Xususiyatlari:
Diskdagi barcha ma’lumotlarni (master boot record, (MBR)
bilan) yoki MBR siz shifrlashni amalga oshiradi.
Asosan disk ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etiladi.
Apparat yoki dasturiy ko‘rinishdagi vositalar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Foydalanuvchi shaxsiy xabarlarni alohida shifrlashni unutgan vaqtlarda juda qo‘l keladi.
Zudlik bilan ma’lumotlarni yo‘q qilish, masalan, kriptografik kalitni yo‘q qilish mavjud ma’lumotni foydasiz holatga keltiradi.
Kelajakdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tiklash usullariga bardoshli bo‘lishi uchun diskni fizik yo‘q qilish tavsiya etiladi.
Qattiq diskni shifrlash - bu matematik algoritmlardan foydalangan holda disk qismidagi yoki butun diskdagi ma'lumotlarni o'qib bo'lmaydigan kodga aylantirish jarayoniga aytiladi. Natijada ma'lumotlarga ruxsatsiz kirishning iloji bo'lmaydi. Shifrlangan drayverga kirish uchun foydalanuvchi parol, barmoq izi yoki smart-kartadan foydalanishi kerak. Shifrlashni dasturiy yoki apparat mexanizmlari yordamida amalga oshirish mumkin.
Mijoz qurilmalari odatda dasturiy shifrdan foydalanadilar. Shifrlash fayl darajasida yoki butun qattiq diskda bajarilishi mumkin.
To'liq diskni shifrlash shunchaki fayllar, papkalar yoki fayl tizimlarini emas, balki butun diskni (har bir sektor) shifrlanganligini anglatadi. FDE qattiq disklari tizim o'g'irlanishi yoki yo'qolishi xavfi ortishi sababli ko'chma tizimlarda odatiy holga aylanib bormoqda.
"To'liq diskni shifrlash" atamasi dastlab Seagate tomonidan ishlatilgan, ammo hozirda ushbu tarmoq to'liq shifrlanishi mumkin bo'lgan barcha qattiq disklarda qo'llaniladi.
FDE qattiq diskida xavfsizlik xususiyatlari har doim ishlaydi va xavfsizlik siyosati bajarilgunga qadar “drayver” odatdagidek ishlaydi.
Qog’oz ko’rinishidagi axborotni xavfsiz yo’q qilish usullarini tushuntiring.
Maydalash:
Bir marta sotib olish bilan uzoq vaqt foydalanish mumkin
Materiallarni yo‘q qilish uchun qo‘shimcha joy talab qilinmaydi
Maxfiy ma’lumotlarni ham maydalay oladi.
Yoqish:
Tashkilot ichida yoki tashqarichida qog‘ozlarini yoqish uchun maxsus joy bo‘lishi talab etiladi.
Agar yonish yuqori sharoitda maxsus qozonxonalarda amalga oshirilmasa, qattiq bosilgan papkalarni saqlanish ehtimoli mavjud.
Olovni yoqish va yuklash-tushirish amallari hisobida ortiqcha xarajat talab etadi.
Ko‘mish:
Avvallari keng foydalanilgan usul hisoblansada, hozirda kamdan-kam hollarda foydalaniladi.
Ushbu usul qog‘oz ma’lumotlarni to‘liq yo‘q qilish imkoniyatini bermaydi.
Iqlimi quruq hududlarda qozog‘ ma’lumotlarni yo‘q bo‘lishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.
Kimyoviy ishlov berish:
Qog‘oz ko‘rinishidagi axborotni 100% ishonchlik bilan yo‘q qilish imkonini beradi.
Maxsus kimyoviy modda va suvdan foydalaniladi.
Hosil qilingan massani tiklashning umuman imkoni mavjud emas.
Yagona kamchiligi uning narxi yuqoriligi va maxsus joy talab etilishidir.
. Elektron axborotni xavfsiz yo’q qilish usullarini tushuntiring.
O‘chirish degani bu yo‘q qilish degani emas
Delete
Shift+Delete
Formatlash ham
Ularni osonlik bilan tiklash mumkin
Recuva, Wise Data Recovery, PC Inspector File Recovery, EaseUS Data Recovery Wizard Free, TestDisk and PhotoRec, Stellar Data Recovery dasturlar yordamida.
AQSh hukumatida konfidensial axborotni saqlash va o‘chirib tashlash bo‘yicha qator normativ hujjatlar ishlab chiqilgan.
Masalan, AQShning markaziy arxiv markazlarida elektron saqlagichdagi ma’lumotni yo‘q qilishning quyidagi uchta usulidan amalda foydalaniladi:
Shredirlash
Magnitsizlantirmoq
Yanchish
Do'stlaringiz bilan baham: |