Variant №118
Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslanishi. Qushlarning xilma-xilligi.
1. Qaysi qush yoz oxirida urug’ va hasharotlarni daraxtlar po’stlog’i yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga yopishtirib qo’yadi, oziq taqchil bo’ladigan qish yoki erta bahorda ana shu oziqni topib yeydi, bu qaysi qushga tegishli ta’rif.
A) olaqarg’a; B) qorayaloq;
C) zarg’aldoq; D) chittak;
2. Qaysi qush qishlash uchun shimoliy xududlardan o’lkamizga uchib keladi
A) tasqara; B) go’ngqarg’a;
C) chumchuq; D) qora kalxat;
3. Qaysi qush kech kuzda yashash joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolmay qolgandan so’ng uchib ketadi
A) bulbul; B) so’fto’rg’ay;
C) oqqush; D) zarg’aldoq;
4. Qaysi qush yoz oxirida yoki erta kuzda hali uya qurgan joyda havo iliq va oziq mo’l bo’lishiga qaramasdan uchib ketadi
A) oqqush;
B) laylak;
C) oq chil kaklik;
D) qorayaloq;
5. Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslanishiga ko’ra o’troq qushlarni aniqlang A) zog’cha;
B) bulbul;
C) olaqarg’a;
D) mayna;
6. …………qushning bahorda o’z vataniga uchib kelishi uchun signal bo’ladi
A) kunlarning qisqarishi;
B) uchib ketish instinkti;
C) ko’payish instinkti;
D) uya qurish instinkti;
7. Qaldirg’ochlarni qayerda qishlashi aniqlangan
A) Afrikada;
B) Sharqiy Osiyoda;
C) Hindistonda;
D) A va C;
8. Qaysi turkum barcha qushlar turning deyarli yarmini o’z ichiga oladi
A) kaptarsimonlar;
B) chumchuqsimonlar;
C) g’ozsimonlar;
D) tuvaloqlar;
9. Tanasining orqasi ko’kimtir-qora, qorin qismi oq, peshona va bo’yni qizg’ish-qo’ng’ir, qanotlari ingichka va uzun, oyoqlari kalta va kuchsiz, tumshug’I yassi va qisqa bo’lib keng ochiladi. Bu qaysi qushga berilgan ta’rif
A) yovvoyi o’rdak;
B) qaldirg’och;
C) kaptar;
D) musicha;
10. Qaldirg’och ayvon peshtoqiga qurilgan iniga nechta tuxum qo’yadi
A) 2-3 ta;
B) 3-45 ta;
C) 4-6 ta;
D) 4-9 ta;
11. Go’ngqarg’a o’lkamizdan qachon uchib ketadi
A) mart oyida;
B) aprel oyida;
C) sentayabr oyida;
D) noyabr oyida;
12. Qaldirg’ochning bitta oilasi yoz mavsumida qancha hasharotni qiradi
A) 1mln; B) 1 mlyard;
C) 1 ming; D) 2 ming;
13. Musichalar yil davomida qancha marta bola ochadi
A) 2 marta; B) 1 marta; C) 3 marta; D) 5 marta;
14. Qaysi qush deyarli butun kunni havoda o’tkazib, o’ljasini ham havoda tutadi. Uchib ketayotib suv yuzasiga tegib o’tib cho’miladi va suv ichadi
A) qora kalxat; B) qorayaloq; C) qaldirg’och; D) qirg’iy;
15. O’zbekistonda yo’rg’a tuvaloq ………….
A) juft bo’lib yashaydi;
B) yakka yashaydi;
C) 30 tagacha gala bo’lib yashaydi;
D) 5-6 ta oila bo’lib yashaydi;
16. Yo’rg’a tuvaloq……..sifatida O’zbekiston “Qizil kitob”ga kiritilgan
A) noyob tur;
B) soni kamayib borayotgan tur;
C) qirilib ketayotgan tur;
D) yo’qolib ketish xafi ostidagi tur;
17. Ochiq dasht va cho’llarda yashashga moslashgan, oyoq lari yirik kuchli rivojlangan bo’lib, tez yuguradi. Urg’ochilari 5-6 sm uzunlikdagi och kulrang tuxumlarni tuproq ustidagi chuqurchaga qo’yib bosib yotadi. Bu ta’rif qaysi qushga tegishli
A) oq bag’ir;
B) Afrika tuyaqushi;
C) yo’rg’a tuvaloq;
D) bulduruq;
18. Afrika tuyaqushlarning ochiq dasht va cho’l sharoitiga qanday moslanishlari bor
1-qanotlari oq va qora yo’lli; 2-juft bo’lib yashaydi; 3-patlari yelpig’ich hosil qilmaydi; 4-oyoqlari ikki barmoqli; 5-yerni kovlab uya quradi; 6-tovoni qalin teri bilan qoplangan; 7-urg’ochisi patlari qoramtir-qo’ng’ir; 8-to’sh toj suyagi bo’lmaydi; 9-kichik gala bo’lib yashaydi;
A) 3,4,6,8;
B) 1,3,6,8;
C) 1,4,5,6;
D) 1,6,8,9;
19. Tuyaqushga o’xshash qanotlari deyarli yo’qolib ketgan bo’yi 180 sm keladigan og’irligi 45-54-55kg keladigan Emu qayerda uchraydi
A) Janubiy Amerika;
B) Janubiy Afrika;
C) Avstraliya;
D) Janubiy Osiyo;
20. G’ozsimonlar turkumiga mansub qush oilasini aniqlang
A) laylaklar;
B) turnalar;
C) oqqushlar;
D) qarqaralar;
21. Qanotlari kalta va ingichka eshkakka aylangan baliqlar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadigan qushni aniqlang;
A) gagalar;
B) g’ozlar;
C) o’rdaklar;
D) pingivinlar;
22. Qanotlari keng va qora, oyoqlari uzun va qizil bo’lib yirik daraxtlar shoxiga katta uya quradi. U juda foydali va soni kamayib ketganligi uchun muhofaza qilinadi. Bu qaysi qush
A) bulduruq;
B) qashqaldoq;
C) qoravoy;
D) oq laylak;
23. Imperator pingivinlari………
A) kolonniya bo’lib yashaydi;
B) qanoti eshkakka aylangan;
C) oyoqlari tanasining keyingi qismida birikkan;
D) barcha javob to’g’ri;
24. Urg’ochisining tumshug’I qizg’ish dumi oqish, erta bahorda daryolar bo’yiidagi qamishzorlar va qalin o’tlar orasiga uya quradi. Suv rubidagi balchiqni tumshug’idagi muguz plastinkalar orqali sizdirib o’tkazib undan mayday jonivorlarni va o’simliklarni ajratib oladi. Bu qaysi qush
A) kulrang g’oz;
B) ko’k g’oz;
C) yovvoyi o’rdak;
D) oq laylak;
25. Pingivinlar tarqalgan joylarni aniqlang
1-Antraktida; 2-Janubiy Osiyo; 3-Avstraliya; 4-Janubiy Amerika; 5-Janubiy Osiyo; 6-Janubiy Afrika; 7-old Osiyo;
A) 1,3,4,6;
B) 1,2,3,4;
C) 1,3,5,7;
D) 1,2,4,6;
26. Yevropa laylaklari qayerda qishlaydi
A) Hindistonda;
B) Afrikada;
C) Himolayda;
D) Sharqiy Osiyoda;
27. Musicha qaysi turkumga kiradi
A) chumchuqsimonlar;
B) kaptarsimonlar;
C) qizilishtonsimonlar;
D) tovuqsimonlar;
28. O’zbekistonda xonaki g’ozning ajdodi bo’lgan …………in qurib bola ochadi
A) ko’k g’oz;
B) kulrang g’oz;
C) and g’ozi;
D) suralay g’oz;
29. Qish kezlari g’onqarg’alar bilan ….gala xosil qiladi
A) zag’izg’on;
B) hakka;
C) zarg’aldoq;
D) zog’cha;
30. Imperator pingivinlarining vazni va bo’yi qancha keladi
A) 60 kg, 150 sm;
B) 55 kg, 120 sm;
C) 45 kg, 120 sm;
D) 40 kg, 100 sm;
31. …xonaki o’rdakning nasilboshi xisoblanadi
A) yovvoyi o’rdak;
B) churrak;
C) suqsun;
D) kokildor o’rdak;
32. …..juda foydali qush bo’lgani va soni kamayib ketganligi uchun muhofaza qilinadi. Asosan baqalar, sichqonlar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi, Afrikaning janubiy qismida qishlaydi.
A) g’ozlar;
B) tuvaloqlar;
C) laylaklar;
D) kuykalar;
33. O’rta Osiyo laylaklari….da qishlaydi
A) Shimoliy Hindistonda;
B) Janubiy-Sharqiy tropik Afrikada;
C) Markaziy Amerikada;
D) Markaziy Afrikada;
34. Qushlarni halqalashdan maqsad….
A) tarqalishi va umir ko’rishini aniqlash;
B) uchib o’tish va qishlash joyini aniqlash;
C) ko’payish joyini va oziqlanishini aniqlash;
D) A va B;
35. Chumchuqsimonlar erkagi……….bo’ladi
A) oyoqlari uzun, qanotlari rangli;
B) yirik va rangli, sayroqi;
C) boshida toji bor, tez yuguradi;
D) tumshug’I uzun, oyoqlari qizil;
36. Pingivinlarning oyoqlari ……bo’ladi
A) yo’g’on va uzun;
B) kalta va ingichka;
C) quruqlikka moslashgan;
D) tanasining keyingi qismiga birikkan;
Do'stlaringiz bilan baham: |