Avtomobillarning tasnifi.
Avtomobil quruqlikda harakatlanuvchi transport vositasi bo`lib, mustaqil energiya manbaiga ega bo`l mustaqilgan dvigatel bilan jihozlangan katta qulaylik va xavfsizlikka ega bo`lgan holda yo`llarda yuk va odamlarni tashishga yoki o`ziga o`rnatilgan qurilmalar yordamida mahsus ishlarni bajarishga mo`ljallangan g`ildirakli mashinadir.
Avtomobillar vazifasiga ko`ra, transport, mahsus ixtisoslashgan poyga va o`tag`on avtomobillarga bo`linadi. Transport vositalariga yo`lovchi, yuk va yuk yo`lovchi avtomobillari kiradi.
Yo`lovchi avtomobillar yo`lovchilarni tashishga mo`ljallangan bo`lib, ular ikkiga bo`linadi: Yengil avtomobillar va avtobuslar.
Yo`lovchi avtomobillari 8 tadan kam o`ringa mo`ljallangan bo`lsa, Yengil avtomobil 8 tadan ko`p o`ringa mo`ljallangan bo`lsa, avtobus deb ataladi.
Avtobuslar vazifasiga qarab: shahar atrofida, shahar ichida, shaharlararo, ma`lum joylarga qatnaydigan va umumiy ishlarda foydalaniladigan bo`ladi.
Avtobuslar uzunligiga qarab: 5 m juda kichiq (mikroavtobus); 6...7,5 m kichiq; 8...9,5 m o`rtacha; 10,5...12 m katta avtobuslarga bo`linadi.
Yengil avtomobillarga o`rnatilgan dvigatellarni ishchi hajmiga qarab: 1, 2 l.gacha o`rta kichiq; 1,2...1,8 l kichiq; 1,8...3,5 l o`rta va 3,5 litrdan ortiq katta litrajli bo`ladi.
Yuk avtomobillari yuk vazniga qarab: Yengil vazn 0,3...1 t; kichiq vazn 1...3; o`rta vazn 3...5 t; katta vazn 5...8 t va juda katta vazn 8 tonnadan ortiq yuk ko`taradigan avtomobillarga bo`linadi.
Tashlama devorlari (bortlari) ochiladigan avtomobillarda har-xil yuklar tashiladi va bunday avtomobillarni umumiy ishlarni bajaruvchi oddiy avtomobillar deb ataladi.
Sochiluvchi va to`qiluvchi yuklar o`zi ag`daradigan (samosval) avtomobillarida, suyuqliklarlar sisternyali avtomobillarda, oziq-ovqatlar esa furgonli avtomobillarda tashiladi.
Bir vaqtning o`zida universal kuzovli Yengil avtomobilda yuk va yo`lovchi tashilsa yuk-passajir avtomobili deyiladi.
Mahsus avtomobillar ma`lum ishlarni bajarishga imkon beradigan mexanizm-qurilma va uskunalar bilan jihozlangan.
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo`lib, avtomobil sport poygasida qatnashish uchun mo`ljallangan.
Har-xil yo`l sharoitlarida harakatlanish uchun avtomobillar oddiy va o`tag`on avtomobillar bo`ladi:
1. qattiq qoplamali yo`llarda harakatlanuvchi, bitta o`qi yetakchi bo`lgan avtomobil oddiy avtomobil deyiladi.
2. yomon va moslashtirilmagan yo`llarda harakatlanuvchi ikkita yoki uchta o`qi yetakchi bo`lgan avtomobil o`tag`on avtomobil deyiladi.
1966 yilgacha avtomobil nusxasini belgilashda avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodni ifodalovchi harflardan nusxaga berilgan va raqamlardan foydalanilgan.
Misol: ZIL-130 yozuvi quyidagicha ifodalangan: Lixachyov nomli avtomobil zavodi, 130-ishlab chiqarilgan nusxa raqami; GAZ-53 Gorkiy nomli avtomobil zavodi, 53- nusxa raqami. Lekin nusxa raqamlarini ortishi davr talabiga javob bermay qoldi.
Shuning uchun avtomobilni belgilash uchun yangi tizim (indeksasiya) muomalaga kiritildi.
Bu yangi tizim ham oldingiga o`xshash bo`lib, zavod nomini ifodalovchi harflardan va to`rtta yoki beshta raqamlardan iborat.
Birinchi raqam avtomobil sinfini, ikkinchisi avtomobil turini, uchinchi va to`rtinchisi nusxa raqamini ifodalaydi.
Ikinchi raqam avtomobillarning turini belgilaydi: 1-yengil avtomobillar, 2-avtobus, 3-yuk avtomobillar, 5-samosvallar, 6- sisternyalar, 7-furgonlar, 9-maxsus avtomobillar.
Dastlabki ikki raqam (indeks) bo`yicha avtomobillarni belgilash tizimi quyidagi umumiy ko`rinishga ega: (1.1-jadval)
1.1-jadval
Yuk avtomobillari
|
Ruxsat etilgan eng katta massa, tonna
|
1,2
|
1,3-2
|
2,1-8
|
9-14
|
15-20
|
21-40
|
> 40
|
Avtomobillar indeksi: bortli platforma
|
13
|
23
|
33
|
43
|
53
|
63
|
73
|
Samosval
|
15
|
25
|
35
|
45
|
55
|
65
|
75
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |