Yarimo’tkazgichlar moddalarning ajoyib turi bo’lib, ular o’ziga xos xususi-yatlari bilan boshqa moddalardan ajralib turadi


Xususiy elektr o‘tkazuvchanligiga ega yarimo’tkazgich



Download 231,82 Kb.
bet2/6
Sana16.12.2022
Hajmi231,82 Kb.
#888529
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma\'ruza

Xususiy elektr o‘tkazuvchanligiga ega yarimo’tkazgich

Yarimo'tkazgichlar elektronikasining ko'p qismi kremniy materiali asosida tayyorlanadi. Sof (kirishmalarsiz) kremniyning soddalashtirilgan kristall panjarasi-ning modeli 6.3, a-rasmda va zonalar energetik diagrammasi 6.3, b-rasmda keltirilgan. Yarimo'tkazgich kristalida kirishmalar va kristall panjara tuzilmalari nuqsonlari bo'lmasa, u xususiy yarimo’tkazgich deb ataladi, va i (intrinsic) harfi bilan belgilanadi.


Xususiy kremniy kristali atomining to'rt valent elektroni qo'shni atomlarning to'rt valent elektronlari bilan bog'langan holda mustahkam sakkiz elektronli qobiq (to'g'ri chiziqli) hosil qilishi 6.3, a-rasmdan ko'rinib turibdi. Bunday yarimo'tkaz-gichda 0 К haroratda erkin zaryad tashuvchilar mavjum emas. Shuning uchun uning elektr o’tkazuvchanligi σ nolga teng. Shunday bo'lishiga qaramasdan, haro-rat ortishi bilan yoki yarimo'tkazgich kristali yoritilganda kovalent bog'lanishlar-ning bir qismi uzilib valent elektronlar o'tkazuvchanlik zonasiga o'tishi uchun yetarli bo'lgan energiya oladilar (6.3, b-rasm). Natijada valent elektron erkin zaryad tashuvchiga aylanadi va elektr kuchlanish berilganda tok hosil bo'lishida qatnashadi.

6.3-rasm. Xususiy kremniyda erkin zaryad tashuvchilarning paydp bo’lishi.

Atomdan elektron ketishi natijasida atom qo'zg'almas musbat ionga aylanib qoladi. Bir vaqtning o'zida valent zonada bo'sh sath hosil bo'ladi va valent elektronlarda o'zining energiyasini o'zgartirish imkoniyati tug'iladi, ya’ni valent zonaning ruxsat etilgan bir sathidan boshqasiga o'tish imkoniyati ochiladi.


Valent zonadagi to'ldirilmagan energetik sath yoki erkin valent bog'lanish kovak deb ataladi. Kovak qiymati bo'yicha electron zaryadiga teng bo'lgan musbat zaryadli erkin zaryad tashuvchidir. To'ldirilmagan energetik sathlardagi kovaklar-ning ko'chishi valent elektronlar tizimi harakatiga qarama-qarshi bo'ladi.
Shunday qilib, atomlar orasidagi kovalent bog'lanishlarning uzilishi bir vaqt-ning o'zida erkin elektron va kovak juftligining hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu jarayon zaryad tashuvchilar generatsiyasi deb ataladi. Agar bu jarayon issiqlik ta’sirida amalga oshsa, u termogeneratsiya deyiladi.
Zaryad tashuvchilar generatsiyasi natijasida hosil bo'lgan elektron va kovaklar yarimo'tkazgich hajmida xaotik harakatlanib, yashash vaqti deb ataluvchi ma’lum vaqt davomida yashaydilar. Shundan so'ng erkin elektron atomlar orasida bo'sh qolgan bog'ni to'ldiradi va bog'langan holatga o'tadi. Bunda elektron-kovak juftlik yo'qoladi. Ushbu jarayon rekombinatsiya deb ataladi.
Erkin zaryad tashuvchilar yarimo'tkazgich hajmida xaotik harakat qilishi natijasida kristall panjara tugunlaridagi atomlar bilan to'qnashib, o'z harakat yo'na-lishi va tezligini o'zgartiradi. Shu sababli elektronning kristaldagi massasi mn uning bo‘sh fazodagi massasi m0 dan farq qiladi. mn massa o'tkazuvchanlik elektronining effektiv massasi deyiladi. Kovaklarning effektiv massasi mp elektronlarning effek-tiv massasi mn ga nisbatan katta. Masalan, kremniyda mn=0,28m0, mp=0,59m0 tash-kil etadi.
Yarimo'tkazgichning solishtirma elektr o'tkazuvchanligi qiymati birlik hajm-dagi zaryad tashuvchilar soni, ya’ni konsentratsiyasi bilan aniqlanadi. Xususiy yarimo'tkazgichda elektronlar konsentratsiyasi kovaklar konsentratsiyasiga teng bo’ladi.



Download 231,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish