Yaxshilik qilishdan charchamaylik!
Sir emaski savob ishlar nafaqat muxtojlarga yordam beradi, balki yana savob ish qilgan insonning kayfiyatini ham ko`taradi. Olimlar qanday qilib boshqalarga yordam bergan holda, o`zingizni yanada ko`proq baxtli qilish mumkin ekanligi ustida bosh qotirishdi.
Yoshi, jinsi, vaz`mi yoki millatidan farqli har qanday inson birinchi navbatda baxtga erishishni maqsad qiladi. Shu maqsadiga erishish uchun ular ko`p pul, vaqt va kuchlarini sarflashadi. Lekin insonni nima baxtli qiladi?
Savob ishlar birinchi navbatta savob ish qilingan insonni baxtli qiladi, lekin savob ish qilgan inson ham shu qilgan ishidan o`zini baxtli his qilishi aniq. Bir tadqiqot vaqtida aniqlandiki, agarda inson haftaning bir kunida beshta kutilmagan savob ishlarni qilsa, olti xaftadan keyin U o`zini juda baxtli his qilar ekan.
Bundan tashqari inson ish kunining oxirida ketgan vaqti bekor bo`lmagani, hatto uning qilgan ishi jamiyatning yanada yaxshilanishiga oz bo`lsada hissa qo`shganini his qilsa, U inson dam olishga yaxshi kayfiyat bilan chiqib ketarkan.
Ruhshunoslar savob ishlarning qanday usuli insonlarning kayfiyatini ko`tarishini aniqlash maqsadida tadqiqot o`tkazishdi. Ruhshunoslarni birinchi bo`lib aynan qanday savob ishlar insonlarni baxtli qilishi qiziqtirdi.
Ruhshunoslar tadqiqot ishtirokchilariga ikkita usul taklif etishdi: birinchi usul – shunchaki kimnidir baxtli qilish, ikkinchisi esa aniq ko`rsatma bilan – kimningdir yuzida tabassum uyg`otish. Tadqiqotdan so`ng ishtirokchilardan qaysi usul ularni baxtli qilishganini so`rashganlarida: ko`pchilik ishtirokchilar birinchi usul deb javob berishgan. Ularning fikricha baxtli bo`lish tuyg`usi, yuzda tabbasum paydo bo`lishidan yaxshiroq ekan.
Ikkinchi tadqiqotda esa ishtirokchilarga savob ishlar uchun 24 soat berishdi. Ishtirokchilarning yarimi birinchi usulni tanlashdi – kimnidir baxtli qilish, qolgan yarimi esa kimgadir tabassum baxsh etishlari kerak edi. Ishtirokchilar ikkala guruhda ham bir xil savob ishlar qilishdi (sovg`alar berishdi, uysizlarga ovqat va suv tarqatishdi va hokazo); bu erda birinchi usulni qo`llagan ishtirokchilar, insonlarda tabassum uyg`otishni istagan ishtirokchilarga qaraganda o`z ishlaridan kam mamnun bo`lishdi.
Shunday qilib, kayfiyatingiz ko`tarilishi uchun birgina savob ishlar qilish etarli emas ekan. Savob ishni qilishda maqsadni aniq qo`yadigan inson o`z ishidan ko`proq mamnun bo`larkan.
Shunday ekan, yaxshilik qilishdan charchamaylik. Agar holdan toyib qolmasak, o`z vaqtida buning hosilini o`rib olamiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |