Aholisi - Aholisining 99 %dan ko’pi yaponlar. Hokkaydo orolida mamlakatning eng qadimiy aholisi – aynlar ( 50000 kishi atrofida ) saqlanib qolgan. Shuningdek, koreyslar, xitoy va boshqalar yashaydi.
- Rasmiy tili – yapon tili.
- Asosiy dinlari – sintoizm va buddizm, konfutsiylik va daosizm aqidalari kata ta’sirga ega. Xristianlik, islom va hinduizmga e’tiqod qiluvchilar ham mavjud. Xristianlik XVl asr o’rtalaridan, islom XlX asr oxiridan kirib borgan. Xristianlar 1.5 millionga yqin, musulmonlar esa 100 ming kishi atrofida. 1935-yil Tokio va Kobe shaharlarida dastlabki masjidlar qurilgan. 1956-yildan Yaponiya musulmonlar uyushmasi va 1966-yildan Yaponiya islom markazi mavjud.
- Yirik shaharlari – Tokio, Yokohama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto.
Do'stlaringiz bilan baham: |