Bir necha yildan so‘ng tumanning Mergancha hududida sanoat zonasi tashkil etish g‘oyasi amalga oshirila boshlandi va Jomboy tumanidan elektr tarmog‘i tortildi. O‘sha paytlarda aholiga ham, hokimlikka ham bermasdan faqat tadbirkorlarga, ishlab chiqarish korxonalariga doimiy elektr energiyasi yetkazib berilardi.
Mamlakatimizda 1996 yilda “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Prezidentimizning 2008 yil 2 dekabrda “Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Shu tariqa erkin iqtisodiy zonalar faoliyati boshlandi. Hozir respublikamizda 22 ta shunday iqtisodiy hududlar faoliyat yuritmoqda. Dastlab “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax” EIZlari tashkil etildi, keyin “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Hazorasp” va “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi. Lekin hozirda salohiyati jihatidan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi peshqadamlar safiga qo‘shildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |