Tabiati - Yaponiya mo’tadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirg’oq chizig’ining uzunligi 30 ming kilometrga yaqin. Honshu orolining janubiy sohili, Shikoku va Kyushu orollarining qirg’oqlarida qo’ltiqlar ko’p. Bu yerda murakkab qirg’oq chizig’iga ega bo’lgan ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning janubiy orollari marjon riflari bilan o’raglan. Yaponiya hududining ¾ qismi qir va tog’lardan iborat, pasttekisliklar sohil bo’ylab ayrim-ayrim joylashgan. Hokkaydo orolidagi chizmalarning ba’zi cho’qqilari 2000 metrdan oshadi. ( Asahi cho’qqisi 2290 metr ) Honshu orolining shinoliy qismida 3 ta bo’ylama tog’ tizmalari bo;lib, ular vodiy va soyliklar bilan bo’lingan. Orolda 150 ta vulqonlar mavjud bo’lib, 40 tachasi so’nmagan. Yaponiyadagai eng baland vulqon – Fujiyama ( 3776 m ).
Do'stlaringiz bilan baham: |