3.3 Yengil atletikada ilmiy - tadqiqot usullari
YENGIL ATLETIKADAILMIY-TADQIQOT USULLARI
Yengil atletika bo‘yicha mutaxassislar o‘zlarining har kungi faoliyatida mashg‘u!ot paytida tashkilotchilik ishlarini, boshqarish faoliyatini doimo hal qilishlariga to‘g‘ri keladi. Buning uchun ular o‘z bilimlarini yangilab turishlari va boyitishlari, masalani qabul qilishda ularning faol hayotga tadbiq etishda tashabbuskor, javobgar, bir so'zli bo‘lishlari kerak.Agarmutaxassis ilmiy tafakkurga ega bo‘Isa, musobaqa mashg'ulot, dam olish vaqtida kelgan har xil ma’lumotlarni tahlil qilishni bilsa, bularni amalga oshirish mumkin.
Talabalar oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonida iloji boricha
to‘liq bilimlami, ilmiy metodlarni egallashlari, tekshirish masalalarini mustaqil echishni o'rganishlari kerak. Talabalarni o‘quv - tekshirish ishlari o‘quvprogrammasini majburiy qismi hisoblanadi vadars paytida yoki darsdan tashqari vaqtlarda o'tkaziladi. Bu tekshirish elementlarini ma’ruza, seminar, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlarida ishlatish, pedagogik amaliyot vaqtida o'quv vazifalarini tekshirish harakterida, yengil atletika metodikasi va nazariyasidan referatlar yozishda qo‘llaniladi.
Talabalarni ilmiy - tekshirish ishlari o‘quv programmasining majburiy qismi bo‘lib hisoblanadi va darsdan tashqari vaqtda bajariladi. Talabalarning ilmiy to‘garak!arda, konferensiya va konkurslarda, ilmiy-texnik ko'rgazmalarda qatnashishi, shuningdek,, davlat byudjeti va xo‘jalik kelishish tematikasi bo‘yicha ilmiy-tekshirishlarni bajarish, terma jamoalarni ilmiy-metodik ta’minlash bo‘yicha guruhlar ishida qatnashishi mo‘ljallanadi.
Yengil atletikada tekshirish uslubiyati
Institut va universitetlarning jismoniy tarbiya fakultetlari uchun' yengil atletika bo‘yicha o‘quv programmasiga muvofiq talabalar o‘qishjarayonida asosiy tekshirish usullarini o‘rganishlari kerak. Ilmiy tekshirishlar bajarilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek,,
sport sohasida ham-yil sayin ko‘paymoqda. Faqat respublikamizda mustaqiilik davrida dissertastiyalargina yengil atletika bo‘yicha 10 dan ortiq yozilgan. Ularda yengil atletlarning tayyorgarligi, yoshiga nisbatan jismoniy rivojlanish darajasi, harakatlanish qobiliyati va boshqa turlisavollarko£rib chiqilgan.Bajarilgantekshirishlar natijalari, chunonchi, chet el nashrlarida ham o‘z aksini topmoqda. Bizning mamlakatda va chet elda tizimli ravishda ilmiy tekshirishlar natijalari ilmiy-uslubiy va ilmiy konferensiyalarda (anjuman), simpoziumlarda keng muhoqama qilinadi. Talabalar uchun tekshirishlar uslubidan biri adabiyotni tahlil qilishdir (albatta birinchi o‘rinda yengil atletika bo‘yicha, keyin esa bilimning boshqa sohalari bo'yicha).
Nashrlar bilan tanishib, talabalar adabiyotni xronologik tartibda yig‘ib olishlari kerak, ya’ni avval oldingi davr nashrlari, keyin hozirgi davr nashrlari. U bu material qanday usul bilan olinganligi, natijalarni qanchalik ishonchliligi, bitta savolni har xil nuqtai nazardan qarab chiqishni, mashhur murabbiylar tajribasini yoki mashhur sportchilarning tayyorgariik sistemasini o‘rganish va analiz qilishga e’tibor berishi kerak. Keyingi tekshirish metodi hujjatli materia)larni analiz qilish, mashg'ulotlarni shaxsiy kundaligini, musobaqalar natijalarini, kuchli yengil atletlarni mashg£ulot kundaliklarini va boshqalarni analiz qilishga mo'ljallangan. Mashg£ulotlar kundaligini analiz qilishni to£g‘ri bajarishdan oldin uni to‘g£ri to‘ldirish lozim. Yengil atletikaning har bir turida asosiy mashg‘ulot choralari tasnifiga muvofiq mashg£ulotlar yuklamalari dinamikasini musobaqalar natijalari bilan taqqoslash, mashg‘ulotlar jarayonini tashkil qilish samarasini baholashga ijozat beradi. Mashg‘ulotlar yuklamalarini tahlilidan olingan natijalar grafigiga muvofiq mikro yoki mezostikl holatida berilishi kerak.
Pedagogik kuzatish. Bunga reja asosida tahlil qilish va o£quv- tarbiya jarayonini tashkil qilish usuli bahosi kiradi, bunda kuzatuvchi bu jarayonni kuzatilayotganda qatnashadi.
Pedagogik kuzatishning har kungi kuzatishdan farqi shundaki, unda kuzatish fanini aniq belgilanganligi va kuzatilayotgan omillarni ishlab chiqilgan tizimini qayd qilib borilishidir.
Pedagogik kuzatishning asosiy kamchiligi shundaki, unda aniq sub’ektni bahoviy ko‘rinishi va kuzatilayotgan pedagogik jarayonlami aniq ro‘yxatga olishning qiyinligidadir. Shuning uchun kuzatuvchiga boshqa tekshirish usullaridan foydalanilgan holda ma’lum bir yordam beriladi, ya’ni xronometriyasi olinadi, kinosyomka qilinadi, pulsometriya va boshqalar qilinadi.
Ochiq kuzatish deb, o‘qituvchi va talaba kuzatuv olib borila- yotganligiga aytiladi.
Yashirin kuzatuvda esa, o‘qituvchi va talaba kuzatuv olib borila- yotganligini bilishmaydi va ularning xatti-harakatlari tabiiyligicha qolaveradi. Pedagogik kuzatishlar vaqt belgisiga qarab uzluksiz va bo‘lingan bo‘ladi. Вunda hodisalarning asosiy xususiyatlari о‘rganiladi. Pedagogik kuzatish jarayonida bir nechta mustaqil kuzatuvchilar bilan birgalikda olib borilsa, aniq ma’lumotlar olish mumkin. Jismoniy tarbiya jarayonini shunday tomonlarigina, ya’ni o'qitish va tarbiya jarayonini buzmasdan qayd qilish pedagogik kuzatish ob’ekti bo‘lishi mumkin.
0 ‘quv rejasida yengil atletika bo‘yicha pedagogik analizni o‘quv praktikasini vaqtida bajarish ko‘zda tutilgan. Bu topshiriqni bajarishda o‘quv gruppasi 3-4 kuzatuvchidan iborat guruhlarga bo‘linadi. Guruhlar faoliyatining taxminiy yo‘nalishi shunday bo‘linadi:
Guruh A - darsni boshlanishida, asosiy va oxirgi qismlarida topshiriqni bajarilish tahlili.
Guruh В - o'qituvchi va o‘quvchini mashqni bajarilishini kuzatish.
Guruh V - darsda qo'llaniladigan usul va vositalarni tahlili, maxsus va umumrivojlangan mashqlardan maqsadga muvofiq foydalanish, darsda gruppali, individual metodlardan foydalanishning to‘g‘riligi va boshqalar.
Guruh G - darsning umumiy va motor zichligi tahlili. Guruh D - 2 ta bajaruvchining qiyshiq pulsi tahlili.
Guruh E - darsning emostional bahosi, gruppa bilan aloqa, xatolarni topish va tuzatish.
Dars tugagandan so'ng talabalar olingan materialni tizim-lash- tiradilar, kattalar guruhlarda qisqa axborot qiladilar. 0 ‘qituvchi pedagogik kuzatishdan olingan natijalarni umumlashtirib, differen- siyalashgan bahoni aniqlaydi.
Pedagogik tajriba ilmiy-tekshirish uslubiga o‘xshab, tekshi- ruvchiga ikkinchi darajali ta’sirlarni bartaraf qilishda zarur sharoitni tug'dirish ko‘zda tutiladi.
Tajriba o'tkazish jarayonida shartlarni tekshirish jarayonida tekshiruvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishi mumkinligi ko'zda tutiladi, Uning shartlari esa ko‘p yoki kam darajada jismoniy tarbiya jarayonini o‘ziga xos sharoitidan farq qiladi. Darajasiga bog'liq bo‘lgan holda shart-sharoitlar o ‘zgarishini shunday farqlanadi: tabiiy, modelli va laboratoriya sharoitidagi tajribalar.
Tajriba ayrim faktlarni aniqlashga yoki biron-bir ko‘rsatkichlarni taqqoslashga qaratilishi mumkin. Tajriba oxirida jismoniy tayyor- garligi, yoshi, jinsi o‘xshash gruppalar qatnashadi, lekin mashg‘- ulotlarni biron-bir faktlari bilan (ya’ni yuklama-ning hajmi, mashg‘- ulotlarning yo'nalishi vai boshqalar) farq qiladi. Umumiy qabul qilingan qoilanma bo‘yicha shug'ullanadigan guruhlarni nazorat guruhlari deb, boshqalarni esa tajribali guruhlari deb ataladi. Tajribani yakunlash uchun matematik statistika usullardan foydalaniladi.Yengil atletika mashqlari texnikasini tahlil qilish Amaliy mashg'ulotlarda har bir talaba sakrash, yugurish, irg‘itish
va itqitish texnikasi elementlarini baholash mahoratini egallamog‘i
kerak.Texnikaning eksport bahosi. Mashqlar texnikasini eksport bahosi bo‘yicha mashg'ulotlarni tashkil qilishda mashqlanayotganlar 3 ta guruhga bo‘Hnadi - А, В, V. Hamma talabalar bilan o‘tkazilgan mashqlarni umumiy qismidan keyin A guruh masofaga yugurish texnikasini ko‘rsatishgatayyorlanadi. В Guruh va V guruh mashg‘ulot uchun joy tayyorlash, tajriba olib boruvchilar joylashishini aniqlash bilan shug‘ullanadilar. Keyin A guruhdagi har bir talaba 60-10 m ga bo‘lgan yugurishni bajaradi, tajriba olib borayotganlar texnikani bahosini o‘tkazadilar. Undan keyin A guruh tajriba olib boruvchilar guruhiga o‘tadilar va В guruhsi bilan birgalikda uzunlikka sakrash texnikasi bahosini o‘tkazadilar. So‘ngra V guruhsi yadroni otishni ko‘rsatadi!ar. A va В guruhlari tajriba qiluvchilar holida chiqadilar.
Xulosa:Texnikaning har bir elementi 5 ball tizimida baholanadi. Yaqin masofaga yugurishda start, start olib yugurish, masofa bo'yicha yugurish va marraga etib kelish baholanadi. Uzunlikka sakrashda dastlabki holat, tez yugurish, zarb bilan itarilish, sakrash, erga tushish baholanadi.
Ballarni jamini chiqarishda o'rta arifmetik baho aniqlanadi, bun- dan tashqari, juda yaxshi bajarilgan mashqlar ballarining jami 100 ga ko‘paytiriladi. Shundan keyin, mashqlarni bajarilish texnikasiga muvofiq foizi belgilanadi
Shunga o'xshash tarzda yengil atletikaning qolgan turlari texnika- sining eksport bahosi o‘tkaziladi.
Xulosa
Yosh avlodni jismonan sog‘lom, aqlan yetuk bcflib o‘sishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga bo‘lgan e ’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada qabul qilingan qonunlar jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga keng yo‘l ochib bermoqda. Xususan, “Jismoniy tarbiya va sport’1to ‘g ‘risidagi qonun, O ‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning
«0 ‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasini tashkil qilish to ‘g‘risida»gi farmoni va boshqa bir qancha qonun va farmonlar ta’lim muassasalari va boshqa turdagi sport jamiyatlarida, sport turlari bo'yicha to'garaklarni tashkil etish, boialarni jismoniy, ma’naviy- axloqiy tarbiyalashning' zamonaviy shakl va uslublarini ishlab chiqish, murabbiy va o'qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirishni talab qilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Ta’lim to‘g‘risidagi” 0 ‘zbe- kiston Respublikasi qonuni qoidalariga muvofiq holda yangi o‘quv rejalari, dasturlarining zamonaviy didaktik ta ’minotini ishlab chiqish Oliy o‘quv yurtlari faoliyatida milliy tajribalarning tahlili va jahon miqyosidagi yutuqlar asosida yangi darsliklarni o'quv adabiyotlarini yaratish vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan 2013-yil 25-fevralda 0 ‘zbekiston Respublikasi sportchilarini Reo-de-Janeyro (Braziliya) shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpia va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va iqtidorli, istiqboli bor o'quvchi yoshlarni izlab topish va tayyorgarlikning ko‘p-yillik sikllariga yo‘naltirish masalalariga qaratilgan.Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo'yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Sport sohasida iste’dodli o ‘smir va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yirik musobaqalarga tayyorlash va xalqaro toifadagi sport ustalariga munosib zahiralarni tayyorashdan iborat bo'ladi.
Yurtimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunlarning qabul qilinganligi mamlakatimizda mala- kali kadrlarni tayyorlash ularni bilim darajasini oshirish masalalarini hal etishda dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, ushbu qonunlarning joylarda ijrosini ta'm inlash, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tarkibiy qismi yurtimizda o'tkazib kelinayotgan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalarida o‘quvchi, talaba-yoshlar toblanib ko‘p- yillik tayyorgarlik bosqichlariga yo'naltirib borilayotganligi xalqaro maydonlarda ushbu sportchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqdalar. Ayniqsa, o‘quvchi yoshlarni rivojlanganlik darajasi, sog'ligini mustahkamlashda tayyorgarlik darajasini oshirishda va irodaviy fazilatlarini shakllantirishda yengil atletika mashqlaridan keng foydalanib kelinmoqda. Biz bilamizki, yengil atletika mashqlari turli xil bo‘lib, Jahon chempionatlari va Olimpia o ‘yinlari dasturidan ushbu sport turi bo'yicha 47 ta oltin medallar uchun kurash olib boriladi va bu turlarning barchasi “klassik” turlar hisoblanadi.
Shunday ekan, yengil atletika mashqlari nafaqat jism oniy tarbiya va sportda, balki, ta’lim sohalarining barcha tarmoqlarida har bir soha xodimlarining kundalik hayot tarziga aylanib bormoqda. Yengil atletika orqali aholini sog'ligini mustahkamlashda yurish, yugurish mashqlarining inson salomatligidagi o‘rni juda kattadir. Maktabgacha ta’lim, umum ta’lim maktablari, akademik-litseylar, kasb hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarining ta’lim jarayonlariga kiritilganligi o ‘qitishvao‘rgatishmetodikasini-yildan-yilgatakomillashtiribborishni taqozo etmoqda. Bu esa nafaqat ta’lim sohasini takomillashtirish balki, o'qitish va o‘rgatish amaliyoti darslarini samarali tashkil qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yengil atletika sport turlari eram izdanaw algi 776-yillardan boshlab aholi o‘rtasida ushbu sport turlaridan foydalanib kelishganligi haqida qadimiy bitiklarda ma’lumotlar berilgan. Darhaqiqat 1896-yilda Gretsiyaning Afina shahrida o'tkazilgan I Olimpiada o ‘yinlarida ham yengil atletikaning 12 turlari o ‘rin olgan.
Ko'p-yillik o‘z tarixiga ega bo‘lgan ushbu yengil atletika turi “ Sport qirolichasi” deb atalishi bejizga emas. Yengil atletika sport turi-yillar davomida ommaviyligi oshib butun jahonda rivojlanib kelmoqda. Respublikamizda ham rivojlanib kelayotganligi va barcha nholi shug‘ullanayotganligi quvonarli hoi albatta. Yengil atletika mashqlarini o'rgatish va o'rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha juda ko'plab yyetakchi olimlar faoliyat yuritishgan hamda o'quv adabiyotlarni yaratishgan. Ulardan N.G.Ozolin, Yu.G.Travin, V.P.Filin, L.S.Xomenkov, V.I.Voronin, E.N.Matveyev, Yu.N.Primakov, X.T.Rafie , G.G.Arzumanov, A.Malixina, K.T.Shakirjanova,
R.Q.Qudratov, E.R.Andresslar shular jumlasidandir. Hozirgi texnika zamonasida elektron darsldtlarga va yangi talqindagi yengil atletika darsliklarga bo'lgan ehtiyoj'kun sayin ortib bormoqda. Biz ko‘plab adabiyotlarni o‘rganib tahlil etganimizda aksariyat adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar xorijiy tillarda chop etilganligini ko'rishimiz mumkin.
Bugungi kungacha yaratilgan darsliklarda ularni mazmun mohi- yati juda chiroyli qilib ishlangan bo‘lsada-yildan-yilga o‘rgatish metodikalari, musobaqa qonun qoidalari o‘zgarib bormoqda. Bu esa yangi adabiyotlarni yaratish ehtiyojini keltirib chiqaradi.
Ushbu yaratilgan darslik Oliy va o ‘rta maxsus o‘quv yurtlarining 5112000 Jismoniy madaniyat bakalavr yo‘nalishi, Olimpia zahiralari kollejlari, BO‘SM va IBO‘OZSM yengil atletika bo‘limlari tarbiyalanuvchilari va yengil atletika bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yosh o‘qituvchi, murabbiy va talabalari uchun m o‘ljallangan bo‘lib. Yengil atletika va uni o'qitish metodikasi fan dasturi asosida tayyorlangan.
Mualliflardarslikni tayyorlashda yaqindan yordam bergan 0 ‘zDJTI “Yengil atletika, og‘ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri M.S.Olimov, katta o‘qituvchisi I.R.Soliyev hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida ismi sharifi ko‘rsatilgan kasb- doshlariga o‘z minnatdorlchiligini bildiradi. Ishonamizki, ushbu dars lik ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va murabbiy- larining kasbiy tayyorgarligini oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |