Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari’’ kafedrasi 5321500 > ta’lim yo’nalishi



Download 6,19 Mb.
bet3/5
Sana19.02.2022
Hajmi6,19 Mb.
#459267
1   2   3   4   5
Bog'liq
Baxtiyor

III.Asosiy qism
3.1 Korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni haqida umimiy tushunchalar.
To’qimachilik materiallarini ishlatilish sohasi, qanday mahsulot olish ko’zda tutilgan bo’lsa shunga arab quyidagi ketma-ketliklardagi pardozlash jarayonlaridan o’tkaziladi.




To’qimachilik materiallarini pardozlash jarayonlari va olinadigan natijalari bu materiallarning qator xossalariga bog’liq ravishda tanlanadi, texnologik ketma-ketlik tuzilib, tegishli eritma tarkibi ishlab chiqiladi. Pardozlash jarayonlaridan o’tgan materiallar tayyor hisoblanib, ular tikuvchilik korxonalariga jo’natiladi yoki mato, bobina ip, trikotaj polotno sifatida savdoga chiqarilishi mumkin. To’qimachilik materiallarining iste’molchilik xususiyatlari va xossalari pardozlash jarayonlarini belgilaydi.
Qayishqoqlik xususiyati matodan turli dinamik shakldagi mahsulotlarni tikishda ahamiyatga ega. Matoning qayishqoqlik xususiyati uni tayyorlashda qo’llanilgan tolalarning qayishqoqlik xossalariga bog’liq bo’ladi. Tabiiy tolalarga sintetik tolalar qo’shish orqali matoda turli shakllarni hosil qilish mumkin.
Mato to’qish yoki uni kimyoviy pardozlash - gul bosishda jarayoni yuzasida gullar hosil qilinadi. Gullar geometrik, o’simlik, jonivorlar, peyzaj, biror bir predmet va boshqa mazmun va ko’rinishlarda, bir rangli va ko’p rangli bo’lishi mumkin.
To’qimachilik materiallari turli xossalarga ega bo’lib, ular ishlab chiqarilayotgan mato va undan tayyorlanadigan mahsulotlarni qollanish sohasi boyicha boshqariladi.
Mato o’lchamlarini mustahkamligi uning kirishishi va g’ijimlanishi orqali ifodalanadi. Turli ta’sir natijasida material va undan tayyorlangan mahsulotni o’z o’lchamlarini saqlab turishi ularning estetik xossalariga ta’sir etadi. Matoni saqlash, jo’natish va ekspluatatsiya jarayonlarida o’lchamini o’zgarishi uni kirishganini belgilaydi. Ayniqsa ho’l ishlovlar chog’ida matoning kirishishi vujudga keladi. Gidrofil tolalar gidrofob tolalarga nisbatan ko’proq kirishadi. Mato boyi eni bo’yicha kirishishi mumkin. Matoni kirishishini mexanik (aralash tolali mato ishlab chiqarishda) va kimyoviy (matoga pardozlash korxonalarida maxsus yakuniy pardoz berish orqali) yo„llar bilan kamaytirish mumkin.
Mato yuzasining fizik kimyoviy ta’sirlarda turg’unligi. Tukli matolarda tukning to’kilmasligi, g’ijimlanmasligi, silliq matolarda pillingni hosil bo’lmasligi, mato yuzasini yaltirab qolmasligi ahamiyatli hisoblanadi. Matoning eskirishi (iznosostoykost).Turli kompleks tasirlarda (fizik-kimyoviy, biologik, mexanik va atmosfera) vaqt davomida matoning o„z xususiyatlarini saqlab qolishi.
Mato ishlatilish sohasi bo’yicha turli xossalarga ega bo’lishi mumkin. Ular qiymatga ega bo’lib, tasdiqlangan turli uslublar yordamida nazorat qilinadi. Matoning og’irligi, uning yuzaviy zichligi bilan belgilanadi va g/m2 da ifodalanadi.
Eng yengil mato bu ipak matolari bo’lib, ularning og’irligi 40-60 g/m2 ga teng. Jun palto matolarining yuza zichligi 600-800 g/m2 bo’lib, ular eng og’ir mato hisoblanadi.
Matoning uzilishga bo’lgan mustahkamligi uzilish kuchi bilan baholanadi va u N yoki kgs da ifodalanadi. Sintetik tolalai matolar, krep buramali, qalin va zich iplardan to’qilmagan matolarning uzilishga bo’lgan mustahkamligi yuqori bo’ladi.
Matoning cho’zilishi, uning uzilishdagi cho’zilishi hisoblanadi, mato namunasining uzilish vaqtida uning boshlang’ich uzinligiga nisbatan uzayganligi % da ifodalanadi. Mato arqoq tarafiga nisbatan asos tomoniga kam cho’ziladi. Matoning cho’zilishi uning shakl saqlashini belgilaydi.
Ranglarni fizik-kimyoviy ta’sirlarga bardoshligi. Bu ko’rsatkich bo’yalgan va gul bosilgan mato yuzasidagi rangni yorug’lik, dazmollash, sovunli ishlov, ho’l va quruq ishqalanish, kimyoviy tozalash, ter ta’siriga bo’lgan mustahkamligini bildiradi va u ball bilan ifodalanadi.
Yuqorida keltirilgan mato xossalaridan tashqari yana mato iplarini siljishi (N) va matoni sitilishi (mm) kabi xossalar xam borki, ular matodan mahsulot tikish uchun uni bichishda tikishda, ekspluatatsiya jarayonlarida o’ta muhim hisoblanadi.
3.2 Aralash tolali matolarni bo’yash va gul bosish agregatlari.
Tolali materiallar kimyoviy tyexnologiyasida suvdan asosiy erituvchi va yuvish jarayonimuhiti sifatida foydalaniladi. Suv molyekulalari matyerialda ozod holda va kimyoviy bog’langanholda bo’ladi, undan tashqari sorblangan suv ham mavjud. Ozod holdagi suv matyerialdan vallardasiqish, sentrifugallash va vakuum so’rish usullari yordamida chiqariladi. Bog’langan va sorblangan suv esa faqat quritish bilan chiqariladi.
Sanoat miqyosida quritishni quyidagi usullari qo’llaniladi: kontaktli, konvyektiv, radiatsion,dielyektrik va sublimatsion. To’qimachilik sanoatida kontaktli, konvektiv usullar keng qo’llaniladi va ularda havo issiqlik va namlik tashuvchi vazifasini o’taydi. Polimer materiallarni quritishda inert gazlar muhitidan keng qo’llanishi ma’lum, chunki bunday muhitda ularni oksidlanishining oldi olinadi.
To’qimachilik sanoati pardozlash korxonalarida qo’llaniladigan quritgichlarda matoga issiqlik
asosan ikki usulda yetkaziladi: konduktiv i konvyektiv usullarda.
Nam mato yuzasi qizdirilgan baraban bilan kontaktlashishi natijasida quriydigan barabanli quritgichlarda matoga issiqlik konduktiv usulda yetkaziladi. Baraban yuzasi uni ichiga qizdiruvchibug’ byerib qizdiriladi. Matoga issiqlik yetkazishni konvyektiv usuli esa matoni bug’-gazli aralashma bilan puflash (obduv) bilan amalga oshiriladi. Bunday aralashmalada gaz tashkil qiluvchi vazifasini havo bajaradi.
Quritish-kengaytirish (QKM) va quritish-kengaytirish-stabillash mashinalari (QKSM) tolali materiallarga yakuniy pardoz beruvchi jihozlar turiga kiradilar va pardozlash jihozlari ichida narxi yuqori va konstruktsiyasi murakkab hisoblanadilar. Mato kengaytirish mashinalaridek bu
mashinalarda ham mato chetini zanjirga o’rnatilgan klupplar ushlab turadilar. Pardozlash jarayonlarida mato uzunasiga cho’ziladi, kengligi qisqaradi, unda buklangan joylar paydo bo’lishi mumkin, mato chetlari buralib qolish hollari paydo bo’ladi va matoni to’qilganda olingan strukturasi qisman buziladi. Bu paydo bo’lgan kamchiliklar to’liq yoki qisman matoni QKM va QKSM mashinalarida yakuniy pardozlashda kengaytirish va tanda iplari bo’yicha kirishtirish orqali yo’qotiladi.
QKM yordamida har doim ham matoni zarur kirishganligiga erishib bo’lmaydi (kirishishni 1-2% ga kamaytirishga erishiladi). Bunday hollarda matoga myexanik usulda kam kirishuvchanlik beriladi yoki termoreaktiv smolalar bilan ishlov beriladi. Matolarga maxsus ishlov berish jarayonida ularni quritish asosan QKM da olib boriladi. Sintetik tolalar va ularni tabiiy tolalar bilan aralashmasidan tayyorlangan mato va trikotaj polotnolarini quritish va stabillash uchun QKSM dan foydalanish yanada muhimdir.
Bir maydonli va ko’p maydonli QKSM lar mavjud bo’lib, ko’p maydonli mashinalar og’ir matolarga ishlov berishga mo’ljallanganlar, chunki ular uchun mashinadagi mato zapravkasining uzunligi katta bo’lishi talab qilinadi. YEngil va o’rta massaga ega matolarga bir maydonli mashinalarda ishlov beriladi. Ko’p hollarda QKM oxirigacha quritgich sifatida ishlatiladi. Masalan matoni appretlash-pardozlash mashinalar tizimida mato plyusovkada appret bilan shimdirilib 80-90% namlikgacha siqiladi, so’ng QKM oldida o’rnatilgan barabanli quritgich yoki konvektiv usulda ishlovchi quritgichda 30-40% namligi qolguncha quritiladi va shundan so’nggina zanjirli QKM da oxirigacha quritiladi. 50-rasmda bir maydonli QKM ning sxyemasi kyeltirilgan.


1-mato; 2-arqoq iplar holatini rostlash roliklari; 3-matoni kluppga mahkamlash mexanizmi; 4-bug’lash uskunasi; 5-quritish kamyerasi; 6-saplo teshiklari; 7-matoni kluppdan chiqarish mexanizmi; 8-sovutish zonasi; 9- mato o’rash mexanizmi; 10-mato taxlagich
Mato 1 arqoq iplar holatini rostlovchi roliklar 2 dan o’tib mexanizm 3 yordamida zanjirning klupplariga kiritiladi. SHundan so’ng zanjir maydonini kirish qismida mato kengligi bo’yicha tortiladi, bu jarayonni osonlashtirish uchun matoga bug’lash uskunasi 4 dan ochiq bug’ purkaladi. Talab qilingan kenglikdagi matoni ikki tarafdagi kluppli zanjirlar quritish kamerasiga olib kiradi, u yerda matoga saplo teshiklari 6 dan chiqqan quritish havosi ishlov byerib quritadi. Quritishkamyerasidan chiqqan mato tsyex havosida sovutiladi, mato chetlari klupplardan ozod qilinib rulonga o’rash myexanizmi 9 da rulonga o’raladi yoki mato taxlagich 10 yordamida aravachaga taxlanadi. Mashina zanjirlari orasidagi masofa (mato kengligi) 500-2200 mm. orasida o’zgartirilishi mumkin, mato tyezligi 0-50 m/min. Maksimal ishlov harorati -2200 S, isitish imkoniyati 300 000 kkal/soatni tashkil qiladi.
51-rasmda MOENUS (Gyermaniya) firmasining QKS mashinasini fotografik sxemasi keltirilgan. Bu rasmda mashinaning konstruktiv elementlarini joylashishi va o’zaro bog’liqligi ko’rsatilgan.


1-boshqarish platformasi; 2-mato kirish qismi; 3-nazorat panyeli; 4-zanjir maydonini kirish-tortish qismi; 5-bug’lash kamyerasi; 6-izolyatsiya zonasi; 7-quritish kamyerasi; 8-yoritish tuynigi; 9-sovutish zonasi; 10-mato chiqarish zonasi; 11-sovutish roliklari; 12-matoni rolika o’rash myexanizmi; 13-mato taxlagich.
Matoni klupplarga sanchish mexanizmiga berish oldidan uni tarangligini, buklangan joylarini to’g’rilash va mashina markaziga mos holatga keltirish sifatli ishlov berishning garovidir. SHuning uchun bu maxanizm tarkibiga mato yo’naltiruvchilar, vintsimon mato kengayti-ruvchilar (ularni soni uchtagacha yetishi mumkin) kiradi. Bu mashina elementlaridan o’tgan matoni klupplarga tortuvchi vallar juftligi yoki tortuvchi val yetkazib beradi. Umuman olganda mashinaning mato kiritish qismi mexanizmlarining konstruktsiyasi va ularning soni ishlov oladiga material turi bilan aniqlanadi.

1-vyentilyator; 2-kalorifyer; 3-saplo korbkasi; 4-havo oqimini bo’luvchi; 5-mato; 6-zanjir elementi.
Mashinaga kiritilayotgan mato chetining turgan joyini aniqlash uchun quyidagi datchiklardan foydalaniladi: elektrokontaktli shup, foto qarshilikni mato cheti holatiga qarab yoritilganlik darajasi o’zgaradigan fotoelektik datchik va qaytar nur printsipida ishlovchi elektron datchik.
Mashinada o’rnatilgan bunday datchikdan olingan signal bajaruvchi mexanizmga uzatiladi va u o’z novbatida zanjirlar harakatlanadigan rama kirish qismini harakatga keltiradi. Misol tariqasida 182-rasmda keltirilgan bajaruvchi mexanizmni ko’rib chiqamiz. Mato cheti klupplarga normal holatda kelayotganda elektrodvigatyel 10 konus shaklidagi shesternalar 1 va 4 ni 8 shesterna orqali harakatga kyeltiradi. SHesterna 1 va 4 valda ozod holda o’ltiradilar va o’z


  1. kinussimon tishli g’ildirak; 2-harakatlanuvchi rama; 3-yurituvchi vint; 4-kinussimon tishli g’ildirak; 5-tasmali uzatma; 6-yarim mufta; 7-yarim mufta; 8- kinussimon tishli g’ildirak; 9-yarimmufta; 10-elektrodvigatyel; 11-myexanizm gardishi; 12-yarim mufta; 13-tormozlovchi mufta.

novbatida yarim muftalar 7 va 9 bilan birikkanlar. Agar mato normal holatdan chapga yoki o’ngga siljisa yarim mufta 6 yoki 12 ishga tushadi. Natijada tasmali uzatmadan harakat olayotgan vint 3 soat strelkasi bo’yicha yoki soat strelkasiga qarshi tarafga aylanadi, natijada vintga gayka yordamida biriktirilgan kluppli zanjirni yo’naltiruvchi ramalar chapga yoki o’ngga mato ketidan siljiydi, natijada mato chetini ignalarga normal holatda sanchilishi ta’minlanadi.
Mashinalarda turli konstruktsiyali matoni ignalarga sanchish mexanizmlari ishlatiladi.


  1. 1-mato; 2-cho’tkali disk; 3-stol; 4-rolik. b. 1-mato; 2- cho’tkali disk; 3-disk; 4-rolik. v. 1-mato; 2-disk; 3,5-rolik; 4-lenta; 6-roik. g. 1-mato; 2-val; 3,4 rolik.

Mato 1 ning chyeti (54-rasm, a) disk 2 yordamida aylanayotgan rolik 4 va stol 3 ga siqilib o’tadi va cho’tkali disk uni klupp ignalariga sanchiydi. Siquvchi stol 3 po’lat listdan tayyorlangan bo’lib, klupp zanjirini tso’naltiruvchi ramaga mahkamlanadi. Matoni zapravka qilish vaqtida mexanizm richag yordamida mato chetidan orqaga ag’dariladi. Keyingi mexanizm siquvchi stolsiz tayyorlangan (54-rasm b) bo’lib, uni tarkibiga cho’tkali disk 2, yuzasiga rezina qoplangan qo’shimcha disk 3 va po’lat rolik 4 kiradi. Mexanizm yetarlicha ravishda ishonchli ishlaydi va uning detallarini ta’mir uchun yechib olish oson.
Sxemasi rasm-54, v da keltirilgan mexanizmda mato cheti ignalarga aniq sanchiladi. Mato cheti 1 ikkita roliklar 3 va 5 yordamida haraklanuvchi yuzasi qovurg’asimon noteks bo’lgan rezina lenta 4 ga yuzasiga rezina qoplangan disk 2 bilan siqiladi. Rezina lenta yuzasidagi ko’ndalang qabirg’alar mato ilgarilab berilayotganda sirpanishidan saqlaydilar. Ammo, bu lyentani borligi konstruktsiyani murakkablashtiradi.
Boshqa bir mexanizmda (rasm-54, g) mato 1 yurituvchili, yuzasiga rezina qoplangan val 2 ga roliklar 3 va 4 yordamida siqilib turadi. Val 2 ning diametri mato chetini ignaga sanchuvchi cho’tka diametriga teng. Pastki siqish roligi 3 mayda buklamalar bilan taxlangan matoni val 2 ga ignaga sanchiladigan joyda siqib turadi. Ikkita siqish roliklari 3 va 4 matoni yuzasiga rezina qoplangan val yuzasiga zich va katta yoyda siqilib turishini ta’minlaydi. Bu mexanizm alohida yurituvchiga ega bo’lganligi tufayli, mashinada o’rnatilgan o’ng yoki chap mexanizm tezligini 10 % gacha o’zgartirib matoda mavjud bo’lgan arqoq iplar qiyshiqligini to’g’rilash imkoni bor.
Matoni ignalarga sanchish mexanizmi oldida uni chetini buralishdan ozod etuvchi shaxsiy yurituvchiga ega vintli rostlovchilar o’rnatidadi. Ularni soni ishlov oladigan mato (trikotaj polotnosi) turiga bog’liq. Masalan ipak matosi va trikotaj polotnosiga ishlov beruvchi mashinalarda ularni soni 4 tagacha yetishi mumkin.
Mashinaning mato chetini ushlaydigan asosiy elementi bu uning klupplaridir. Oldin ta’kidlaganimizdek klupplarni uch turidan foydalaniladi: pichoqli, ignali va kombinirlangan turlari. Ignali klupp ishlov davomida matoga uzunasiga kirishish imkonini beradi, buning uchun mato klupp ignalariga mayda buklangan holatda mahkamlanadi va quritish davrida mato kirishib buklangan joylari to’g’rilanadi. 188-rasmda pichoqli va ignali klupplarning sxemasi va fotografiyasi keltirilgan.
Har bir klupp zanjirning bir elementiga mahkamlanadi, uni mahkamlovchi bolt va u o’rnashtiriladigan gardishdagi teshik fotografiyada ko’rinib turibdi. Klupp maydonida ignalar ikki yoki uch qator qilib teriladi, mato chet iga klupp ignalari 5-7 mm qoldirilib sanchiladi.
Rasm 188 V da pichoqli klupp sxemasi keltirilgan. Mato cheti pichoq ko’tarilib stol ustiga kiritiladi, so’ng pichoq va uning roligi 3 mato ustiga tushadi. Zanjir ramasi kengayishi tufayli mato cheti rolik ostidan chiqadi va rolik stol tirqishiga qulaydi va mato chyetni stol bilan pichoq o’rtasida siqilib qoladi.


A-ignali klupp: 1-gardish; 2-igna; 3-mato.
V- pichoqli klupp: 1-mato; 2-pichoq; 3-rolik; 4- tirqishli stol; 5-korpus.
Mato chyeti klupp ignalariga maxsus mexanizm yordamida sanchiladi. SHunday mexanizmning bir variantini sxemasi 56-rasmda keltirilgan.
Mato 5 ni uzatuvchi valiklar 1 stolik 2 ga tushiradi va mato chetini cho’tka 4 ignalarga sanchadi. Agar valik 1 lar matoni zanjir maydoniga ilgarilab bersa (Vm>Vz) mato ignalar orasida osilib qoladi, bu matoni kengaytirishni osonlashtiradi va arqoq iplari bir-biriga oson yaqinlashadi. Matoni ilgarilash darajasini regulirovkalash mumkin, ba’zi mashinalarda matoni 40% gacha ilgarilab berish mumkin. Bunday imkoniyat QKS

1-uzatuvchi valiklar; 2-stolik; 3-ignali zanjir maydoni; 4-cho’tka; 5-mato.
mashinalarida matoni kengaytirish, quritish va stabillash jarayonlarini uni uzunasiga kirishtirish bilan birgalikda olib borishda juda muhim hisoblanadi.

3.3 Gul bosilgan matolarga issiqda ishlov berish.
Trikotaj sanoati yengil sanoatning yirik sohasidan biri bo’lib, unga tegishli korxonalarda texnik va maishiy mahsulot va buyumlarning keng assortimenti ishlab chiqariladi. Trikotaj mahsulotlar kamg’ijimlanuvchanlik, yaxshi drapirlanuvchi, qomatga yopishib turishlik, elastik va yuqori gigienik xossaga ega bo’lish bilan birga uni ekspluatatsiya qilish osonligi bilan ajralib turadi.
Trikotaj polotnosi ishlab chiqarish jihozlarining ish unumdorligining yuqoriligi va ulardan mahsulotlar tikish bir qadar oddiy texnologiya amalga oshirilishi sababli trikotaj polotno va mahsulotlarni tayyorlash gazlama to’qish va
ulardan mahsulot tayyorlashdan ancha arzon.
Tolaviy tarkibi bo’yicha trikotaj polotnolari paxtali, junli, yarim junli, sintetik va sun’iy shtapel tolai turlarga bo’linadi. Trikotaj ishlab chiqarishda sun’iy va sintetik tolalardan o’zidan alohida va boshqa tolalar bilan aralashga holda keng miqyosda foydalaniladi. Sidirg’a bo’yalgan trikotaj polotnolari asosan ich kiyimlar tayyorlashda qo’llaniladi. Ust kiyimlar uchun mo’ljallangan trikotaj polotnosi odatda bo’yalgan bobinadan tayyorlanadi, bunda bir tekis va mustahkam rangli polotno olish ta’minlanadi. Trikotaj polotnolariga tekis to’rli va silindrik to’r qolipli jihozlarda gul bosiladi.
Trikotajga kimyoviy ishlov berish korxonalarida ularni pardozlashga tayyorlash jarayonlari kimyoviy va mexanik ishlov berish bosqichlaridan tashkil topgan. Trikotajni pardozlashga tayyorlash jarayonlari mohiyati va mexanizmi
gazlamani pardozlashga tayyorlash jarayonlari kabi bo’lsada ularni ketma-ketligi, olib borish usullari, qo’llaniladigan jihozlari bir-biridan farq qiladi. Trikotaj polotnolari aylana va ochiq en ko’rinishda to’qiladi. Kimyoviy ishlov berish
chog’ida pardoz turiga ko’ra polotnoga aylana, ochiq en ko’rinishda, aylana polotnoga teskarisiga ag’darilgan yoki ag’darmasdan ishlov berish mumkin. Trikotaj polotnosini ishlatilish sohasi, undan tayyorlanadigan mahsulot turiga ko’ra korxonaga kelgan polotno aylana ko’rinishda yoki ochiq en ko’rinishda tayyor holga keltiriladi.
Trikotajni qo’llanish soxasiga ko’ra uni bo’yash va gul bosishga tayyorlash jarayonini to’liq yoki to’liq bo’lmagan tartibda olib boriladi. Masalan paypoq, ustki kiyimlar to’q rangga bo’yalgan holda ishlab chiqariladi, bunda qaynatish
jarayonidan so’ng trikotaj oqartirilmasdan to’g’ridan-to’g’ri bo’yaladi. Trikotaj polotnosini yuzasidagi va to’qima orasidagi mayda tukchalardan tozalsh hozirgi kunda asosan fermentlar yordamida amalga oshiriladi. Ferment sifatida enzim keng qo’llaniladi. Ferment qaynatish-bo’yash qozoniga asosiy jarayon tugaganidan so’ng ma’lum miqdorda solinadi.
Korxonaga aylana ko’rinishda keltirilgan va korxonadan ochiq en ko’rinishda yuzasi paxmoqlangan holda chiqariladigan paxta tolali trikotajni bo’yash va gul bosishga tayyorlash ketma-ketligi:
sifat nazorat → polotnoni uzunasi bo‘yicha kesish → RAM (yakuniy pardoz berish jihozida uzunasiga kesilgan polotno ziylariga ishlov berish) → qaynatish - oqartirish → jgut ochish → quritish → paxmoqlash → yakuniy pardoz berish → sifat nazorat, qadoqlash (Samfor) .
Quritish. Suvsizlantirilgan polotnoni quritish uzluksiz va uzlukli ishlovchi quritish jihozlarida amalga oshiriladi. Quritish jarayonida polotnoni cho’zilishiga yol qo’yilmaydi. Qaritish barabanlari yuzasini to’liq qoplash maqsadida aylana ko’rinishdagi assortimentlar bir vaqtda ikkita parallel qilib jihozga joylashtiriladi. Quritish asosan konvektiv usulda amalga oshiriladi (48-rasm).

Jihoz konstruksiyasiga mos ravishda polotno yoyiq holda to’rli cheksiz lenta ustida yoki teshikchali quritish barabanlari yuzasida (kontakt usul) quritiladi. Velyur assortimentidagi assortimentlar sentrifugadan chiqgach uzlukli usulda ishlovchi tampler jihozida quritiladi. Ko’p hollarda quritish jarayoni bilan birgalikda en kengaytirish jarayoni ham amalga oshiriladi. Aralash tolali polotnoga
ishlov berishda quritish uchun quritish-en kengaytirish-stabillash jihozlari ham qo’llaniladi (49-rasm). Quritish jihozitdan chiqgan polotno tekis qilib «kitob» ko’rinishda aravaga taxlanadi.

Kalandrlash. Bu jarayonda polotno bug’latiladi (qaynoq qizigan valdan o’tadi), dazmollanadi va eni kengaytiriladi. Kalandrlash jarayonida polotnoga kerakli bo’lgan yuzaviy zichlik beriladi, xalqa strukturasidagi qiyshayishlar to’g’irlanadi. Kalandrlash jarayonida yuqori sifatga erishish uchun kalandrda «kitobdan» «kitobga» prinsipida ishlash tavsiya etiladi. Kalandrlash jihozidan eniga mos ravishda 1 yoki 2 polotno parallel o’tishi mumkin. Ishlov beriladigan
polotnoning yuza zichligiga mos ravishda jihoz 8-25 m/daq tezlikda ishlaydi.
Paxmoqlash. Futer to’qimasida to’qilgan trikotaj polotnolari paxmoqlash jarayonidan o’tkaziladi. Paxmoqlash jarayonida polotno yuzasidagi tolachalar titilib, tukli qatlam hosil qilinadi (50-rasm). Bu qatlam hosil qilinganda polotno yuzasidagi xalq strukturasi ko’rinmay qolib, polotnoning yuzasi chiroyli ko’rinishga ega bo’ladi.

Paxmoqlash jarayonidan paxta tolali, paxta tolasini boshqa tolalar bilan aralashmasili, jun va yarim jun polotnolar o’tkaziladi. Yuzasi paxmoqlangan polotno teskarisiga o’girilib (paxmoqlangan yuza ichkarisida bo’ladi), keyingi jarayonlarga jo’natiladi. Paxmoqlash jarayonidan o’tishga mo’ljallangan assortimentlar kimyoviy pardoz berish jarayonidan oldin teskarisiga (paxmoqlanishi kerak bo’lgan yuza tashqarida boladi) o’girilgan bo’ladi.
Tuk kesish. Yuzasida kalta tolali qatlam hosil qilish –velyur polotno olish uchun tuk kesish jarayoni amalga oshiriladi. Tuk kesishdan maqsad tolalarga aniq bir uzunlik berishdir. Tuk kesish jarayoni kesish-pardozlash jihozlarida (51-rasm) amalga oshiriladi.
Trikotaj polotnolarida tuk kesish jarayonida vujudga keladigan birqator qiyinchiliklar bo’lib, bu trikotajni elastikligi, uzunasi bo’yicha cho’zilishi va ziylarini buralib ketishi bilan bog’liq.


Tuk kesish jarayoni polotnoga ishlov berish turiga ko’ra bir necha bor qaytarilishi mumkin. Gul bosishga mo’ljallangan trikotaj agar uning yuzasi paxmoqlanmasa va velyur bo’lmasa polotno pardozlashga tayyorlash va bo’yash jarayonlaridan so’ng tuk kesish jarayonidan o’tkaziladi. Velyur polotnolar pardozlashga tayyorlash va
bo’yash jarayonlaridan odin va keyin - ikki martaba tuk kesish jarayonidan o’tkaziladi. Tuk kesish jihoziga uzatiladigan polotno yuzasida g’ijimliklar, buklanishlar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Jihozdan eni yaxshi tortilgan holda o’tkaziladi. Jihoz 5-32 m/daq tezlikda ishlaydi. Tuk kesish jarayoniga kirishdan oldin polotno havo ta’sirida betartib holda quritiladi (52-rasm), bunda polotno yuzasiga yopishib qolgan tukchalar ko’tarilib, tuk kesish sifatiga ijobiy ta’sir etadi.

Stabillash. Stabillash jarayonidan tarkibida paxta va sintetik tolalar bo’lgan trikotaj polotnolarida amalga oshiriladi. Stabillash jarayonidan so’ng polotno kam kirishuvchan bo’lib yuzasi silliq yuzaga ega bo’ladi. Stabillashning asosiy
omillaridan biri poltnoni eni bo’yicha bir tekis qizishi, jarayon davomiyligi va haroratini bir xil ushlab turish hisoblanadi. Stabillash jarayoni ko’p hollarda quritish jararyoni bilan birgalikda olib boriladi. Stabillash uchun uzluksiz ishlaydigan jihozlar qo’llaniladi.
Yakuniy pardoz berish.
Mexanik usulda yakuniy pardoz berish jihozlarida trikotaj polotnolariga GOST talabi bo’yicha en, yuzaviy zichlik berilib, aylana ko’rinishdagi polotnolar kitob ko’rinishda, yoyiq ko’rinishdagi polotnolar rulonlarga o’ralib, polietilen bilan qadoqlanadi.
Sifat nazorat. Sifat nazorat jarayonidan 15 % xom polotno va 100 % tayyor polotno o’tkaziladi. Xom mato standart bo’yicha enini to’g’ri kelishi, polotnoda yirtiqlar, teshiklar mavjudligi, turli to’qimachilik nuqsonlarini bor-yo’qligi aniqlanadi. Polotno yuzasiga turli yog’ va moylarni to’kilganligi tekshiriladi. Tayyor polotnoning sifati tekshirilganda shu polotnoni GOST yoki TSH talablarga javob berishi nazoratdan o’tkaziladi. Bunda tayyor polotno eni, yuza zichligi, rang tekisligi, gullarni talabga javob berishi, polotno yuzasida turli dog’larni borligi, paxmoqlangan va tolachalari chiqarilgan assortimentlarada hosil qilingan qatlamning tekisligi nazorat qilinadi.


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish