Yengil uchuvchan birikmalarni ajratib haydash



Download 1,53 Mb.
bet4/9
Sana31.12.2021
Hajmi1,53 Mb.
#203238
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YENGIL UCHUVCHAN BIRIKMALARNI AJRATIB HAYDASH.

Kerakli asbob va reaktivlar; 100 ml sig`imli tubli yumaloq kolba 25 ml benzol, 25 ml ksilol shisha kapilyar, termometr.

100 ml sig’imli yumaloq tubli haydash kolbasiga 25 ml benzol (qaynash temperaturasi 800C) va 25ml ksilol (orto, meta, para ksilolning qaynash temperaturasi 134-1410C) quyib, aralashma g’ovak g’ishtning bir necha bo’lakchasi yoki bir uchi kavsharlab bekitilgan shisha kapillyarlar solinadi. Kolbaning og’zi termometr o’rnatilgan probka bilan berkitiladi. Termometr shunday o’rnatilgan bo’lishi kerakki, uning simob to’ldirilgan uchi kolbaning gaz o’tkazgich nay bilan bir xil balandlikda bo’lsin. haydash kolbasi asbest to’r ustiga qo’yilib, shtativga maxkamlanadi va kolbaning og’zi shtativga o’rnatilgan probka yordamida Libix sovutkichga biriktiriladi. haydash kolbasidagi aralashma kuchsizroq alangada qizdiriladi. Termometrning simobi avval sekin ko’tariladi, qaynayotgan suyuqlik bug’i termometrga yotgandan keyin esa simob tez ko’tariladi, ya’ni harorat ortadi. harorat 800C yetganda simobning ko’tarilishi to’xtaydi. 1-yig’gich kolbaga 1200C da qaynaydigan suyuqlik yig’ib olish kerak. Bu asosan benzoldan iborat. 2-yig’gich kolbaga 120-1250C gacha qaynovchi suyuqlik yig’iladi. Bu asosan benzol va ksiloldan iborat. 1250C-1400C da 3-yig’gich kolbaga suyuklik yig’iladi, bu 3-chi fraktsiya ksiloldan iborat.

Birinchi fraktsiya (80-1200C da qaynaydi) - benzol 80-85%, ksilol 20-15%

Ikkinchi fraktsiya (120-1250C da qaynaydi)- benzol 50-55%, ksilol 50-45%

Uchinchi fraktsiya (125-1400C da qaynaydi)-benzol 10-14% ksilol 90-95%


Termometr


Sovutkich

Pauk qabul qilgich

Fraksion kolonka
Termometr va qizdirish asbobi


4-rasm. Normal bosimda Vigre kolonkasi yordamida fraksion haydash.

Vakumda haydash. past bosim ostida paydash.

Olinayotgan organik moddalarning ichida shunday birikmalar bo’ladiki, ularni o’zlarining qaynash xaroratiga qadar qizdirganda xam parchalanib ketadilar. SHuning uchun bunday moddalar vakuumda paydaladi. Ma’lumki, moddalarning qaynash xarorati atmosfera bosimiga bog’liq. Moddalar past bosimda - vakuumda oddiy sharoitga qaraganda ancha past temperaturada qaynaydi. Vakuumda haydash moddalarning uchuvchanligini orttiradi, moddalarda azeotrop aralashmalar xosil bo’lishini kamaytiradi. Moddalarni vakumda haydash uchun 5- rasmda ko’rsatilgandek asbob yig’iladi. Vakumda haydash uchun faqat yumaloq tubli va deflegmatorli kolbalar ishlatiladi. Bosim 760 mm dan 10-25 mm simob ustunigacha kamaytirilganda (bunday vakuum suv nasoslari yordamida xosil qilinadi) moddalarning qaynash xarorati 1000C gacha, bosim 1-2 mm simob ustunigacha kamaytirilganda (bunday kuchli vakuum moy nasoslari yordamida xosil qilinadi) qaynash xarorati 2000C gacha pasayadi.

5-rasm. Vaakumda haydash qurulmasi.

1- haydash kolbasi, 2- kapilyar, 3- termometr, 4- sovutkich, 5-allonj,

6-yig’gich kolba 7-saqlagich, 8-monometr.[3]
Neft va uning mahsulotlarini ketma-ket haydash

Neft va neft mahsulotlarini quvurlar orqali tashish tizimida quvur quvvatidan to'la foydalanish va uning ishlab chiqarish qobiliyatini saqlash asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda bunday masalalarni hal qilishda bir quvur orqali bir nechta turdagi neft mahsulotlarini ketma-ket haydash usulidan foydalanilmoqda.

Ketma-ket haydash deganda, bir quvur orqali bir nechta turdagi neft mahsulotlarini iste'molchilarga tartibli jo'natish tushuniladi. Amalda mahsulotlarni bir yo'nalish bo'yicha quvur orqali haydash kerak bo'lsa ketma-ket haydash usulidan foydalaniladi. Bunda har bir mahsulot uchun alohida quvur qurish shart bo'lmaydi. Ketma-ket haydashda neft yoki neft mahsulotlarini tashuvchi quvur har doim band bo'ladi, uning ishlatilish koef­fitsiyenti oshadi, haydash tannarxi kamayib, temiryo'l transporti orqali tashilayotgan mahsulotlarning miqdori kamayishiga sabab bo'ladi.
Ketma-ket haydashning asosiy kamchiliklaridan biri ara­lashma hosil bo'lishidir. Ortiqcha aralashmaning hosil bo'lishini kamaytirish uchun iloji boricha bir quvur orqali fizik-kimyoviy xossalari bir-biriga yaqin bo'lgan neft yoki neft mahsulotlarini haydash lozim bo'ladi.

Masalan, bir quvur orqali tiniq mahsulotlarni: benzin, kerosin va dizel yoqilg'isini haydash maqsadga muvofiqdir. Tiniq va qora neft mahsulotlarini bir quvur orqali ketma-ket haydash maqsadga muvofiq emas (benzin bilan mazutni). Chunki hosil bo'lgan aralashma tayyor mahsulot hisoblanmaydi. Uni zavodda yana qayta ishlash kerak bo'ladi. Hozirgi kunda benzin, kerosin va dizel yoqilg'ilarini iste'molchilarga yetkazib berishda ko'proq ketma-ket haydash usulidan foydalanilmoqda.

Aralashmaning hosil bo'lish mexanizmi

Ketma-ket haydash jarayoni quvurga haydalgan birinchi mahsulot orqasidan ikkinchi mahsulotni haydash va u yordamida birinchi mahsulotni siqib harakatga keltirish orqali amalga oshiriladi. Ketma-ket haydalayotgan birinchi va ikkinchi mahsulotning o'zaro ta'sir chegarasida diffuziya jarayoni yuzaga kelib, ya'ni birinchi mahsulotning ikkinchi mahsulot tarkibiga o'tishi va uning teska- risi ro'y berib, umumiy aralashma hosil bo'ladi. Hosil bo'ladigan aralashmaning miqdori ketma-ket haydalayotgan mahsulotlar­ning oqish rejimiga bog'liq. Laminar rejimda mahsulotlarning oqish tezligi quvur o'qidan devoriga qarab kamayib boradi. Natijada mahsulotlarning o'zaro ta'sir chegarasi ortadi va ko'p miqdor­dagi aralashma hosil bo'ladi (6- a rasm).

Turbulent rejimda esa ketma-ket haydalayotgan mahsu- lotlar­ning oqish tezligi quvurning qirqim yuzasi bo'yicha bir xil bo'ladi. Bu, o'z navbatida, mahsulotlarning o'zaro ta'sir chegara yuzasining kichik bo'lishini, aralashmaning kam hosil bo'lishini ta'minlaydi (7 - b rasm).

Bulardan tashqari hosil bo'ladigan aralashmaning miqdori ketma-ket haydalayotgan mahsulotlar qovushqoqligining farqiga ham bog'liq. Qovushqoqliklar farqi qancha katta bo'lsa, aralashma miqdori shuncha ortib boradi.



11 aralashma 1 11 aralashma 1














Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish