12.Bug’lanish jarayoni. Kondensasiya
1. Solishtirma bug’lanish issiqligi λb bilan solishtirma kondensasiya issiqligi λs orsidagi munosabatni ko’rsating.
A)λb >> λs B) λb = λs C) λb > λs D) λb < λs
2. Bug’lanishga teskari jarayon qaysi javobda berilgan?
A)rekombinasiya
B)kondensasiya
C)korroziya
D)sublimasiya
3. Qaynash temperaturasi 10 kg suv bug’i olish uchun necha joul issiqlik miqdori kerak?Suvning solishtirma bug’lanish issiqligi 2,2∙105J/kg.
A)2,2·10-5 B)2,2·106 C)10·105 D)2,2·105
4. Qaynash temperaturasida 300 g ruxni bug’ga aylantirishda qancha issiqlik miqdori (kJ) sarflanadi?Ruxning solishtirma bug’lanish issiqligi 1,8·106 J/kg.
A)57000 B)5700 C)540 D)60
5. To’yigan bug’ bosimi bilan xajmi orasida qanday bog’lanish borligini aniqlang.
A) bosim xajmga to’g’ri mutanosib
B) bosim xajmga teskari mutanosib
C) bosim xajmga bog’liq emas
D) xajmning kvadratiga teskari mutanosib
6. Berk idishda fakat to’yingan suv bug’i bor (suv yo’q). Idish isitilganda, bug’ molekulalarining konsentrasiyasi qanday o’zgarishini toping.
A) ortishi xam, kamayishi xam mumkin
B) ortadi
C) kamayadi
D) o’zgarmaydi
7.Qanday xolda gazlarni suyuqlikka aylantirish mumkin bo’ladi?
A) kritik temperaturadan past temperaturalarda
B) xar qanday temperaturada
C) faqat kritik temperaturada
D) kritik temperaturadan past temperaturada.
8. Kritik temperatura nima?
A)buglanish tempraturasi
B) kaynash tempraturasi
C) bug’ zichligi suyuklik zichligidan katta bo’la boshlaydigan temperatura
D) gazni (bug’ni) siqish yo’li bilan suyuqlikka aylantirib bo’lmaydigan eng past temperatura
9. Laboratoriyada 1-yopik idishda suv va suv bug’i bor, 2-idishda esa faqat to’yingan suv bug’i bor. Xarorat ortganda, bu idishlardagi bosim qanday o’zgarishinn aniqlang.
A) 1-idishda ko’proq ortadi
B) 2-idishda ko’proq ortadi
C) Ikkalasida bir xil ortadi
D) 1-idishda o’zgarmaidi, 2-idishda ortadi
10. Ta’rifni davom ettiring. Xavodagi suv bug’ining parsial bosimi qarlayotgan xajmda
A) boshqa gazlar bo’lmaganda suv bug’i berishi mumkin bo’lgan bosim
B) suv bug’i to’yinganda xosil qiladigan bosim
C) suv bug’ining kritik temperaturadagi bosimi
D) xavoniig barometr ko’rsatadigan bosimi
11.Moddaga tegishli bo’lgan kritik temperaturadan yuqori temperaturalarda u qanday agregat xolatda bo’ladi?
A) gaz va suyuq
B) qattiq
C) to’yingan bug’
D) gaz
12. Qanday xolatda jismning zichligi xarorat ortishi bilan ortadi?
A) to’yinmagan bug’ xolatida
B) suyuq xolatda
C) qattiq xolatda
D) to’yingan bug’ xolatidagi
13. Quyidagi jumlalarning qaysi biri noto’gri ekanligini aniqlang.
A) To’yingan bug’ Mendeleyev-Klapeyron qonuniga bo’ysinadi.
B) To’yingan bug’ning elastikligi o’zgarmas temperaturada egallab turgan xajmga bog’liq emas.
C) Temperatura qancha yukori bo’lsa to’yingan bug’ning elastikligi shuncha katta bo’ladi.
D) O’zining suyukligi bilan dinamik muvozanatda bo’lgan bug’ to’yingan bug’ deyladi.
14. To’yingan suv bug’ining bosimi 20°C da 2,33 kPa ga teng. Ushbu xonada shudring nuktasi 9°C ga teng. Nisbii namlikni (%)larda aniqlang. 9°C xaroratda to’yingan bug’ bosimi 1,15 kPa.
A) 4,5 B) 50 C) 90 D) 100
15. O’zgarmas tashqi bosimda qaynash boshlanib, suv qaynab tamom bo’lguncha uning xarorati qanday o’zgaradi?
A) ortadi
B) kamayadi
C) o’zgarmaydi
D) avval ortadi, so’ngra pasayadi
16. Germetik berk idiщdagi suv 104°C da qaynadi.Buning sababi nima?
A) Idishdagi bosim normal atmosfera bosimdan yuqori.
B) Idishdagi bosim normal atmosfera bosimidan past.
C) Suv juda sekin isitilgan.
D) Suv juda tez isitilgan.
17. Usti ochiq idishdagi suv 96°C temperaturada qaynadi. Buning sababi nimada ekanligini aniqlang.
A) xavo bosimn normal atmosfera bosimidan kichik
B) xavo bosimi normal atmosfera bosimidan katta
C) suv sekin isitilgan
D) suv tez isitilgan
18. Chizmada suv temperaturasining vaqt bo’yicha o’zgarish grafigi keltirilgal. Bu grafikning MN qismi qaysi xodisani ifodalashligini ko’rsating.
A) bug’lanish
B) kondensasiya
C) isish
D) qaynash
19. Pallali taroziga ikkita bir xil idish qo’yilgan. Bir xil bosim va bir xil xaroratda idishlardan biri quruq, ikkinchisi nam (tuyingan suv bug’i) xavo bilan to’ldirilgan. Idishlardan qaysi biri og’ir? Xavoning molyar massasi 29∙103 kg/mol suvning molyar massasi 18∙103 kg/mol ga teng.
A) idishlar bir xil og’irlikga ega
B) nam xavoli idish
C) quruq xavoli idish
D) ma’lumotlar yetarli emas
20. 1m3 xavoda 15 g suv bo’lsa, uzunligi 50 m, eii 5 m va balandligi 4 m bo’lgan maktab koridorida qancha namlik bor (kg)?
A) 29,4 B) 28,6 C) 39,2 D) 15
21. 20°C temperaturada 2m3 xavoda 20g suv bug’i bo’lsa, xavoning nisbiy namligi qancha (%)?20°C temperaturada to’yingan suv bug’ining zichligi 17,3 g/m3
A) 70 B) 62 C) 65 D) 58
22. Ichida namlikni yutuvchi modda bo’lgan naycha orqali 1l xavo o’tkazilganda, xavoning absolyut namlign 30 g/m3 ekanligi aniqlangan. Bunda naychaning massasi qanchaga ortgan?
A) 3 mg B) 30 mg C) 3 g D) 0,3 g
23. Ichida namlikni yutuvchi modda bo’lgan naycha orqali 20 l xavo o’tkazilgan. Bunda naychaning massasi 600 mg ortdi. Xavoning absolyut namligini xisoblab toping (g/m3).
A) 30 B) 20 C) 40 D) 50
24. 15°C temperaturada berk idishdagi nisbiy namlik 90% ga teng. Agar temperatura 29°C gacha ko’tarilsa, nisbiy namlikni (%) aniqlang. 15°C dagi to’yingan suv bug’ining elastikligi 9,2. 29°C da esa 23,8 mm sim. ust. ga teng.
A) 31 B) 35 C) 15 D) 29
25. Temperatura ortishi bilan xavoning absolyut va nisbiy namligi qanday o’zgarishini aniqlang.
A) absolyut namlik o’zgarmaydi, nisbiy namlik esa kamaadi
B) absolyut namlik ortadi, nisbiy namlik kamayadi
C) ikkala namlik xam ortadi
D) ikkala namlik xam kamayadi
26. Keltirilgan fikrlarning qaysi biri noto’g’ri?
1.Shudring nuqtasida xavoning nisbiy namligi 100% oshadi
2. Suv bug’i to’yinadigan xoldagi temperatura shudring nuqtasi deb ataladi
3. Xavo shudrint nuqtasigacha sovisa,bug’ kondensasiyalana boshlaydi, tuman xosil bo’ladi, shudring tushadi.
4. Shudring nuqtasida suv bug’larining elastikligi to’yingan bug’ plastikligiga teng.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
27. Agar xavoning nisbiy namligi 50%, temperaturasi 16°C bulsa, absolyut namlik nimaga teng bo’ladi (kg/m3)? 16°C temperaturada to’yingan bug’ zichligi rT=13,6∙103 kg/m3.
A)4,8∙10-3 B)6,8∙10-4 S)8,8∙10-4 D)6,8∙10-3
Do'stlaringiz bilan baham: |