik qatlamini tiklash uchun 100 yilcha vaqt kerak. Shundan kelib chiqib, yer qonunchiligi tuproqning unumdorlik qatlamini muhofaza qilishga qaratilgan qat`iy talab va choralarni belgilaydi.
Yerni muhofaza etuvchi qonunlar yerga nisbatan xo`jasizlarcha munosabatda bo`lishdan muhofaza etadi. Yerdan xo`jasizlarcha foydalanish deganda yuridik va jismoniy shaxslarning yerni yaxshilash, tuproqni shamol, suv ta`sirida yemirilishdan va tuproq holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qilish majburiyatlarini bajarmaslik, hamda yer uchastkalari qanday maqsadlar uchun berilgan bo`lsa o`sha maqsadlarda foylanmaslik tushuniladi. Qonunda belgilanishicha yerdan foydalanuvchilar tuproq unumdorligini oshirish yuzasidan samarali choralarni ko`rishlari, tuproqni shamol va suv ta`sirida yemirilishdan saqlash yuzasidan tashkiliy--xo`jalik, agrotexnika, o`rmon-melioratsiya va gidrotexnika tadbirlarini amalga oshirishlari, yerlarning sho`rlanish, zax bosish, ifloslanish holatiga yo`l qo`ymasliklari, begona o`tlar bosishini oldini olishlari lozim. Yer qonunchiligini ushbu talablarini bajarmaslik yerdan xo`jasizlarcha foydalanish hisoblanib, uni muhofaza rejimini buzish deb qaraladi.
Yerni huquqiy muhofaza qilish o`z oldiga uni ishdan chiqarmaslik maqsadini qo`yadi. Yerni buzishda, uni ishdan chiqarishda eroziyaning ta`siri kuchlidir. Eroziya deganda unumdor tuproq qatlamining suv yoki shamol ta`sirida buzilishi tushuniladi. Tegishli davlat idoralari, yerdan foydalanuvchilar yerlarni melioratsiyalash va muhofaza qilishga, ihota daraxtlari o`tkazishga, tuproq eroziyasiga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishlari kerak. Ushbu chora-tadbirlarni bajarmaslik yer muhofazasi talablarini buzish hisoblanadi.
Bundan tashqari, yerdan foydalanuvchilar yerlarni sanoat chiqindilari, oqova suvlar bilan ifloslantirish, yerlarni talon-taroj qilinishidan himoya qilishlari lozimligi yer qonunchiligida ko`rsatilgan.

3(. Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari.


Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza etish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlarini belgilaydi. Yerlarni muhofaza qilish huquqiy chora-tadbirlari deganda qonun normalarida o`rnatilgan yerdan foydalanish va muhofaza qilishga oid buzilgan huquqlarni tiklash hamda huquqbuzarliklarni jazolashga taalluqli bo`lgan qoidalar yi¦indisi tushuniladi.
Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik, Jinoyat, Fuqarolik, Mehnat, Yer Kodekslari normalarida o`z ifodasini topgan. Bu normalarda yerlardan foydalanish qoidalarini buzganlik, yerlarni muhofaza qilish bo`yicha qonun talablarini bajarmaganlik uchun tegishlicha jazo choralari belgilangan.
Chunonchi, yerlarni muhofaza qilishning jinoiy-huquqiy choralari O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining to`rtinchi bo`limida (193-204 -moddalar) o`rnatilgan. Masalan, JKning 196-moddasida ko`rsatilishicha, yerlarni ifloslantirish yoki buzish odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha o¦ir oqibatlarga sabab bo`lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yoki shu kodeksning 197-moddasida yerdan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish o¦ir oqibatlarga sabab bo`lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima, yoki uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yerni huquqiy muhofaza qilishda ma`muriy qonunlarning roli alohida ahamiyatga ega O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`¦risidagi Kodeksida yer muhofazasiga qarshi qaratilgan bir qator hatti-harakatlar uchun javobgarlikni belgilovchi normalar o`z ifodasini topgan. Chunonchi, ushbu kodeksning 60-moddasida yerdan o`zboshimchalik bilan foydalanish yoki yerga egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish, yerdan foydalanish huquqini boshqalarga berish, yer uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o`n besh baravarigacha miqdorda jarima yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoq jazosi belgilangan.
Yoki ushbu kodeksning 65-moddasida yerlardan xo`jasizlarcha foydalanish, ularni yaroqsiz holga tushurish, 66-moddasida yer berish tartibini buzish, 67-moddasida vaqtincha egallab turilgan yerlarni o`z vaqtida qaytarib bermaslik, 68-moddasida xo`jalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan o`zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, 69-moddada esa chegara va cheklov belgilarini yo`q qilish yoki shikastlantirish hatti-harakatlarini sodir etganlik uchun ma`muriy javobgarlik ko`rsatilgan.
Yerlardan xo`jasizlarcha foydalanish deganda yer ustida qurilish obyektlari qurish paytida tuproqning unumdor qatlamini olmaslik, yer maydonlaridan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish, yerlarni ishdan chiqarish, hosildorligini pasaytirish kabi holatlar tushuniladi. Yer maydonlarini shunday holatga tushirib qo`ygan fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solinadi (O`zR MJTK 65-modda).
Yer berish tartibini buzish deganda yerlarni qonunda belgilangan shartlarni buzgan holda, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga yer berishga to`sqinlik qilish tushuniladi. Bu ma`muriy huquqbuzarlik uchun mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solinadi (66-modda).
Tasdiqlangan yer tuzilishi loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo`lmay turib chetga chiqish, tegishli davlat organlari bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, ichidan yer tuzish loyihalaridan o`zboshimchalik bilan chetga chiqish deb tushuniladi. Shunday harakatlar uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`¦risidagi Kodeksining 68-moddasi sanksiyasida fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uchdan bir qisminidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga ea bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solish mumkinligi ko`rsatilgan.
Yerlarni huquqiy muhofaza qilishda yer qonunchiligida o`rnatilgan qoidalar alohida ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 41-moddasida ko`rsatilishicha, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak. Ular huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) to`la hajmda qoplanishi kerak.
Yer qonunchiligi avvalo qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan, ayniqsa su¦oriladigan yerlarni muhofaza qilishga alohida e`tibor beradi. Chunonchi, Yer Kodeksining 43-moddasida o`rnatilishicha, qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlarni qishloq xo`jaligidan o`zga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga o`tkazishga alohida hollarda yo`l qo`yiladi. Alohida qimmatga ega bo`lgan unumdor su¦oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning su¦orilmaydigan yerlar jumlasiga o`tkazilishiga yo`l qo`yilmaydi (45-modda).

XULOSA
Yer qonunchiligi yerlarni holatiga, ekologiyasiga salbiy ta`sir etadigan obyektlar, imorat va inshootlarni joylashtirishning alohida tartibini belgilaydi. Yerlarni hosildan qolishdan yoki buzilishdan himoya qilish choralari bilan ta`minlanmagan hamda ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo`lmagan obyektlarni foydalanishga topshirish va bunday texnologiyalarni qo`llash ta`qiqlanadi (80-modda).
Bundan tashqari, yer qonunchiligida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar huquqlarini muhofaza qilish chora-tadbirlari belgilangan. Yer Kodeksining 90-91-moddalarida ko`rsatilishicha, yerga nisbatan tuzilgan ¦ayri qonuniy bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi; o`zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar qaytarib olinadi; yer uchastkalari olib qo`yiladi. Demak, yerga nisbatan ¦ayri-qonuniy bitimlar tuzilsa, yer qonunchiligi talablari buzilsa yuqorida sanab ko`rsatilgan choralar qo`llaniladi. Biz bu choralarni yer-huquqiy javobgarlik jazo choralari deb aytishimiz mumkin.
Yerlarni oqilona muhofaza qilganlik uchun Yer Kodeksida (82-modda) iqtisodiy ra¦batlantirish choralari o`rnatilgan. Iqtisodiy ra¦batlantirish yer soli¦i to`lash bo`yicha imtiyozlar berish, kredit berish bo`yicha imtiyozlar berish, budjetdan mabla¦lar ajratish kabi tadbirlardan iborat bo`lib, bu tadbirlar tuproq unumdorligini saqlash va tiklash, yerlarni salbiy holatlardan muhofaza qilish, meliorativ holatini yaxshilash, yangi texnologiyani joriy qilish bo`yicha ishlarni amalga oshirganlarga nisbatan qo`llaniladi.
Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish