Ultratovush qurilmasida plastinkalardan kristall qirqish: Bu usuldan dumaloq
yoki murakkab shakldagi kristallar qirqishda foydalaniladi. Qirqish jarayoni
quyidagicha: Ultratovush tebranishli generatordan 15 - 70 kGst chastotali tok
tebragichning elektr simiga beriladi. O’zgartirgich bu tokni mexanik tebranishga
aylantiradi. Bu tebranish qirkuvchi moslamaga uzatiladi. Qirkuvchi moslama
plastina sirtiga tegib turgan sohaga uzluksiz obraziv qorishma berib turiladi.
Abraziv zarralari ultratovush tebranishi ta’sirida harakatga kelib plastinaning
qirkuvchi moslama tegib turgan qismini qirqadi. Qirquvchi uskuna shakli
qirqiladigan kristall shakliga o’xshash bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |