Yengil sanoat


aralashuvchi (inert gazlar, kukunli tarkib, suv bug’lari )



Download 3,72 Mb.
bet134/156
Sana31.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#160857
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   156
Bog'liq
Мажмуа ТЖБ

aralashuvchi (inert gazlar, kukunli tarkib, suv bug’lari );

- sovituvchi (suv, qattiq moddalar uglerod ikki oksidi, ko`pik);

- himoyalanuvchi (ajratuvchi kimyoviy havo mexanik ko`pikli yoki uni aralashmasi, quyuqlashtirilgan suv, kukunli tarkib);

- yonish reaktsiyasini kimyoviy usulda to`xtatish (galoidlangan uglevodorodlar, kukunli tarkibning ayrim xillari, galoidlangan uglevodorodlar qo`shilgan suv) moddalardir.

O`t o`chirgichlar uncha katta bo`lmagan yonish o`chog’ini yoki yong’inni boshlanish davrida o`chirish, uchun xizmat qiladi.

O`t o`chiruvchi vositalarni qo`llanish xiliga ko`ra quyidagilarga bo`linadi:

- ko`pikli (kimyoviy havo - mexanik aralashmali);

- gazli (uglekislotali, aerozolli va uglekislota-brometilli);

- kukunli, murakkab va boshqalar.

Mashg’ulot o`tkazish uchun o`t o`chirgichlarning quyidagi xillari qo`llaniladi:

OXP-10 (KKO`-10), OXVP - 10 (KXKO`-10), OP-1 (KO`-1), «Moment -2P», OP-10 (KO`-10A), OU-2 (UKO`-2), OU-5 (UKO`-5), OUB-3 (UKBO`-3), OUB-7 (UKBO`-7) va uning qirqimlari.

Havo – mexanik ko`pikni olinishini ko`rsatish va uning karraligini aniqlash (29-rasm ko`rsatilgan) qurilmada amalga oshiriladi. Ko`pik hosil qiluvchi aralashma uchun hajmi 5 l bo`lgan idish 5, ko`pik hosil qiluvchi modda sarfini ko`rsatuvchi o`lchov lineykali ko`rish oynagi 6, elektrodvigatel 9 bilan NSH turdagi nasos 8, shlang 10, ko`pik hosil qiluvchi moslama (nasadka) 1 va 500 l hajmli ko`pik uchun idish 2, orgsteklo (orgshisha) dan tayyorlanadi. Bu ishga OXVP-10 (KXKO`-10) o`t o`chirgichdan moslama (nasadka) qo`llaniladi. YOng’in o`chog’ida amaliy o`chirishni ko`rsatish, o`t o`chirgich OU-2 (UKO`-2) yordamida o`tkaziladi, uning zaryadi bir necha tajribaga (eksperimentga) etadi, tajriba (eksperiment) po`lat materiallardan payvandlangan 700x 700x200 mm o`lchamdagi maxsus yong’in kamerasida olib boriladi.


1-rasm. Havo-mexanik ko`pikni olish uchun tajriba qurilmasini sxemasi.
1-ko`pik hosil qiluvchi moslama (nasadka); 2- ko`pik uchun orgsteklo (orgshisha) dan boks (idish) ; 3- lyuk (qopqoq); 4-o`lchov lineykasi, 5- ko`pik hosil qiluvchi aralashma, modda uchun idish; 6- o`lchov lineykani ko`rish oynagi; 7- stanina (rama); 8- NSH (shesternali nasos); 9- elektro dvigatel’; 10- shlang; 11- jo`mrak.

Kamerada buraluvchi, mustahkam yotuvchi qopqoq mavjud bo`lib, o`t o`chirgich ishlamay qolgan hollarda yong’inni tezda (ekstren) bartaraf (o`chirish) etish uchun mo`ljallangan. Ishning bu qismi tajriba xonasidan tashqarida, binodan etarlicha uzoqlikda belgilangan masofadagi ochiq maydonchada o`tkaziladi.



O`t o`chirgichlarni ayrim xillari tuzilishini o`rganish.

Kimyoviy ko`pikli o`t o`chirgich OXP-10 (KKO`-10) va kimyoviy havo-ko`pikli o`t o`chirgich OXVP- 10 (KXKO`-10)ning tuzilishi va ishlash jarayoni bilan tanishamiz.

Turli xildagi materiallar, jumladan engil alangalanuvchi suyuqliklar yonganda o`chirish uchun qo`llaniladigan OXP- 10 (KKO`- 10) kimyoviy ko`pikli o`t o`chirgichni ishlashi, zaryaddagi ishqor va kislotaning o`zaro aralashishi natijasida ko`pikni hosil bo`lishiga asoslangan. Havo etarli bo`lmagan hollarda yonadigan moddalarni o`chirishda bunday o`t o`chirgichlardan foydalanish samarasizdir. Ularni kuchlanish ostidagi elektr qurilmalaridan chiqqan yong’inni o`chirishda, shuningdek ishqorli moddalarni o`chirishda ham qo`llash mumkin emas. O`t o`chirish samaradorligi, yonuvchi moddalarni himoyalash (izolyatsiyalash) va ko`pik pufakchalarini buzilishidan (yorilishidan) ajralib chiqadigan uglerod ikki oksidi SO2 ning yordamida yonish zonasidagi kislorod kontsentratsiyasini kamaytirish orqali erishiladi.


a) OXP-10 (KKO`-10), o`t o`chirgichi:

1-qobiq; 2-dastak; 3-stakan; 4-klapan; 5-stakandan chiqish teshigi; 6-ishga tushirish dastagi; 7-shtok; 8-sachratgich; 9-tiraluvchi (zapornaya) membrana.

b) OXVP-10 (KXKO`-10) o`t o`chirgichi:

1-qobig’; 2-stakan; 3-klapan; 4-chiqish teshigi; 5-ishga tushirish dastasi; 6-to`siq membrana; 7-sachratgich; 8-havoni ejektrlovchi tuynuk; 9-ko`piklatuvchi moslamasini qobig’i; 10-setka (to`r).

v) OU-2 (UO`O`-2) o`t o`chirgichi:

1-ballon; 2-sifonli trubka (quvur) 3-saqlagich membrana; 4-klapan; 5-shtok; 6-ishga tushiruvchi moslama (kulisa); 7-ishga tushirgich dasta (richag); 8-halqali saqlagich, cheka; 9-kengaytirgich quvur (rastrub)

OXP- 10 (KKO`-10) o`t o`chirgichni konstruktsiyasi po`lat qobiq 1dan tashkil topgan bo`lib, unga zaryadni ishqorli qismi (8,5l) joylashgan. U (400g) gidrokarbonat natriyni NaNSO3 suvli aralashmasi va (50g) soladkali ekstraktdan iborat bo`ladi. Ko`pikni turg’unligini oshirish uchun ishqorli qismiga ozroq miqdorda ko`pirtirgich qo`shiladi (RAS pastasi yoki karboksimetiltsellyuloza). Zaryadni kislotali qismi (450g) polietilenli stakanga joylashtirilgan bo`lib, sul’fat kislota N2((SO4), temir sul’fati Fe2(SO4)3 va alyuminiy sul’fati Al2(SO4 )3 aralashmasidan iborat bo`ladi. Ishlamaydigan (ishsiz) holatida zaryadni kislotali qismi stakanda klapan 4 bilan yopiq (bekitilgan), klapan shtok 7ga qotirilgan va stakanni o`yig’iga (o`rindig’iga) prujina bilan qisilgan. Klapan shtogini boshqa tomonidan (uchidan) ekstsentrik dastak 6 ga mahkamlangan. O`t o`chirgichni ishga tushirish uchun uning dastagi 6 ni yuqoriga burash va o`t o`chirgichni to`ntarish lozim.

Bunda shtok klapan 4 bilan birga siquvchi prujinani qisib, kallakka (golovkaga) tomon ko`chadi (siljiydi) va teshik 5 orqali zaryadni kislotali va ishqorli qismlarni birikishini ta`minlaydi. Reaktsiya natijasida ko`p miqdordagi uglerod ikki oksidi ajralib, aralashmani intensiv ko`piklantiradi va bunda bosim 0,1 MPa ga erishganda, tiraluvchi (zapornaya) membrana 9 ni yirtadi (yoradi) hamda sachratgich (sprisk) 8 orqala ko`pikni chiqarib yuboradi. Ko`pik hosil bo`lish karrali 6 ga teng, uning hajmi esa 43 l, ko`pikni otilish uzoqligi 6 m, ko`pikni chiqarib yuborish vaqti 60 sek. O`t o`chirgichdan foydalanish harorati +2oS dan +30o S gacha. O`t o`chirgich zaryadini ishqorli qismiga, muzlashga qarshilik ko`rsatuvchi etilenglikoli qo`shib, undan (-) minusli haroratda ham foydalanish mumkin.

OXVP-10 (KXKO`-10) Kimyoviy havo-ko`pikli o`t o`chirgichlarni konstruktsiyasi ham xuddi OXP-10 (KKO`-10) nikiga o`xshash bo`lib, faqatgina farqi shundan iboratki OXVP-10 (KXKO`-10) o`t o`chirgichlarni sachratgichiga ko`piklatuvchi moslama (nasadka) burab o`rnatiladi, u kimyoviy ko`pikni havo bilan aralashtiradi. OXVP-10 (KXKO`-10), o`t o`chirgichni ishchi zaryadi quyidagilardan tashkil topgan: a) ishqorli qism, unga (450g) gidrokarbonat natriy, ko`pik hosil qiluvchi PO- 1 (500sm3) va (8l) suv, b) (200 sm3) sul’fat kislotasini suvdagi eritmasi, zichligi 1,51 ga teng.

O`t o`chirgich OXVP-10 (KXKO`-10) ham xuddi OXP-10 (KKO` -10) o`t o`chirgichidek ishga tushiriladi. Ishqor va kislotali qismni aralashtirish natijasida hosil bo`lgan ko`pik, uglerod ikki oksidini, ortiqcha bosimi ta`sirida tiraluvchi (zapornaya) membrana 6 ni yirtadi (yoradi) va ko`piklatuvchi moslama 9 ga o`tadi. Sachratgich 7 orqali o`tib, u kichkina tomchilarga bo`linadi, moslama orkasidagi (teshik) 8 orqali havo muxitini so`rib, u bilan aralashadi, to`r 10 orqali siqiladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Ishlab chiqariladigan ko`pikni hajmi 500 l, otilish (struya) uzunligi 3-5 m, o`t o`chirgichni ishlash vaqtini davomiyligi 40-60 sek.

Endi uglekislotali o`t o`chirgichlar UKO`-2, (OU-2), UKO`-5 (OU-5) ni tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishamiz.

Uglekislotali o`t o`chirgichlar UKO`-2 (OU-2), UKO`-5 (OU-5); turli xildagi moddalar (havosiz holatda yonuvchi moddalardan tashqari) va 1000 V dan yuqori bo`lmagan kuchlanish ostidagi elektr qurilmalaridan chiqqan uncha katta bo`lmagan yong’inni o`chirish uchun mo`ljallangan va - 40dan +50oS gacha bo`lgan oraliqdagi haroratlarda qo`llaniladi.


OU-2 (UO`O`-2), OU-5 (UO`O`-5) o`t o`chirgichlar qalin devorli po`lat ballondan tashkil topgan bo`lib, hajmlari 2l va 5l ga teng, uning bo`yniga sifonli quvur va kengaytirgich quvur (rastrub) bilan bekitgich kallagi burab mahkamlangan. Bekitgich kallakda 16-19 MPa gacha chidashga yaroqli hisoblangan (mo`ljallangan) saqlagich membrana o`rnatilgan.

O`t o`chigichni ishchi zaryadi sifatida 6,0 MPa bosim ostidagi suyultirilgan uglekislotali gazdan foydalaniladi.

O`t o`chirgichni ishga tushirish uchun 8-chi halqali saqlagich chekani torting, ishga tushirish dastasini bosing, U esa tiralish klapani 4ni ochadi. SHundan keyin uglerod ikki oksidi sifon quvur 2, kengaytiruvchi quvur 9 orqali o`tib, tashqariga harorati-78,5oS da oq qorsimon massa holatida chiqarib tashlanadi.

Zaryadning o`t o`chiruvchanlik samaradorligi, yonish zonasida kislorodni aralashtirilgan kontsentratsiyasiga (havodagi uglerod ikki oksidini kontsentratsiyasi 30% dan kam bo`lmaganda yonish to`xtaydi) va uglerod ikki oksidini qattiq holatdan gaz holatiga o`tishida issiqlikni yutib, yonish o`chog’ida haroratni pasayishiga asoslangan.

O`t o`chirgichlar OU-2 (UO`O`-2) va OU-5 (UO`O`-5) da zaryadlarning massasi 1,4 va 3,5 kg. ni, zaryadning purkash uzunligi 1,5 va 4,5m ni, purkash vaqtining davomiyligi 15 sek. ni tashkil etadi.

Uglekislotali o`t o`chirgichlarni ishlatishda shuni esga tutish kerakki, uglerod ikki oksidi zaharli gaz, uning havodagi 10% li miqdori xavfli, 20% li miqdori esa insonni o`lishga olib keladi.




Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish