3. Mintaqada ichki va xalqaro turizmning rivojlanishi.
Turizmning Yaqin Sharq mamlakatlari YaIM ga qo'shgan umumiy xissasi 2016 yilda 227 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan bo'lib, bevosita ulushi 81 mlrd dollarni tashkil etgan bo'lsa, 2017 yilda bevosita ulushi 84,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Bu YaIM ning 3,4 foizini tashkil etadi. Boshqa tarmoqlar bilan taqqqoslaganda avtomobilsozlik, qisho'loq xo'jaligi, bank xizmatlari, kimyo sanoatiga qaraganda ko'proq ulushga ega.
Turizm sohasining Yaqin Sharq eksportidagi ulushi 2017 yilda 92,3 mlrd AqSh dollarini tashkil etgan bo'lib, 2018 yilda 4,4 foizga oshishi va 74926000 turistik tashriflar amalga oshirilishi tahmin qilinmoqda.
2017 yilda turizm sohasiga jalb etilgan investisiyalar miqdori 44,2 mlrd AQSh dollari bo'lib, 2018 yilda 5,4 foizga, 2028 yilga borib 6,2 foizga oshib 85,1 mlrd AQSh dollari bo'lishi tahmin qilinmoqda.
2017 yilda dam olish maqsadida amalga oshirilgan tashriflar (kiruvchi va ichki) YaIM ga bevosita turizmning qo'shgan xissasida ulushi 78,7 foizni (127,5 mlrd AQSh dollari) tashkil etgan bo'lsa, ishga aloqador tashriflar 21,3 foizni (34,5 mlrd AQSh dollari) tashkil etgan
Yaqin Sharqda bevosita turizm sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar soni 2016 yilda 2,4 mln kishini tashkil etgan, ma'lumki, tog'-kon sanoatida ishlovchi xoimlarga qaraganda ikki barobar, bank sohasiga qaraganda to'rt barobar ko'p xodimlarni jalb etadi. Bilvosita turizmga aloqador sohalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar soni esa 5,7 mln kishini yoki jami band bo'lganlarning 7,6 foizini tashkil etadi.
Bevosita turizm sohasida tashkil etilgan har bir ish o'rni bilvosita boshqa sohalarda jumladan, qurilish va qishloq xo'jaligi sohalarida yangi ish o'rinlari vujudga kelishiga xissa qo'shadi.
Ichki turizm 2017 yilda YaIM da turizm bevosita ulushining 43 foizini tashkil etgan bo'lsa, xorijiy tashriflar 57 foizni tashkil etgan
Yaqin Sharqning turizm rivojlangan va turistlar eng ko'p tashrif buyuradigan shaharlari iqtisodiyoti bo'yicha statistik ma'lumotlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Dubay, Tehron, Ar Riyod, Makka, Keyptaun, Lagos, qohira, Durban, Marokash shaharlari iqtisodiyotida turizm alohida ahamiyatga ega.
Bu borada Dubay shahri etakchi bo'lib 2016 yilda turimdan olgan daromadi 11,4 foizni tashkil etib etakchilik qilayotgan bo'lsa, shahar YaIM da turizmning ulushi yuqoriligi bo'yicha Marokash shahri etakchi va turizmning ulushi shahar YaIM da 27 foizni tashkil etadi, umuman mamlakat YaIM da ulushi yuqoriligi bo'yicha Dubay shahri etakchi bo'lib, mamlakat YaIM ning 60,9 foizi shu shaharga to'g'ri keladi
Dubay shahri turistlar tashrifi bo'yicha so'nggi o'n yillikda katta o'sishga erishdi. 2006 yilda shahar YaIM da turizmning ulushi 5,9 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilga kelib bu ko'rsatkich 9,4 foizni tashkil etdi.
Xorijiy turistlar tashrifining ortishiga havo tashuvlari soni ortishi katta ta'sir ko'rsatdi. Dubay mintaqalararo sayohatlarda muhim shahar bo'lib, ko'pgina turistlar sayohatlarini davom ettirmasdan shaharda qolishga intilishiga guvoh bo'lishimiz mumkin.
Bu shaharda turistlarni jalb eta oladigan jozibadorliklarning ko'payishi, kelgusi o'n yillikda turizmning o'sishini ta'minlashi tahmin qilinmoqda.
Shunday bo'lsada tashriflar soni o'sishi so'nggi yillarda pasayishi mumkin. Bu 2020 yilda Expo 2020 o'tkazilishi munosabati bilan qo'shimcha sig'imlarni tashkil etishni talab etishi bilan bog'liq. Turistik maxsulotlar va xizmatlar narxi jumladan mehmonxona nomerlari narxi pasayishi kelgusida turistlar soni ortishiga yordam beradi. Turistlar tashrif vaqtlari ko'payishi sababli past narxlar o'rtacha turizm daromadlari ortishiga olib keladi.
Xorijiy turistlar tashrifi orqali Dubay shahri turizmdan oladigan daromadning 88 foizini shakllantiradi. Dubay shahriga aholisi eng ko'p tashrifni amalga oshiradigan mamlakatlar Xindiston (12%), Saudiya Arabistoni (11%), Buyukbritaniya (8%), AQSh (4%), Xitoy (4%) xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |