1. (03-1-20)
Radiusi 40 m bo’lgan qavariq ko’prikning o’rtasini avtomobil’ qanday tezlik bilan o’tganda, undagi yo’lovchi oniy vaznsizlik holatida bo’ladi (m/s)?
A) 10 B) 15 C) 20 D) 25 E) 30
2. (03-1-21)Quyida berilgan shartlardan qaysi biri jismning suyuqlikda tekis harakat qilib tushish sharti bo’la oladi? Bu erda mg – og’irlik kuchi, Fk1–suyuqlikning jismga qarshilik kuchi, FA–Arhimed kuchi.
A) mg=Fk1 B) mg>Fk1+ FA C) mg<Fk1+FA D) mg=Fk1+FA E) mg=Fk1–FA
3. (97-1-5)Mototsikl qavariq ko`prik ustida tezlik bilan (R-egrilik radiusi) tekis harakatlanmoqda. Ko`prikning eng yuqori nuqtasiga yetganida unga qo`yilgan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi qanday yo`nalgan bo`ladi?
A) pastga B) yuqoriga C) oldinga
D) orqaga E) F=0
4. (97-3-8)Shar ichida vertikal tekislikda aylanayotgan motosiklchining shar devoriga bosimi qaysi nuqtada eng katta bo`ladi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) barcha nuqtada bir hil
5. (97-4-8)Shar ichida vertikal tekislikda aylanayotgan mototsiklning shar devoriga bosimi qaysi nuqtada eng kichik bo`ladi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
E) barcha nuqtalarda bir xil
6. (97-3-3)
Egri chiziqli harakatda oniy tezlik vektorining yo`nalishi qanday?
A) egri chiziq radiusi bo`yicha markazga tamon
B) harakat trayektoriyasiga o`tkazilgan urinma bo`yicha
C) egri chiziq radiusiga urinma bo`yicha
D) egri chiziq radiusi bo`yicha markazdan
E) bunday harakatda oniy tezlik yo`nalishini aniqlab bo`lmaydi
7. (97-4-3)
Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektorining yo`nalishi qanday?
A) traektoriyaning egrilanish radiusi bo`yicha markazga tomon
B) harakat traektoriyasi bo`yicha
C) egri chiziq radiusi bo`yicha markazdan
D) teraktoriyaga urinma bo`yicha
E) tezlanish vektori yo`nalishi umumiy tarzda aniqlanmaydi
8. (97-11-1).Soat strelkasi bo’yicha doimiy tezlik bilan aylanayotgan jismning N nuqtadagi tezlanish vektori rasmdagi yo’nalishlarning qaybiri bo’ylab yo’nalgan?
A) 1 B) 2 C) 3
D) 4 E) 5
9. *(00-9-3) Egrilik radiusi 160 m bo’lgan yo’l qismida 72km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan poyezdning markazga intilma tezlanishini toping (m/s2)
A) 4 B) 2,5 C) 2 D) 5 E)7,2
10.(03-1-8) Aylana bo’ylab tekis harakat qilayotgan jismning tezligi o’zgarmasdan, traektoriya radiusi 2 marta kamaysa, uning markazga intilma tezlanishi necha marta o’zgaradi?
A) o’zgarmaydi B) 2 marta ortadi C) 4 marta ortadi D) 2 marta kamayadi E) 4 marta kamayadi
11.(03-1-12) Agar diametri 0,3 m bo’lgan velosiped g’ildiragining aylanish chastotasi 120 ayl/min bo’lsa, velosiped tezligini toping (m/s).
A) 0,3 B) 0,6 C) 0,6π D) 1,2π E) 3,6π
12.(03-1-20) Radiusi 40 m bo’lgan qavariq ko’prikning o’rtasini avtomobil’ qanday tezlik bilan o’tganda, undagi yo’lovchi oniy vaznsizlik holatida bo’ladi (m/s)?
A) 10 B) 15 C) 20 D) 25 E) 30
Do'stlaringiz bilan baham: |