Yengil atletika turlarining ta’rifi va tasnifi


Yengil atletika bo’yicha sport inshootlari, jihozlari va ularni ishlatish



Download 157,33 Kb.
bet7/12
Sana14.06.2022
Hajmi157,33 Kb.
#671063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yuqori sinif o’quvchilarini yengil atletika sport turiga qiziqishini oshirish yo’llari

2.2Yengil atletika bo’yicha sport inshootlari, jihozlari va ularni ishlatish.

Stadiondagi aylanma yo‘lka 400 m uzunlikka ega bo‘lishi lozim. Tekis yugurish yo‘lkasi o ‘tkaziladigan masofalarga nisbatan 18- 20 m ga (startgacha 3-5 m va marradan keyin 15 ni) uzunroq bo‘lishi kerak. Aylanma yugurish yolkasi ikkita parallel bo‘laklardan iborat, bir xil burilishlar bilan ohista birlashtirilgan berk kontur hisoblanadi . Oliy va birinchi darajali musobaqalarda aylana bo‘ylab 8 ta yo‘lka va to ‘g‘ri masofa bo‘ylab 10 ta yo‘lka bolishi kerak, boshqa musobaqalarda 6 ta yo‘lka mavjud bolishiga ruxsat beriladi. Yo‘lka kengligi — 125 sm, yo‘lkani chegaralovchi chiziq kengligi — 5 sm. Harakat bo‘ylab o‘ngda joylashgan chiziq kengligi yo‘lka kengligiga kiradi. Yolka kengligini 5-10 sm ga qisqartirishga (to‘siqlar osha yugurishdan tashqari) ruxsat beriladi. Yugurish yo‘lkasi va sektorlarning yuzasi bir xil darajada bolishi va notekisliklar, qiyaliklar bo‘lmasligi lozim.


Yugurish yo‘lkasi uzunligin marra chizig‘idan teskari harakat yo‘nalishiga qarab amalga oshiriladi: birinchi yo’lkani yo‘lka chetidan 30 sm, qolgan yolkalar — 20 sm nari turgan shartli chiziq bo‘yicha o’lchanadi. O’‘lchashdagi xatolik 0,0003mm dan oshmasligi zarur . Yugurish yo’lkalari yuzasida, yo’lkalarni chegaralovchi chiziqlardan tashqari, quyidagi belgilar bo‘ladi: ham mamasofalar uchun marra chizig‘i, alohida yo‘lkalar bo‘yicha start chiziqlari, umumiy yo‘lka bo‘ylab yugurishda start chizig‘i, yuguruvchilarning alohida yolkalardan umumiy yo‘lkalarga o‘tish chiziqlari, estafetali yugurishda tayoqchani uzatish zonasi chegaralari, umumiy yo‘lka bo'ylab yugurishda startdan oldin saflanish chizig‘i (start chizig‘iga parallel holda, uning 3 m orqasida), marra chizig'i oldidan oxirgi 5 m ni belgilovchi chiziqlar (1 m oraliq bilan). Bu chiziqlar qoidalarga binoan har xil rangda chiziladi. Esda tutish lozimki, finish chizig'i masofa o‘lchamiga kirmaydi, start chizig‘i esa kiradi.Marra chizig‘ining ikkala tom oni bo‘ylab oxirgi yolkaning ichkari chekkasidan va o‘ng chizig‘idan kamida 30 m masofada marra tekisligida 1,4 m balandlikdagi marra ustunlari o ‘rnatiladi. Marra ostonasining ikkala tomoni bo‘ylab kamida 5 m masofada vaqt o’lchovchi hakamlar va marra hakamlari uchun hakamlar minorasi jihozlangan bo‘lishi lozim.G‘ovlar osha yugurish uchun uning balandligini o ‘zgartirish mumkin bo‘lgan g‘ovlardan foydalaniladi. G‘ov yog‘och ustundan iborat, uning qolgan qismlari esa istalgan ashyodan (asosan temirdan) bolishi mumkin. G‘ovlarning balandligi va ularni masofa bo‘ylab joylashtirish musobaqa qoidalarida ko‘rsatilgan. Qo‘shni yolkalarda turgan g‘ovlar bir-biriga tegib turmasligi lozim, g‘ov marra tom o’[nga yiqilishi kerak.To‘siqlar osha yugurishni o ‘tkazish uchun 80-100 kg vaznga ega mustahkam holatda turuvchi statsionar to ‘siqlardan foydalaniladi. To‘siqlarning tuzilishi ixtiyoriy bolishi mumkin, lekin ularning olchamlari qoidalarga mos bolishi zarur. Suv toldi rilgan chuqurcha marra qarshisidan burilishda, yo‘lkaning tashqi yoki ichki tomonida bo’lishi lozim. To‘siq!ar orasidagi masofa ushbu stadiondagi haqiqiy aylana uzunligining 5 qismiga teng bo’lishi kerak.


Xulosa;
Yengil atletika mashqlarining kelib chikishi tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Odamlar yugurishi sakrash va uloqtirishni, tabiiy zarur xarakat sifatida kadim zamonlardan beri mexnatda va kundalik xayotda qo`llab kelganlari ma’lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm bo`lganiga qadar ko`p yillar o`tdi. Ibtidoiy jamoa tuzimi davrida yengil atletika mashiklari odamlarning mexnat faoliyati bilan chambarchas bog`lik edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o`ta boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma’lum darajada mustaqil bo`lla boshladi.Yugurish, sakrash va uloqtirish qadimiy Gretsiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori, ular quldorlarning xarbiy-jismoniy tayyorgarligida katta o`rin egalladi va kabilalar xamda umumgrek diniy bayramlarining muxim qismini tashkil etadigan bo`ldi. Bunday tantanalarning eng axamiyatlisi Olimpiya o`yinlari xisoblanadi.Feodal jamiyatida, ayniqsa ilk o`rta asrlar davrida jismoniy mashqlar xalq ommasiga rasm bo`lgan edi. Rivoyatlar qissalar va boshqa madaniyat yodgorliklari o`yin kulgularida o`ziga xos jismoniy mashqlar ko`p bo`lganidan dalolat beradi. Ko`p manbalarda xalk turmushida tez yugurish, Yugurib kelib uzunlikka sakrash va tosh uloqtirishdan iborat uchkurash mavjud bo`lgani ko`rsatiladi.Shavkatsiz ekspluatatsiya, bo`sh vaqt va keraklicha moddiy sharoit bo`lmaganligi xalq jismoniy mashqlarining taraqqiyot darajasiga ta’sir ko`rsatadi. Shu sababdan feodalizim davrida xama vaqt xalq jismoniy mashqlari an’anaviy o`yin kulgilar xarakterida bulib, faqat bayram kunlarida o`tkazilar edi.Shaxar axolisi va feodallarning xarbiy jismoniy tayyorgarligida esa yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari katta o`rin tutar edi.



Download 157,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish