Nollashtirish – bu uskunani kuchlanish ostida qolishi mumkin bo`lgan tok o`tkazmaydigan qismini nolli o`tkazgich bilan oldindan elektrik biriktirish hisoblanadi. 17.6.-rasmda nollashtirishning printsipial sxemasi ko`rsatilgan.
13.6.-rasm. Nollashtirishning printsipial sxemasi.
Rasmda ko`rinib turibdiki, nolli o`tkazgich himoyalanadigan uskuna korpusiga biriktirilgan. Bunda korpusda xavfli kuchlanish hosil bo`lishi bilan, fazalar va nolli o`tkazgich orasida bir fazali qisqa tutashuv sodir bo`ladi. YA`ni zanjir bo`yicha: faza-korpus-nolli o`tkazgich bo`yicha qisqa tutashuvning katta toki oqa boshlaydi va buning natijasida eriydigan saqlagich (saqlash qurilmasi) yoki avtomatik ajratkich ishlaydi.
13.7.-rasm. Nollashtirilmagan elektr uskunasi setidagi tutashish.
Nolli utkazgich uzilgan kungi lsiz voqealarda jarohatlanish xavfini kamaytirish takroriy nollashtirish orqali amalga oshiriladi. elektr havo tarmoqlarida takroriy nollashtirish har 200 m da va elektr uzatish liniyalar oxirida bajariladi. Nolli o`tkazgichni binoga kirish oldidan ham erga ulash kerak. Quyida nollashtirilmagan uskunaning setidagi qisqa tutashuvga oid sxemasini ko`rib o`tamiz.
U holda erga nisbatan bunday kuchlanishga neytral, nol o`tkazgich va unga ulangan barcha metall qismlar ham ega bo`ladi. Agar Uf=220 V, R0=R3=4 Om deb qabul qilsak unda U0 = 110 V bo`ladi. Qisqa tutashuv toki Ik=Uf/R0+Rz ushbu sharoitda 27,5 A ga teng bo`ladi. Bunday tok eriydigan saqlagichni kuyishi yoki avtomatni ishga tushishi uchun etarli bo`lmaydi.
Buning xavfliligi shundan iboratki, bunda to`g’ri himoyalangan elektr uskunasi ham kuchlanish ostida qoladi. YA`ni ishlab chiqarish korxonasining bir korpusidagi uskunalar noto`g’ri erga ulanganda faza uzatish korpusga qisqa tutashadi va qo`shni korpusdagi soz va erga to`g’ri ulangan elektr uskunalari ham xavfli kuchlanish ostida qoladi va bu ko`p sonli halokatlarga sabab bo`lishi mumkin.
Nollashtirishni hisoblashdan asosiy maqsad - tokdan maksimal darajada himoyani taminlash uchun nolli uzatishda ishlatiladigan simni kesimini aniqlash hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda ko`p hollarda ko`chma elektr qurilmalari (uskunalari) ham ishlatiladi. SHu sababli, ularda elektr tokidan jarohatlanish xavfi juda yuqori bo`ladi. Buni oldini olish uchun ularni nollashtirishga qattiq talablar qo`yilishi kerak. Bunga qo`shimcha ravishda nolli o`tkazgich holati haqida signal beruvchi qurilmani jihozlash maqsadga muvofiq bo`ladi.
4. Tok ta`siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
Elektr toqi ta`siriga tushgan kishiga tibbiyot muassasasiga yuborgunga qadar ko`rsatiladigan yordam ikkiga bulinadi.
1. Tok ta`siridan qutqarish - bu elektr qurilmasining o`sha qismiga kelayotgan toqni o`chirish, elektr simlarini sopi yog’ochli boltalar bilan kesish, kiyimi quruq bulsa tortib toq ta`siridan qutqarish, agar kuchlanish 1000 V dan ortiq bulsa, unda dielektrik qo`lqop va elektr izolyatsiyasi bulgan asboblardan foydalaniladi.
2. Birinchi yordam ko`rsatish - uning holatiga qarab belgilanadi, agar toq ta`sirida hushini yo`qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bulsa, uni quruq va qulay joyga yotqizib, kamari va yoqasini bushatish va sof havo kelishini ta`minlash, nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo`llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati bulsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bulsa, unda bu kishiga sun`iy nafas oldirish zarur.
Klinik o`lim holati yuz bergan taqdirda sun`iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
Sun`iy nafas oldirish ”og’izdan og’izga” deb atalib, yordam ko`rsatuvchi o`pkasini havoga to`ldirib, jarohatlagan kishi og’zi orqali uning o`pkasiga bu havoni haydaydi.
Bunda yordam ko`rsatayotgan kishi og’zi bilan, jarohatlangan kishining og’zini butunlay berkitishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak.
Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni, doqa dastro`mol va trubka orqali ham bajarish mumkin, sun`iy nafas oldirishni bemor o`ziga kelguncha davom ettiriladi.
YUrakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni sun`iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi.
Qorin bushlig’idan ko`krak qafasiga o`tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj qilinadigan joyni belgilab, qo`lni bir-biri ustiga to`g’ri burchak shaklida qo`yib, jarohatlangan kishining ko`krak qafasiga tana og’irligi bilan 15-25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi. Bosish soniyada 1 marta keskin kuch bilan bulishi kerak. Bunda ko`krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi ritmiga moslab davom ettiriladi. Har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko`krak qafasini bosish kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi, pul’sini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2-3 soniyaga to`xtatib, tomir urishi sinab ko`riladi.
1-rasm. Sun`iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |