Yashash uchun kurash



Download 20,4 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi20,4 Kb.
#649659
Bog'liq
Yashash uchun kurash


Yashash uchun kurash
Yashash uchun kurash — evolyutsion taʼlimotning asosiy tushunchalaridan biri. Ch.Darvin Ya.u.k. tushunchasidan tur individlari va har xil tashqi omillar oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalash uchun foydalangan. Ya.u.k. organizmlarning oʻz hayotini saqlab qolishga hamda oʻz avlodlari hayotini taʼminlashga qaratilgan joriy faoliyati, yaʼni organizmlar oʻrtasidagi tabiiy musobaqadan iborat. Ya.u.k.organizmlarning jadal koʻpayishi tufayli ularning normal yashashi uchun zarur boʻlgan resurslar: oziq-ovqat va suv zaxirasi, joy va boshqalar yetishmasligi natijasida kelib chiqadi. Ch.Darvin koʻrsatishicha, eng kam (3—4 yilda 1 marta) tugʻadigan hayvonlardan boʻlgan filning bir jufti ham qulay sharoitda koʻpayganida 750 yildan soʻng 19 mln.ga yetadi. Bitta treska baligʻi birdaniga 10 mln. tuxum qoʻyadi; mingdevona oʻsimligining bir tupi 400000 dan ortiq urugʻ beradi. Agar ularning koʻpayishiga hech qanday toʻsiq boʻlmaganida birmuncha vaqtdan soʻng treska hamma suv havzalarini va mingdevona quruqlik yuzasini egallab olgan boʻlardi. Lekin tabiatda hech qachon bunday boʻlmaydi. Chunki tur individlarining koʻpayish tezligi bilan ular hayoti uchun zarur boʻlgan vositalar miqsori oʻrtasida nomutanosiblik kelib chiqishi oqibatida Ya.u.k. boshlanishi tufayli individlarning juda koʻp qismi nobud boʻladi.
CH.Darvin Ya.u.k.ning 3 shaklini: tur ichidagi, turlararo va organizm bilan anorganik tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurashni koʻrsatib bergan. Tur ichidagi kurash tur individlari oʻrtasidagi raqobatni aks ettiradi. Bir turga, ayniqsa bitta populyatsiyaga mansub boʻlgan individlarning yashash va koʻpayib nasl qoldirish uchun bir xil sharoit zarur boʻlgani sababli tur ichidagi Ya.u.k. juda murakkab va keskin boʻladi (mas, erkak hayvonlarning urgʻochilarini talashishi, yirtqichlar oʻlja talashishi). Evolyutsiya davomida bir tur individlari oʻrtasidagi raqobatni bartaraf etuvchi turli moslanishlar paydo boʻlgan, mas, toʻngʻizlar, ayiqlar, arslonlar, chumolilar oʻzlari yashab, oziqlanadigan hududlarni biron belgi bilan chegaralab chiqadi; ayrim hayvonlar (baliqlar, kemiruvchilar) populyatsiyasi soni oshib ketganida oʻz naslining bir qismini yeb qoʻyadi yoki ezib tashlaydi (qushlar).
Turlararo kurash har xil turga mansub individlar oʻrtasidagi munosabatlarni aks ettiradi va quyidagi koʻrinishda yuzaga chiqadi: a) bir xil muhitda yashaydigan ikki yoki undan koʻproq turga mansub individlar oʻrtasidagi yashash sharoiti uchun kurash (mas, begona oʻtlar bilan ekin oʻrtasida namlik, yorugʻlik yoki tuproqsagi oziq moddalar uchun kurash); b) bir turdan ikkichisining bir tomonlama foydalanishi (yirtqich — oʻlja munosabatlari); v) bir turning boshqa tur uchun qulaylik yaratishi (oʻsimlik urugʻlarining hayvonlar yungi orqali tarqalishi); g) har xil turlarning bir-biriga qulaylik tugʻdirishi (hasharotlarning guldan nektar yigʻishi va uni changlatishi).
Organizmlarning muhitning noqulay sharoitiga qarshi kurashi tabiatning noqulay omillariga qarshi kurashidan iborat. Bu kurash oʻta quruq yoki nam, oʻta issiq yoki sovuq mintaqalarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Evolyutsiya jarayonida organizmlarda noqulay sharoitda yashashga imkon beradigan bir qancha moslanishlar paydo boʻladi. Mas, nam va issiq tropik ikdimda oʻsimliklar barglari yiriklashadi; quruq va issiq iqlimda esa suvni tejab sarflashga imkon beradigan bir qancha belgilar (barglarning kichiklashuvi, mum va tukchalar bilan qoplanishi, barg ogʻizchalar sonining kamayishi) paydo boʻladi.
YA.u.k. tur individlari ancha qismining eliminatsiyasiga (q. Eliminatsiya), ularning nasl qoldirishda tanlanib ishtirok etishiga olib keladi. Irsiy oʻzgaruvchanlik asosida boradigan Ya.u.k. natijasida tabiiy tanlanish sodir boʻladi. Zamonaviy tasavvurlarga binoan individlar sonining oshib ketishi Ya.u.k.ni keskinlashtirsa ham uning asosiy sharti boʻlolmaydi. Tur ichidagi raqobat va oʻzaro yordam biriikkinchisini inkor qiladigan kategoriyalar emas. Muayyan sharoitda organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro yordam munosabatlari alohida individlarning yashab qolishiga imkon berishi bilan birga turning moslanishini ham kuchaytiradi. Bunga tur individlarining xavf toʻgʻrisida birbirini ogohlantirishi va kuchliroq dushmandan koʻpchilik boʻlib oʻz individlarini himoya qilishini misol qilib koʻrsatish mumkin. Lekin bu munosabatlar tur individlari oʻrtasida passiv raqobatni istisno qilmaydi. Organizmlar oʻrtasidagi farq yashash muhitiga moslanish darajasi hamda ularning tashqi omillar va boshqalar tur individlari bilan Ya.u.k. da ustunlik qilish imkoniyati bilan belgilanadi.
Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida fanlar taraqqiyoti deyarli toʻxtab qolgan bir davrda Oʻrta Osiyo xududidagi davlatlarda tabiiy fanlar jadal surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Bu davr fanlari tarixida Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar alohida oʻrin tutadi. Beruniy tabiat 5 element: boʻshliq, havo, olov, suv va tuprokdan yaratilgan deb eʼtirof etadi. U oʻzining "Hindiston" asarida tabiatni daraxtdagi eng bakuvvat va sogʻlom novdalarining oʻsishiga imkon beradigan bogʻbonga oʻxshatadi. Bu bilan u tirik organizmlar oʻrtasida yashash uchun kurash borishi va tabiiy tanlanish sodir boʻlishini bashorat kiladi. Ibn Sit oʻz asarlarida oʻsimlik va hayvonlar hamda boshqa tabiiy jismlar, hodisalar va ularning sabablari toʻgʻrisida yozib qoldirgan.
Uygʻonish davridagi geografik kashfiyotlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga qiziqishning kuchayishi bir qancha mamlakatlarda botanika va hayvonot bogʻlarining tashkil etilishiga olib keladi. Bu davrda hayvonlar va oʻsimliklar toʻgʻrisida koʻplab asarlar paydo boʻladi. Ana shu davrda italiyalik botanik A. Chezalpino guli, urugʻi va mevasining tuzilishiga binoan oʻsimliklarni tasnif qilishga urinib koʻrdi, uning asarlarida metamorfoz, tartib va tur toʻgʻrisidagi ayrim tushunchalar ilk bor uchraydi. 16—17-a.lardahayvonlar toʻgʻrisida bir qancha ensiklopedik asarlar paydo boʻladi. Shveysariyalik olim K. Gesnerning 5 jildli "Hayvonlar tarixi", italiyalik U. Aldrovandining 13 jildli monografiyasi, fransuz naturalisti G. Rondele va italyan Ch. Salvianining dengiz orti mamlakatlari hayvonlari toʻgʻrisidagi asarlari shular jumlasidandir. Bu davrda anatomiya sohasida ayniqsa katta kashfiyotlar qilindi. Ingliz olimi U. Garvey (1578—1657) oʻzining qon aylanish sistemasi toʻgʻrisidagi taʼlimotini yaratadi. Italiyalik olim F. Redining tajribalari tufayli (1667) hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimotga katta zarba berilgan boʻlsada, uning batamom barham topishiga olib kelmadi. Koʻpchilik olimlar tuxum hujayraga ega boʻlmagan tuban organizmlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi mumkin degan fikrga ega edi. 16-a.da mikroskopning kashf etilishi B.ning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega boʻldi. Angliyalik R. Guk tomonidan hujayraning kashf etilishi (1665), gollandiyalik A. Levenguk tomonidan bir hujayralilar va spermatozoidlar (1673), ingliz T. Millington (1676) va nemis R.Kamerarmus (1694) tomonidan oʻsimliklarda jinsiy tafovutlarning , italyan Malpigi (1675—79) va ingliz N. Gryu (1671—82) tomonidan oʻsimlik toʻqimalari, shuningdek baliklar tuxum hujayrasi (N. Steno, 1667) va kapillyar qon tomirlarining kashf etilishi mikroskop ixtiro qilinishi bilan bogʻliq. Bu kashfiyotlar embriologiyada ovistlar va animalistlar deb ataluvchi ikki oqimning paydo boʻlishiga olib keldi. Ulardan birinchilari—organizm mitti murtak holida tuxum hujayra ichida, ikkinchilari—urugʻ hujayra ichida boʻladi, keyingi oʻzgarishlar faqat miqdor oʻzgarishlardan iborat, degan xato fiqolarni ilgari surdi (q. Preformizm). 17-a. oxiri va 18-a. boshlarida oʻsimlik va hayvonlarning sunʼiy sistemasini yaratish borasida bir qancha urinishlar boʻldi. Ingliz olimi J. Rey 18 mingdan koʻproq oʻsimliklarni tavsiflab, oʻsimliklarni 19 sinfga, fransuz J. Turnefor ularni 22 sinfga boʻladi. Rey tur tushunchasini anikdab berdi va umurtqasizlar tasnifini ishlab chiqdi. Hayvonlar va oʻsimliklarning mukammal sunʼiy sistemasini shved tabiatshunosi K. Linney oʻzining "Tabiat sistemasi" (1735) asarida taklif qildi. Linney oʻz sistemasida odamni sut emizuvchilar sinfiga va maymunlar bilan birga primatlar turkumiga kiritgan boʻlsada, turlarning oʻzgarmasligi, dunyoni ilohiy kuch tomonidan yaratilganligi toʻgʻrisidagi metafizik gʻoyani yoklab chiqdi. Linneyning binar nomenklaturasi (turni urugʻ va tur nomlari orqali atalishi) oʻsimliklar va hayvonlar sistematikasida ayniqsa juda katta ahamiyatga ega boʻldi. Lekin Linneyning sunʼiy sistemasi koʻpchilik tabiatshunos olimlarni qoniqtirmasdi. Shu sababdan bir qancha olimlar tabiiy sistemani tuzishga urinib koʻrishdi. Botanika sohasida bunday sistemani ilk bor fransiyalik botanik A. L. Jyusye 1789 y.da ishlab chikdi. Hayvonlar va oʻsimliklarni sistemaga solish gʻoyasi hamma olimlarga ham bir xilda maʼqul boʻlmadi. Fransiyalik tabiatshunos J. Byuffon tabiatdagi har qanday sistema, shu jumladan Linney sistemasiga ham qatʼiy qarshi chiqadi. J. Byuffon "Tabiiyot tarixi" (1749—88) asarida hayvonlar tuzilishidagi umumiylikni koʻrsatadi, yaqin formalar oʻrtasidagi oʻxshashlikni ularning oʻzaro qarindoshligi bilan tushuntirishga harakat qiladi. Nemis vrachi va kimyogari G. Shtal kishi faoliyati uning ruhi tomonidan boshqarib borilishini taʼkidlaydi va buning dal ili sifatida fiziologik reaksiyalarning asabiyruhiy taʼsirlar bilan bogliqligini koʻrsatib oʻtadi. Uning "hayot tonusi" toʻgʻrisidagi fikri nemis fiziologi A. Gallerning taʼsirlanish toʻgʻrisidagi gʻoyasida (1753) oʻz ifodasini topadi. U va chex anatomi va fiziologi Y. Proxoska miya ishtirokisiz taʼsirotni qabul qiluvchi hamda organlarni harakatlantiruvchi nerv kuchi borligini koʻrsatib berdi. Italiyalik olimlar L. Galvani va A. Volta hayvonlar organizmidagi elektrni aniqlaydi, bu hodisa elektrofiziologiya fanining paydo boʻlishi va rivojlanishiga olib keldi. Ingliz olimi J. Pristli oʻsimliklarni hayvonlar nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod i. ch.ini koʻrsatib beradi. Fransuz olimlari A. Lavuazye, P. Laplas va A. Segen hayvonlarning nafas olishi va oksidlanish reaksiyalarida kislorodning ahamiyatini koʻrsatib berdi. Organik dunyoning tarixiy taraqqiyoti toʻgʻrisidagi gʻoyalar 18-a.ning ikkinchi yarmidan boshlab shakllana boshladi. Nemis olimi G. V. Leybnits tirik mavjudotlarning gradatsiyasi tamoyillarini eʼlon qiladi va oʻsimliklar bilan hayvonlar oʻrtasida oraliq formalar mavjud degan fikrni oʻrtaga tashlaydi. Minerallardan boshlab odamgacha boʻlgan "tiriklik pogʻonasi" (gradatsiya) tamoyili, shveysar naturalisti Sh. Bonne (1745—64) fikricha, hayot tuzilishi va rivojlanishining uzluksizligini koʻrsatadi. J. Byuffon Yer tarixi toʻgʻrisidagi oʻz gipotezasini ishlab chikdi. Uning fikricha, Yer tarixi 80—90 ming yildan iborat boʻlib, 7 davrga boʻlinadi, faqat eng soʻnggi davrda oʻsimliklar, hayvonlar va odam paydo boʻlgan. Fransuz olimi J. B. Lamark "Zoologiya falsafasi" (1809) asarida "tiriklik pogʻonasi"ni evolyutsiya nuqtai nazaridan tushuntirib beradi. Tirik organizmlarning tubandan kjsak formalargacha takomillashib borishi uning fikricha organizm uchun xos boʻlgan ichki progressga intilish (gradatsiya tamoyillari) tufayli sodir boʻlgan. Lamark evolyutsiyani toʻgʻri tushuntirgan boʻlsada, uning asosiy sabablarini ochib berolmadi. Fransuz olimi J. Kyuvye tirik organizmlarning tarixiy almashinishi va bir qancha turlarning qirilib ketishini tushuntirish uchun oʻzining katastrofalar goyasini ilgari suradi. Fransuz olimi E.J. SentIler hayvonlar tuzilishidagi umumiylikni tushuntirishga urinib, tuzilishdagi oʻxshashlik ularning kelib chiqishidagi oʻxshashlikni aks ettirishini taʼkidlaydi. T. Shvann tomonidan asoslab berilgan hujayra nazariyasi (1839) organik dunyoning birligini tushunib olishda hamda sitologik va gistologik tekshirishlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega boʻldi. 19-a.ning oʻrtalarida oʻsimliklarning oziqlanish xususiyati va uning hayvonlarnikidan farq qilishi hamda tabiatda moddalar aylanishi prinsiplari kashf etiladi (Yu. Libix, J. B. Bussengo). Hayvonlar fiziologiyasi sohasida E. DyubuaReymonning ishlari tufayli elektrofiziologiyaga asos solinishi, K. Berner tomonidan organlarning ovqat hazm qilishdagi ahamiyati tushuntirib berilishi (1845,1847); G. Gelmgols va K. Lyudvig tomonidan nervmuskul sistemasi va sezgi organlarini oʻrganish metodlari ishlab chiqilishi; I. M. Sechenovning oliy nerv faoliyatini materialistik nuqtai nazardan talqin qilishi ("Bosh miya reflekslari", 1863) katta ahamiyatga ega boʻldi. L. Paster olib borgan tadqiqotlar tufayli hoz. organizmlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimotga uzilkesil zarba berildi (1860—64). S. N. Vinogradskiy xemosintez yoʻli bilan anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlovchi xemosintez bakteriyalarini (1887— 91), D. I. Ivanovskiy viruslarni (1892) kashf etdi.
19-a.da Ch. Darvin tomonidan evolyutsiya nazariyasining ishlab chiqilishi B.ning rivojlanishi tarixida ayniqsa katta ahamiyatga ega. Uning "Turlarning paydo boʻlishi..." (1859) asarida evolyutsiyaning asosiy mexanizmi—tabiiy tanlanish ochib beriladi. B.da Darvin gʻoyalarining gʻalabasi bilan evolyutsion solishtirma anatomiya (K. Gegenbaur), evolyutsion embriologiya (A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikov), evolyutsion paleontologiya (V. O. Kovalevskiy) kabi yangi yoʻnalishlarga asos solindi. Hujayraning boʻlinishi (E. Strasburger, 1875; V. Flemming , 1882 va b.), jinsiy hujayralarning yetilishi, uruglanishi (O. Gertvig , 1875; G. Fol 1877; E. van Beneden, 1884; T. Boveri, 1887, 1888) hamda u bilan boglik boʻlgan mitoz va meyozda xromosomalarning taqsimlanishini oʻrganish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar jinsiy hujayralar yadrosida irsiy axborotning saqlanishi toʻgʻrisida koʻplab gʻoyalarning paydo bulishiga olib keldi. Ana shu davrda (1865) G. Mendel tomonidan irsiylanish qonuniyatlari ochilishi bilan genetika faniga asos solindi.
20-a. yangi B. fanlarining rivojlanishi, B.da klassik tadqiqotlar miqyosining yanada kengayishi bilan ajralib turadi. Shu asrda genetika, sitologiya, fiziologiya, biokimyo, rivojlanish B.si, evolyutsion taʼlimot, ekologiya, biosfera haqida taʼlimot, shuningdek mikrobiologiya, virusologiya, gelmintologiya, parazitologiya va B.ning boshqa koʻp tarmoqlari jadal surʼatlar bilan rivojlandi. Mendel ochgan qonunlar asosida mutatsiya va irsiyatning xromosoma nazariyalari ishlab chiqildi (T. Boveri, 190207; U. Setton, 1902). Xromosoma nazariyasini T. Morgan va shogirdlari V. Iogansenning sof liniya toʻgʻrisidagi taʼlimotiga (1903) asoslanib gen, genotip, fenotip tushunchalarini ishlab chiqishdi. 20-a.ning oʻrtalarigacha genlarning kimyoviy tabiati irsiy molekulalar shaklida ekanligi nazariy jihatdan talqin qilinib kelindi (N. K. Kolsov, 1927). Mikroorganizmlardagi transduksiya va transformatsiya hodisalarini oʻrganish asosida DNK molekulasi genetik informatsiyani tashuvchi ekanligi aniklandi (AQSH, O. Eyveri, 1944). DNK qush spirali tuzilishining oʻrganilishi (J. Uotson, F. Krik, 1953) genetik kodning kashf etilishiga olib keldi. Bu kashfiyotlar molekulyar genetikaga asos soddi. Oqsillarning aminokislotalardan iborat tarkibi oʻrganilganligi, ayrim oqsillar (insulin)ning sintez qilinishi, viruslar va faglarning nukleoproteidlardan tuzilganligining koʻrsatib berilishi 20-a. oʻrtalarida qilingan eng muhim kashfiyotlardandir. Elektron mikroskopning kashf etilishi oddiy mikroskopda koʻrinmaydigan strukturalarni koʻrishga, hujayraning eng nozik tuzilishini tekshirishga, bakteriyalar va viruslarning tuzilishini batafsil oʻrganishga imkon berdi. Nishonli atomlar usuli organizmda sodir boʻladigan jarayonlarni oʻrganish uchun yoʻl ochdi. Gistologik kimyo differensial sentrifugalash, rentgenostruktura analizi usullari tirik organizmlar kimyoviy tarkibi, hujayra organoidlari va qismlarini mukammal tekshirish usullarini koʻrsatib berdi. Ana shu kashfiyotlar tufayli 20-a.ning 2-yarmida B.ning eng yosh sohasi—molekulyar B. dunyoga keldi va tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Molekulyar B. sohasidagi tadqiqotlar B. fanining barcha sohalarida yangi gʻoyalar paydo boʻlishiga olib keldi; hujayraning tuzilishi va funksiyasi haqidagi tushunchalarni tubdan oʻzgartirib yubordi. 20-a.da hayvonlar fiziologiyasi sohasida ham katta yutuqlarga erishildi. Rus olimi I. M. Sechenov (1829—1905) nerv sistemasini oʻrganib, bosh miya reflekslari toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos soldi. I. P. Yaavlovshartli va shartsiz reflekslar, qon aylanish va ovqat hazm qilishning nerv regulyatsiyasi sohasida bir qancha yirik kashfiyotlar qildi. Uning shartli reflekslar va oliy nerv faoliyati toʻgʻrisidagi taʼlimoti Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Bu davrda neyrofiziologiya ham tez surʼatlar bilan rivojlana boshlaydi. Oʻsimliklar fiziologiyasida fotosintez jarayonlari, avvalo xlorofillni oʻrganishda ancha katta yutuqqa erishildi, xlorofill sintez qilindi, oʻsimliklarni oʻstiradigan baʼzi gormonlar (auksinlar, gibberellinlar) ajratib olindi va sunʼiy sintez qilindi. Evolyutsion nazariya sohasida ham muhim kashfiyotlar qilindi, xususan 20—30-y.larda madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari aniklandi; mutatsion oʻzgaruvchanlik, individlar sonining oʻzgarib turishi va izolyatsiyani tanlanishning muayyan yoʻnalishda taʼsir etishidagi oʻrni ochib beriddi (N.I. Vavilov, S. S. Chetverikov, B. S. Xoldeyn, R. Fisher, S. Rayt, J. Haqsli, F. T. Dobrjanskiy, E. Mayr va b.). Bu esa darvinizmning yanada rivojlanishiga, evolyutsiya omillari mikroevolyutsiya va makroevolyutsiya toʻgʻrisidagi taʼlimotlarni oʻzida jo qilgan sintetik evolyutsion taʼlimotni ishlab chiqishga imkon berdi (I. I. Shmalgauzen va b.). V. I. Vernadskiyning biogeokimyo va biosfera, A. Tenslining ekosistemalar (1935) toʻgʻrisidagi taʼlimotlari B.ning katta yutuklaridan boʻlib, inson bilan tabiat oʻrtasidagi munosabatlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. V. Shelferd (1912, 1939), Ch. Elton (1934) va b.ning ishlari tufayli ekologiyaning nazariy asoslari ishlab chiqildi. 20-a. oʻrtalaridan boshlab ekologiya erishgan yutuqlar va tabiatni muhofaza qilish muammolari deyarli barcha B. fanlarini ekologiyalashtirishga olib keldi. Molekulyar biol. sohasidagi ishlar (genetik kodning ochilishi, sunʼiy genning sintezlanishi) gen injeneriyasi va biotexnologiya kabi amaliy fanlarning rivojlanishi uchun nazariy asos boʻldi. Keyingi yillarda ayniqsa populyatsion B. tez surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Bu sohadagi tadqiqotlar son jihatdan tobora oʻsib borayotgan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish, qirilib ketayotgan turlarni muhofaza qilish va tirik organizmlarning biologik xilmaxilligini saqlab qolish kabi muammolarni muvaffaqiyatli yechishga imkon beradi.
Download 20,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish