Ko'mir qazib chiqarishda ham nobudgarchilik juda katta. Aslida ko'mir qazishda "planlashtirilgan" nobudgarchilik 40% dan oshmasligi kerak. Lekin ba'zi korxonalarda bu plan buzilmoqda. Buni Oxangaron ko'mir koni misolida yaxshi ko'rish mumkin. Bu ko'mir konida qalinligi 1,5 metrdan ortiq bo'lgan ko'mir qatlamlari olinib, undan yupqa ko'mir qatlamlari keraksiz jinslar bilan birga chiqarib tashlanmoqda. Natijada har yili bir necha 100 ming tonna ko'mir nobud bo'lmoqda. Qazilma boyliklarini qam isrof bo'lishini yana bir yo'li qazib olingan yoki qayta ishlangan xom ashyolarni tashishda isrofgarchilikka kam yo'l qo'yishga erishishdir. Ma'lumki, qazib olingan yoki qayta ishlangan xom-ashyolarni ortishda, tushirishda, temir yo'l vagonlari va avtomobillarda tashishda ularning ma'lum qismi nes-nobud bo'ladi. Ko'mirni, sementni, alibasterni, oxakni ochiq vagonlarda tashishda ularning bir qismini shamol uchirib, temir yo'lni ifloslab nes-nobud qilardi. Nobudgarchilikka yo'l qo'ymaslik uchun keyingi vaqtlarda aniq vagonlarda tashishga o'tildi. 4. Yer osti boyliklarini muhofaza qilish chora-tadbirlari. Foydali qazilmalarni muhofaza qilishda, ulardan oqilona foydalanishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Foydali qazilmalarni qidirib topish, qazib olish, tashish va tabiiy territorial komplekslarga ta'sirini kamaytirish.
Mineral xom-ashyolarni qazib olish va qayta ishlashda texnologikjarayonlarni mukammallashtirib, isrofgarchilikni kamaytirish.
Konlardagi barcha foydali komponentlardan to'liq va kompleks foydalanish.
Mineral resurslardan tejab qayta foydalanish.
Yoqilg'i energetika resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanishga erishish.
Kamyob mineral xom-ashyolar o'rnini sun'iylari bilan almashtirishga erishish va boshqalar.
Mineral resurslarni muhofaza qilish tadbirlarini, eng avvalo tog' kon sanoatining tabiiy territoriya komplekslarga ko'rsatadigan salbiy ta'sirining oldini olish ishlari bilan birga amalga oshirish kerak. Chunki hozir er sharining litosferasidan har yili 150 mlrd. tonna ro'da qazib olinadi, undan kerakli element ajratib olingach, kolgan juda katta qismi, 98% keraksiz jins sifatida tabiatda chiqarib tashlanmoqda. Shu sababli, asosiy masala o'sha keraksiz jins sifatida atrofga chiqarib tashlanayotgan materiallardan iloji boricha ko'proq foydali elementlari ajratib olishga erishishdir. Shundagina keraksiz jinslar kamayadi va ular tarkibidagi bekorga qolayotgan foydali elementlardan to'liq foydalanishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |