Fotoperiodizm. Yerning quyosh attofida harakat qilishida yorug’likning qonuniy, davriy o’zgarishi hamda uning natijasida yil davomida kun va tunning uzunligi kelib chiqadi. Yorug’likning bunday o’zgarishlarini o’simliklar ko’pchilik hayvonlar juda tez sezadi va kun davomidagi yorug’lik harakati, o’zgarish vaqtini o’zlaricha “o’lchaydi”. Organizmlarning kun va tun uzunligini sezishi, qabul qilishi va ularning o’zgarishi fotoperiodizm (yorug’lik davri) deb ataladi. Kunning uzunligini aniqlaydigan va o’simliklarning gullash davrida o’tishu uchun zarur bo’lgan fotiperiodik reaksiyaga bog’liq holda o’simliklar 3 ta guruhga bo’linadi: 1. Qisqa kunli 2. uzun kunli 3. fotodavrga neytral (befarq) o’simliklar. O’simliklarda ko’p biomassa- organik moddalar uzoq yorug’lik kunlarida hosil bo’ladi. Bunday kunlar Moskva atrofida 17 soat, Arxangelsk kengliklarida 20 soatdan ham ortiq, O’rta Osiyo yozining eng yorug’ kunlari 14-15 soatdan ortmaydi. Hayvonlarning qulay sharoit paydo bo’lishini tezda sezishi; Hayvonlarning qulay sharoit paydo bo’lishini tezda sezishi; Noqulay sharoit yuzaga kelganda uyquga ketishlari orqali bo’ladi. Ko’pchilik sut emuzuvchi hayvonlar yashash sharoiti yomonlashishi bilan ma’lum tayyorlanish fazalarini o’tadi. Uxlash davrida ular tanasi ancha “turg’unlik” ka ega bo’ladi, ya’ni tana harorati pasayishi bilan modda almashinishi, nafas olish, moddalar sintez qilishi, sekinlashishi va umumiy energiya tejalishi kuzatiladi. Tabiatdagi organizmlarda chegaralangan tinchlik davri, chuqur va majburiy tinchlik davrlari ma’lum, ya’ni o’simliklar mevalari, yer osti tuganaklari (kartoshka) kuzda yuqoro issiqlik bo’lsa- da ko’karmaydi; chuqur tinchlik davri o’simliklarning sovuqqa chidamlligi bo’lsa, majburiy uzoq qish, qalin qor ularning o’sishini to’xtatib turadi. Bu evolutsion rivojlanish va muhitga moslashish yo’lidir. Atrof-muhitdagi turli xil o’simlik va hayvohlarni bir –biridan farqlash va aniqlashning kaliti – ularning turli iqlim sharoitlardagi hayotiy formalari bo’yicha ajratishdan iboratdir. Jumladan, o’simliklar klimaksida cho’l bioiqlimlari – cho’l boshoqdoshlar guruhlari va shu boshoqdoshlar boshqa iqlim klimakslarida ham uchraydi, ya’ni dasht hududida o’t o’simliklar asta –sekin o’rmon daraxtlari bilan almashadi. O’simlik, hayvonlarning morfologik ko’rinishlari, muhitga eko –fiziologik moslashishlari evolutsion rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan va bu morfologik moslashish juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning tashqi tuzulishlari turlarning yashab qolishi rivojlanishiga imkon bergan.Suv muhiti tirik organizmlarning tana tuzulishlari, uning harakat qilishiga moslashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |