Olmos bilan chizib sindirish usuli plastinadan kvadrat va to’rtburchak shaklidagi
kristall qirqishda ishlatiladi. Yarim o’tkazgichli plastina yuzasiga olmos yordamida
ikkita o’zaro perpendikulYar yo’nalishda chiziq chiziladi. Chiziq chuqurligi 5- 10
mkm, kengligi 20-40 mkm. Plastina yuzasida chiziq atrofida Lokal sohada
materialni kuchsizlantiruvchi mexanik kuchlanishlar yuzaga keladi. Plastinani
egganda chizilgan joylaridan sinadi. Bu usulning afzalligi material qirqish
jarayonida isrof bo’lmaydi. Chizishda eng kichik kadam 0,5 mm. Olmosli
chizishda olmos uchli chizgich ishlatiladi. Qirkuvchi qismidagi olmosning
geometrik shakliga karab uch turga, bo’linadi: uch tomonli piramida; to’rt tomonli
piramida; to’rt tomonli qirqilgan piramida.
Do'stlaringiz bilan baham: |