Birinchi bosqich 1896 yildan Ikkinchi jahon urishining oxirigacha bo’lgan davrni qamrab oladi va YAponiyada harbiylashgan iqtisodiy tizimni shakllantirish bosqichi xisoblanadi. "YAngi iqtisodiy tizim" xususiy firmalar mavqeini faqat maxsulot ishlab chiqarish uchungina mas’ullik darajasigacha pasaytirib qo’ydi.
To’rtinchi bosqich 1973 yildan boshlanadi va mamlakat iqtisodiyotiga 1970 yillardagi jahon yoqilg’i inqirozlarining ta’siri tufayli o’rtacha o’sish sur’atlari va tarkibiy o’zgarishlar (1973-1980) davri nomini oldi. YAponiyada inqiroz 1976 yidda bartaraf etildi, ammo mamlakat iqtisodiy jonlanish bosqichiga "tarkibiy kasal tarmoqlar" - energiya va material sig’imkorligi yuqori tarmoqlar, yengal sanoatning mehnat sig’imkorligi yuqori tarmoqlari va kemasozlik tarmog’idagi muammolar bilan kirib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |