a)Himoyalangan neytral bilan 1000V gacha tarmoqqa ulanganda;
b) Yyerga ulangan neytral bilan 1000V dan yuqori tarmoqga
ulanganda.
1-elektrodlar; 2-yerga ulanadigan uskuna
Yerga ulash elektrodlari sun`iy (aynan shu maqsad uchun maxsus o‘rnatilgan po‘lat quvur, burchaksimon po‘lat, armatura) va tabiiy (boshqa maqsadlarda yerga o‘rnatilgan po‘lat materiallar) bo‘lishi mumkin. Tabiiy elektrodlarga po‘lat suv quvurlari, bino va inshootlarning temir-beton konsruksiyasidagi yerga ulangan metall materiallar va boshqalarni misol qilish mumkin.
Sun`iy elektrodlar sifatida ishlatilishi lozim bo‘lgan quvurlar yoki burchakli materiallarning uzunligi 2–3 m, qalinligi esa 3,5 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Elektrodlarni bir-biriga ulashda ko‘ndalang kesimining o‘lchami 4x12 mm bo‘lgan yoki diametri 6 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat materiallardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |