3.7 rasm. D-240 dvigatelining tirsakli vali.
Maxovik
Maxovikning vazifasi
kengayish taktida kinetik energiyani to‘plab, uning
xisobiga boshqa taktlarni bajarilishiga yordam berishdan, dvigatelni bir tekisda
ishlashini ta’minlash, traktorni o‘rnidan asta-sekinlik bilan siljishini ta’minlashdan
iborat. Uning tashki diametriga tishli toj 9 (3.43-rasm, 9-pozitsiya) qattiq o‘rnatilgan
bo‘ladi. Yurgizib yuboruvchi dvigatelning yoki starterning shesternyasi tishli toj
bilan birlashtirilib, dvigatelni yurgizib yuborilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari,
tashqi yuzasiga birinchi silindrning porshenini YuCHN da turganligini bildiruvchi
belgi qo‘yilgan.
Agar dvigatel ta’mirlangan bo‘lsa, ta’mirdan so‘ng maxovik tirsakli val bilan
birga muvozonatlashtiriladi. Ular cho‘yandan quyma shaklda tayyorlanib, mexanik
ishlov beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |