Yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati


Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquq va majburiyatlari



Download 96,5 Kb.
bet3/5
Sana26.03.2022
Hajmi96,5 Kb.
#512087
1   2   3   4   5
Bog'liq
1351594392 23927

3. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquq va majburiyatlari.


Yer resurslaridan samarali, oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ko`p jihatdan yer egalari va yerdan foydalanuvchi subyektlarning yerdan foydalanish bo`yicha qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga qanchalik og`ishmay rioya qilishlari, ularni bajarishlariga bog`liq bo`ladi. Yoxud, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonun normalariga og`ishmay itoat etishlari, ularni to`la ijro qilishlari yerdan maqsadga muvofiq foydalanish hamda muhofazasini ta`minlashga xizmat qiladi.


Yer egalari, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari O`zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 39-moddasida sanab ko`rsatilgan: Bu huquqlar quyidagilardan iborat: 1) yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xo`jalik yuritish; 2) qishloq xo`jalik ekinzorlari va ko`chatzorlari hamda dov-daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xo`jalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga bo`lgan mulk huquqi; 3) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o`rmonzorlar, suv obyektlaridan xo`jalik ehtiyojlari uchun foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish; 4) yerlarni sug`orish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlari o`tkazish; 5) qishloq xo`jalik ekinlarining, dov-daraxtlarni sug`orish hamda boshqa maqsadlar uchun sug`orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish; 6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish; 7) yer uchastkasi olib qo`yilganda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini talab qilish; 8) yer uchastkasini vaqtincha foydalanishga va ichki xo`jalik ijarasiga berish; 9)yer egasi bo`lgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xo`jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga qo`yishi mumkin.
Yer qonunchiligi barcha yer egalari va yerdan foydalanuvchilarga bir xil huquqlar belgilaydi. Yerga egalik qilish va undan foydalanish bo`yicha subyektlarning huquqlari kamsitilishi, yoki ba`zi subyektlarga imtiyozlar berilishi, yoxud ular huquqlarini oshirishga yo`l qo`yilmaydi. Barcha yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilar hoh u davlat organi bo`lsin, hoh u dehqon xo`jaligi bo`lsin, hoh jamoa xo`jaligi, yoki fuqaro bo`lsin ularning yerdan foydalanishdagi huquqlari tengdir.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachi va yer uchastkasi muldorlari yerdan foydalanishda huquqlr bilan bir qatorda ma`lum majburiyatlarni ham bajarishlari lozim bo`ladi. Bu majburiyatlar Yer Kodeksining 40-moddasida o`rnatilgan bo`lib, ular quyidagilardan iborat: 1) yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo`llash, o`z xo`jalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo`l qo`ymaslik; 2) ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish; 3) yerlarni muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish; 4) yer solig`ini yoki yer uchun ijara haqini o`z vaqtida to`lash; 5) boshqa yer egalari huquqlarini buzmaslik; 6)foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo`jalik yerlarini ularga ehtiyoj qolmaganda o`z hisobidan yaroqli holatga keltirish; 7) qurilish va boshqa ishlarni olib borishda qo`shni yerga salbiy ta`sir ko`rsatishning oldini olish; 8) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yerdan foydalanish to`g`risidagi qonun hujjatlarida belgilangan ma`lumotlarni o`z vaqtda taqdim etish.

Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish