Jismoniy rivojlanish haqida tushuncha. Jismoniy rivojlanish — bu tana o'lchamlari, shakli va organizm funksiyasining hayot davomida o'zgarish jarayonidir.
Jismoniy rivojlanish deganda organizmning kuch zaxirasini aniqlaydigan jismoniy yaroqlilikning shartli o'lchovi tushuniladi. Jismoniy rivojlanish — bu odam hayoti davomida tana o'lchamlari va organizm vazifalarining o'zgarish jarayonidir. Tananing jismoniy rivojlanishini o'rganishda, odatda, tananing uzunligi (bo'y), ko'krak aylanasi va tana vazni hisobga olinadi.
Jismoniy rivojlanish odam yoshiga bog'liq bo'lib, bir necha bosqichlardan iborat. Yoshlik davrida organizmning jadal o'sishi, balog'at yoshida esa o'sishdan to'xtashi kuzatiladi. Jismoniy rivojlanish tushunchasi bolalarda va kattalarda turlicha bo'ladi.
Oxirgi yuz yillik davomida bolalar va o'smirlar jismoniy rivojlanishining tezlashuvi kuzatiladi, boshqacha qilib aytganda bu akseleratsiya deyiladi (lotincha acceleration — tezlashish). Bu termin bolalarning rivojlanishi va bo'yi o'sishining tezlashishi, shuningdek, katta yoshdagi aholi tana oichamlarining kattala-shishi hodisasini belgilaydi.
Akseleratsiyada, asosan, hozirgi yangi tug'ilgan chaqaloq-larning parametr ko'rsatkichlari o'tgan asrlardagi yangi tug'ilgan chaqaloqlarning parametr ko'rsatkichlari (tana og'irligi va uzunligi)dan kattaroq boiishi kuzatiladi. Shuningdek, bolalar va o'smirlarda tana qismlarining o'lchamlari kattaroq bo'lishi, ham-da jinsiy yetilish va o'sishning stabil bo'lish holatining yosharishi hisobiga, qarilikning boshlanishi orqaga surilib, umrning uzayib borishi kuzatiladi.
Antropologik tekshirishlarning ko'rsatishicha, katta yoshli aholining tana o'lchamlari o'sishi XIX asrning ikkinchi yarmi-dan hozirgi davrgacha intensiv ravishda davom etmoqda.
Akseleratsiyani o'rganish hozirgi kunda ham davom etmoqda.
Total morfologik belgilar
Bu belgilarga nihoyatda muhim bo'lgan eng katta antro-pometrik o'lchamlar kiradi: tana uzunligi (bo'y), ko'krak ayla-nasi (razmer), odam vazni. Bu o'lchamlar odam tanasining tashqi shakliga ta'sir ko'rsatadi va jismoniy rivojlanganlikning asosiy belgilari bo'lib hisoblanadi.
Tana uzunligi odam tanasining tashqi shaklini aniqlovchi asosiy belgilardan biridir.
Qadim zamonlardan beri tana uzunligi ko'p mutaxassislarni: antropologlar, vrachlar, rassomlar, haykaltaroshlarni o'ziga jalb qilib kelmoqda. Tana uzunligiga tikuvchilik sanoatida ham katta e'tibor beriladi. Ko'krak aylanasining o'lchovi bilan tana uzunligi mutanosib ravishda normal qomatni tashkil etadi. Tana uzunligi yoshga, jinsga, guruhga, guruh ichiga va davrga qarab o'zga-rib boradi.
Tana uzunligining yoshga qarab o 'zgarishi. Antropologiya il-miy-tadqiqot institutining ma'lumotlariga ko'ra, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda tana uzunligi o'rtacha o'g'il bolalarda 51,5 sm, qiz bolalarda 51,0 sm ga teng.
Umrning birinchi yilida tananing o'sishi o'rtacha 25 smni tashkil qiladi, so'ngra o'sish sur'ati sekinlashib boradi. 10—12 yoshgacha qizlar o'g'il bolalarga qaraganda tezroq o'sadi, 13 yoshga kelib qizlar bilan o'g'il bolalarning tana uzunliklari tenglashadi, so'ngra o'g'il bolalar tezroq o'sadi (3-jadval).
Qizlarning 10—12 yoshdagi tana uzunligi ularning jinsiy yetilganligini bildiradi. Qizlarda jinsiy yetilish (taxminan 2—3 yil) tezroq bo'lishi sababli ma'lum vaqt mobaynida ular o'g'il bolalarga nisbatan gavdaliroq boiadilar. Antropologlarning hisoblariga ko'ra, qizlarda tana uzunligining o'sishi 17—20 yoshlarda, o'g'il bolalarda esa 18—21 yoshlarda to'xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |