Xesh funksiya deb, ixtiyoriy uzunlikdagi (bit yoki bayt birliklarida) ma’lumotni biror fiksirlangan (kayd kilingan) uzunlikdagi (bit yoki bayt birliklarida) qiymatga o’tkazuvchi funksiyaga aytiladi.
Xesh – funksiyalar:
statistik tajribalarni o’tkazishda;
mantiqiy qurilmalarni tekshirishda;
tez qidirib topish algoritmlarini tuzishda;
ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning to’laligini tekshirishda qo’llaniladi.
Masalan, xar - xil uzunlikdagi ma’lumotlarning katta ro’yxatidan kerakli ma’lumotni tez qidirib topishda bu ma’lumotlarni bir - biri bilan taqqoslashdan ko’ra, ularning nazorat yig’indisi vazifasini bajaruvchi xesh qiymatlarini solishtirish qulayroqdir .
Do'stlaringiz bilan baham: |