Yashil makon -bu O'zbekiston
Xushmanzara
tabiati bor,
Bog'larida yashnaydi bahor,
Qayga boqsang to'rt tomon gulzor,
Yashil makon-bu O'zbekiston.
Bir tomonda purviqor tog'lar,
Yashil o'rmon ko'k archazorlar,
Mudom seni bag'riga chorlar ,
Yashil makon -bu O'zbekiston.
Sochlaringga gul taqar bahor,
Yozning shirin mevalari bor.
Oltin kuzning ne'matlari ko'p,
Keng dalalar oppoq paxtazor.
Kumush qorga burkansa zamin,
O'zgachadir qish tarovati.
Gar ko'chalar bo'lsa ham sovuq,
Ko'ngillarda yoz harorati.
Shukur,shunday yurtda yashaymiz,
Bu o'lkada tinchlik hukmron.
Kundan kunga chiroy ochmoqda,
Yashil makon bu - O'zbekiston.
*******************************
Mehribon oyijonim
Juda ham a’losiz, oyijon,
Juda ham donosiz, oyijon.
Siz meni qo’zim, deb sevasiz,
Nur to‘la ko’zim, deb sevasiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.
Siz meni barchaga yaxshilab,
Quchasiz o‘rgilib, erkalab.
Shu
aziz boshimni silaysiz,
Menga baxt, omonlik tilaysiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.
Onajonimga tabrik
Aziz mehribonim mening Onajon,
Ayyomingiz muborak ey ulug' inson.
Sizni tabriklayman, baxtlar tilayman,
Dunyo ezguligin sizga atayman.
Bor bo'ling azizam, bizga bosh bo'lib
Ko'z yosh to'kmang aslo, ko'ring yaxshilik
Sizga vujud ila ta'zim qilaman,
Volidai onam, muhtaram onam.
Oyijon
Oqshomlar uxlamay aytganda alla,
Ovozin tinglarkan yetti mahalla.
Ovozim boricha aytay baralla
Oyijon men sizni yaxshi ko'raman
Onajonim
Onajonim sog' bo'ling,
Baxtimizga bor bo'ling!
Eng quvonchli kunlarda,
Har doim yonimda bo'ling!
ONA
Ko’kda yulduz uchsa nogahon,
Bitdi, derlar qaysi bir taqdir.
Bunday g’amni ko’tarmak oson,
Bu ehtimol, bizlar haqdadir.
Ba’zi tunlar ko’kka tikib ko’z,
Eslab deyman onamni shu on:
Ona ketsa, yulduz-ku
yulduz
Qulab tushsa arziydi osmon.
Onajonim mehribonim
Ayyomingiz muborak
Sizga bolsin dunyodagi
Jamiki
ezgu tilak
Bahtimizga bosh boling siz
Ko'z yosh tokmangiz aslo
Poyingizda bo'lsa arzir
Onajon butun dunyo
**********************
Бизни ювган туйдирган
Кувонтирган кулдирган
Элга мехр куйдирган
Онажонлар бди
Шунинг ун мехрибон
Оналарни ардокланг
Аьло укиб доимо
Она хурматин окланг
Onam mehri
Quyoshdan oldin turib,
Bizga non yopgan onam.
Bor mehrini dilimga,
Kaftida tutgan onam.
Onam mehri beqiyos,
Ta'rifiga tilim lol.
Onajonim kulsalar
Labidan to'kilar bol.
Menga oltin, kumushmas,
Faqat onam bo'lsa bas.
Hatto ko'kda oy, yulduz
Bizga qiladi havas.
********************
Бошларида рўмол тушмаган,
Кўнглимизни бирдек хушлаган.
Иймонини махкам ушлаган,
Онажоним, онажонимсиз.
Ёшлик қилиб ранжитган эдим,
Катта бўлиб қолганман дердим.
Қаритибман эътибор бердим,
Кечиргувчи онажонимсиз.
Эринмасдан мехрини тутган,
Гоҳ пайти аламлар ютган.
Ухламасдан йўлими кутган,
Қиёси йўқ онажонимсиз.
Ташвишларга қўяман гоҳи,
Дунёлардан тўяман гоҳи.
Далда бўлган ана шу чоғи,
Меҳрибоним онажонимсиз.
********************************
Bahor haqida sher / Бахор хакида шер
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni
izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.
O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…
So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.
Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:
"Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
"Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab”
Meni she’rga o‘rab, suqlanib boqqan?
O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?”
Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming
bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.
Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
OYDINDA
Jilib-jilmas to’lin oy,
Bulut xayolday yengil,
Oy anhorda qulun toy,
Gilosda shig’il-shig’il.
Yaxlit oynaday bo’lib,
Hovuzga yoyilgan u.
Egilsam-tubdan to’lib
O’zim chiqdim ro’baro’:
Atrofim to’la saf-saf,
Ming-ming yulduz ora man.
Barin sidirg’a chayqab,
Yerga sudrab boraman.
Yerda: novda, gul, barglar,
Aksi kashta singari.
Sel unutgan ko’lmaklar
Misli oyning singani.
Yonadi parcha-parcha.
Shabnam naq yel sochgan chog’.
Har nurda shodlik qancha,
Har soya sirga to’lig’.
Sayxonlar naq nur maydon,
Uyquda barcha tovush.
Inida uxlar nodon,
Latofatni sezmas qush.
O’zimga tashlayman ko’z:
Ko’ksim, qo’limda shu’la.
Osmonga tutaman yuz,
Yel silar yog’du qo’l-la.
Eh, umr yarmin yutib,
O’tgan tunlardami ayb?
Endi bu ko’rkni tutib,
Kunduzga bermasam hayf?
**************************
Uyimizning quyoshi,
Tog‘lardayin bardoshi.
Kecha~kunduz parvona,
Mehribon, aziz ona.
Kuylayman shodiyona,
Bayram muborak ona.
минавар опани кизи, [28.02.2022 20:45]
Bayram muborak ona.
Kechalari allalab,
Ertak aytgan erkalab.
Boshimizni silagan,
Bizga umr tilagan.
Mehribonim~onajon,
Omon bo‘ling harqachon.
****************************
Ta'rifingiz she'rga bitay,
Bugun sizga qo‘shiq aytay.
Gullar tushay poyingizga,
Xizmat qilay doim sizga.
Kuylayman shodiyona,
Bayram muborak ona.
*****************************
BAHOR...
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.
****************************
Bugun tunda kelarmish bahor...
Derazangdan moʻralab asta,
Gul yuzingdan boʻlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʻlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʻlini,
Toʻqqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Qoru muzni suvga gʻarq qilib,
Izgʻirinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga oʻrab olamni -
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Goʻzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har oʻtgan onga,
Jamolingga boʻlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo-
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga ogʻdirib,
Yomgʻirlarin yerga yogʻdirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Hissiyotga toʻldirib dilni,
Kengaytirib kichik koʻngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek
kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor!!
*****************************
Kechiraylik tinch turmush… (bolalar uchun sheʼr)
-«Sizlar kimsiz?» — «Bolamiz,
Bogʼdagi gul-lolamiz!».
-«Nima kerak, siz uchun?»,
-«Tinchlik kerak, biz uchun.
Bering koʼproq oʼyinchoq,
Bizga boʼlsin ovunchoq.
Oila — inoq boʼlsin,
Janjaldan yiroq boʼlsin.
Boʼlmasin sira urush,
Kechiraylik tinch turmush!»…
**************************
"KETGAN QUSHLAR UZOQDAN
YANA BIZGA QAYTADI..."
Mavsum qo'shiqlari
* * *
Omonlik, hey, omonlik,
Yetdik Navro'zga,
Unutilsin yomonlik,
Qut ber rizq-ro'zga.
Yurtga tinchlik so'rayman,
Olamga chiroy.
Shu ayyomni qutlay deb,
Undirdim bug'doy.
Sumalak — bir bahona,
G'animat diydor,
Shu urfimiz shohona,
Oqibatga yor.
Xudoga ming shukrkim,
Yetdik Navro'zga.
Maysa o'sibdi durkun,
Suray men ko'zga
***************************
Ha-yu, chitti gul,
Ha-yu, chitti gul.
Qo'ling qo'lvoqda bo'Isin,
Beling belvoqda boisin.
Ha-yu, chitti gul,
Ha-yu, chitti gul.
Dupur-dupur ot keldi,
Chiqib qarang, kim keldi?
Aravada un keldi,
Childirmada gul keldi.
Ha-yu, chitti gul,
Ha-yu, chitti gul.
Oq sholi-yu ko'k sholi,
Oq sholini oqlaylik,
Ko'k sholini ko'klaylik,
Yaxshi kunga saqlaylik.
Ha-yu, chitti gul,
Ha-yu,
chitti gul
******************************
KURTAK MO'RALAR
Bahor yurar yasanib,
Kiyib baxmal ko'ylagin.
Qirlar, adir, bogiarda
So'ylab hayot ertagin.
Salomiga egilar
Kokil-kokil novdalar.
Ko'm-ko'k yo'rgak ichidan
Jajji kurtak mo'ralar.
*****************************