Tadqiqot ob’ekti sifatida mamlakatimiz yengil sanoat korxonalari iqtisodiy faoliyati tanlangan. Yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirish jarayonida
3Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони // www.lex.uz.
yuzaga keladigan tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tadqiqot ishining predmeti hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari.Yengil sanoat tarmog‘i korxona-larining raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqot doirasida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
yengil sanoat tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshligini oshirish-ning nazariy-uslubiy asoslarinio‘rganish;
yengil sanoat tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshligini oshirish-ning mezonlari va ko‘rsatkichlarini tavsiflash;
yengil sanoat tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshligini oshirish shart- sharoitlari va omillarini tadqiq etish;
yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligi tahlilil qilish;
yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning xorij tajribasidan samarali foydalanish imkoniyatlarini baholash;
yengil sanoat tarmog‘ini klasterlash orqali vertikal va gorizontal integratsiyasini ta’minlash jarayonlarini asoslash;
yengil sanoat mahsulotlarini diversifikatsiyalash orqali yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshliini oshirish yo‘llari va yengil sanoat korxonalari innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish orqali raqobatbardoshligini ta’minlash istiqbollarini ta’minlashga yo‘nal-tirilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ilmiy yangiligi:
yengil sanoat tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshligini oshirish-ning nazariy-uslubiy asoslari o‘rganilgan;
yengil sanoat tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshligini oshirish-ning mezonlari va ko‘rsatkichlari tavsiflangan;
yengil sanoat tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshligini oshirish shart- sharoitlari va omillarini tadqiq etilgan;
yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligi tahlilil qilingan;
yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning xorij tajribasidan samarali foydalanish imkoniyatlari baholangan;
yengil sanoat tarmog‘ini klasterlash orqali vertikal va gorizontal integratsiyasini ta’minlash jarayonlari asoslangan;
yengil sanoat mahsulotlarini diversifikatsiyalash orqali yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshliini oshirish yo‘llari va yengil sanoat korxonalari innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish orqali raqobatbardoshligini ta’minlash istiqbollarini ta’minlashga yo‘nal-tirilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.