Tug’ma yassi oyoqlik tashxisini 5-6 yoshdan oldin qo’yish qiyin, chunki ushbu yoshgacha bo’lgan bolalarda yassi oyoqlikning barcha elementlari aniqlanadi. Ammo, barcha holatlarning taxminan 3 foizida, yassiq oyoqlik tug’ma bo’ladi. Travmatik yassi oyoqlik — to’piq, tovon, kaftoldi suyaklari sinishining natijasida rivojlanadi. Paralitik yassi oyoqlik — oyoq panjasi mushaklari va oyoqning pastki qismi mushaklari falajlanishi natijasidir (poliomielit oqibatida). Raxitik yassi oyoqlik raxit natijasida oyoqning zaiflashgan suyaklarida tananing yuki tushishi oqibatida rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |