Baa'zi morfologik anomaliyalar (o'zgarishlar)
Yuqorida qayd etilgan odam tanasi shaklini aniqlovchi bar-cha morfologik belgilar, normal variatsiyalar shaklida ko'rib chi-qilgan. Lekin ba'zi bir belgilanish variatsiyalari borki, ular nor-madan tashqariga chiqadi. Belgilarning bunday o'zgarishi odatda organizmning noto'g'ri rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, anomal o'zgarishlar deb ataladi. Bunday anomaliyalarga gavda uzunligi, umurtqa qiyshiqligi, qanotsimon kuraklar va anomal ko'krak qafaslari kiradi.
Gavda uzunligining anomaliyalari. Aholining gavda uzunligi ko'p hollarda erkaklarda 140—190 sm va ayollarda 130—180 sm atrofida bo'ladi. Uzunlikning erkaklarda 140 sm dan past, ayollarda 130 sm dan past boiishi va erkaklarda 190 sm dan baland, ayollarda esa 180 sm dan baland bo'lishi patologiya hisoblanadi. Bo'ylar ko'rsatilgan chegaradan past yoki yuqori bo'lsa, shunga mos holda pakana (mitti) yoki ulkan (gigant) odamlar deb ataladi.
Pakana odamX&mmg bir necha turi bor: haqiqiy pakanalar va liliputlar bo'lib, bu odamlar gavdasining hamma qismlarida ozmi-ko'pmi mutanosiblik bo'ladi. Pakanalarning boshqa turi ham mavjud bo'lib, ularning gavda tuzilishi to'qimalar oziqlanishining ishdan chiqishi bilan xarakterlanadi. Ularda gavda tuzilishi buzi-ladi va qo'1-oyoq kalta, tana uzun va bosh katta bo'ladi.
Ulkan odamlar yoki gigantlar ham bir necha turli bo'ladi. Shunday baland bo'yli odamlar uchraydiki, ularning tashqi ko'rinishi, ayniqsa, yuzi yosh bolalarnikiga o'xshaydi. Baland bo'ylilarning boshqa turida esa, ularning ayrim qismlari, masa-lan, qo'l kaftlari, oyoq kaftlari katta va yo'g'on bo'lishi kuzatila-di. Bu o'zgarishlar sababi tug'ma raxitdk.
Umurtqa qiyshiqligi. Ba'zi holda umurtqaning egikligi chegaradan chiqib ketadi. Umurtqa egik boiganda, orqaning shakli yumaloq bo'ladi, buning sababi tug'ma raxit va orqa mushak-larning bo'shligi bilan izohlanadi.
Umurtqa pog'onasi ko'krak qismining keskin egikligi bukri-likka olib keladi. Bukrilik ko'krak boiimidagi bir qancha umurt-qalarning siljishidan kelib chiqqan og'ir xastalik natijasida sodir bo'ladi. Ko'krak qafasi bilan qovurg'alar bog'liqligi sababli ko'krak qafasi ham o'zgaradi. Umurtqaning old yoki orqaga qat-tiq egilganligidan tashqari umurqaning o'ngga va chapga qiy-shayganligi ham uchrab turadi (3.8- rasm). Bunday o'zgarishlar skolioz deyiladi va buning ham sababi tug'ma raxitdir.
3.8- rasm. Morfologik anomaliyalar:
a — normal; b — skolioz; d — normal umurtqa qiyshiqligi; e — umurtqa lordozi;
G’— umurtqa kafozi.
Do'stlaringiz bilan baham: |