Yaponiya iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillari



Download 16,74 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi16,74 Kb.
#379566
Bog'liq
Yaponiya iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillari


Yaponiya iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillari.

XX asrning 60-yillaridan boshlab Yaponiyaning «iqtisodiy mobjiza»sijahonni hayratga sola boshladi. Buning sababi II jahon urushida yengilib, atombombasining dahshatlarini o‘z boshidan o‘tkazgan mamlakatning tezlik bilanqaddini rostlagani va misli ko‘rilmagan sur‘atlarda tez rivojlanishga erishgani edi.Ana shunday muammolarni yengibо‘tаolgan va yuksak rivojlanish marralarini egallagan Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyot yo‘li hozirgi vaqtda ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun ham ibrat bo‘lishimumkin.

Yaponiya «iqtisodiy mo‘jiza» sining asosiy manbayi, mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, yapon millatining yuqori darajadagi mehnatsevarlik va mehnat intizomi, uyushqoqlik va sabr-toqat, ishga mas‘uliyat hissi va tejamkorlik kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlaridir.

«Iqtisodiy mo‘jiza»ning sabablari qatoriga yana harbiy tayyorgarliklardan tiyilib borishi (konstitutsiyaga kobra Yaponiyada milliy daromadining atigi 1foizdan ortiq bo‘lmagan qismini harbiy xarajatlarga ajratish mumkin) ham kiradi.

Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat.YAMD ning umumiy hajmi (4390 mlrd. AQSh dollari)ga ko‘ra dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Unda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yaxshi rivojlangan.

Yoqilg‟i-energetika sanoatidagidro, geotermal, quyosh, dengiz elektrstansiyalari ham o‘z hissasini qo‘shsalar-da, asosiy ishni import yoqilg‘ilar asosida ishlaydigan IES va AES lar bajaradi.Mamlakat har yili 200 mln. t. ga yaqin neftni import qiladi. Shu sababli Yaponiya elektr energetikasida tobora AES lar hissasi ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 30 dan ortiq atom elektr stansiyalari qurilgan. 2003 yilda 950 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarildi.

Metallurgiya sanoati. Yaponiya po‘lat ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra jahonda (Bir yilda 90 mln. tonnadan ortiq) yetakchilik qilmoqda. Taraqqiy etganorganik sintez kimyosi korxonalari kabi metallurgiya markazlari ham asosan,dengizbo‘yi hududlari bo‘ylab marjon kabi tizilgan holda joylashgan.

Avtomobilsozlikda Yaponiya ulkan yutuqlarga ega. U yiliga 12-13 mln. danortiq avtomobillar (shuning 8 mln. dan ortig‘i yengil avtomobillar) ishlab chiqaradiva jahonda birinchi o‘rinda turadi.

Hozirgi davr Yaponiya iqtisodiyotining faxri va ramzi elektronika sanoatiekanligini butun olam biladi. Ayniqsa, radioelektronika sanoati—ranglitelevizorlar, videomagnitofonlar, radiotexnika vositalari ishlab chiqarishdaustunlikka ega.

Qishloq xo‘jaligi yuqori rentabelligi va mehnat unumdorligi bilan ajralibturadi. Ishlov beriladigan yerlar umumiy maydonining 11 foizini tashkil qilganligiuchun Yaponiyada qadimdan ekinmaydonlaridan tejamkorlik bilan foydalanishgao‘rganishgan.

Yaponiya dehqonchilik mamlakatidir. Uning yetakchi tarmog‘idehqonchilikdir. Don xo‘jaligida sholikorlikning o‘rni alohidadir. Sholi jami ekinmaydonlarining yarmiga yaqinida ekiladi va yiliga 10–12 mln. t. sholitayyorlanadi. Shuningdek, bug‘doy, soya, turli sabzavot va bog‘dorchiliktarmoqlari ham ancha ahamiyatli.

Aviasozlik.1962 yil mamlakatda birinchi fuqarolar (tijorat) samolyoti qurildi.

2003 yili Yaponiyada aviatsiya sohasini rivojlantirish bo'yicha 428 milliondollarlik hamda 2008 yilgacha mo'ljallangan milliy dastur qabul qilindi. Ushbudastur doirasida hukumat "Mitsubishi Heavy Industries" bilan hamkorlikdabirinchi milliy reaktiv yo'lovchi avialayneri ustida ish boshladi.

Energetika.2006 yil ko'rsatkichiga binoan, umumiy elektroenergiya ishlabchiqarishning 30%i Yaponiya AESlari hissasiga to'g'ri keldi. Mamlakat yadroyoqilg'isining 60%ini Avstraliya va Kanadadan oladi. Yaponiya iste'mol qiladiganuranning umumiy miqdori 8,7 ming tonnani tashkil etadi.

Yaponlar go‘sht va sut mahsulotlari iste‘mol qilishda yevropaliklardanqolishmaydi, Bu holat mamlakatda chorvachilikning rivojlanishiga katta e‘tiborberishni talab etadi. Hozir unda chorvachilikning qoramolchilik, cho‘chqachilik,broyler parrandachiligi, hovuz baliqchiligi, pillachilik kabi tarmoqlari yaxshirivojlangan.

Ichki yuk tashish hajmiga ko‘ra avtomobil va temiryo‘ltransportlari eng kattamavqega ega. Mazkur tarmoqlar texnik imkoniyatlari va elektrlashish darajasigako‘ra jahonda ko‘pgina rivojlangan davlatlarga nisbatan ustunlikka ega. «Poyezd-o‘q» deb nom olgan «Sinkansen» tezyurar ekspress poyezdi 1100 km masofadaKyusyu orolidagi Fukuokidan Xonsyu orolining shimolida joylashgan Aomorigacha bo‘lgan oraliqdagi barcha yirik shaharlami bir-birlari bilan bog‘laydi.

Tinch okean sanoat mintaqasi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan rayon bo‘libhisoblanadi. Bu mintaqa Tokio qo‘ltig‘idan Osaka qo‘ltig‘igacha cho‘ziladi. AslidaTokaydo megalopolisini tashkil qilgan bu hududning relyefi nisbatan tekis. Butekislik Tinch okeani bo‘ylab o‘rtacha 15—65 km. li tor yo‘nalishda 600 km. danortiq masofaga cho‘zilgan.



Yaponiyaning asosiy sanoat rayoni hisoblangan bu hudud mamlakat umumiymaydonining 1/3 qismini tashkil qiladi. Unda mamlakat aholisining 65 foizijoylashgan. Bu rayonda elektr energetikaning 70 foizi, metallurgiyamahsulotlarining 80 foizi, iste‘molga tayyor sanoat mahsulotlarining 85 foizigayaqin qismi ishlab chiqariladi.

Mamlakatning rivojlanish darajasiga ko‘ra ikkinchi rayoni Xonsyu oroliningjanubiy va Kyusyu orolining shimoliy qismlaridir. Rayonda o‘zining rivojlanish darajasiga ko‘ra faqat Kitakyusyu (Shimoliy Kyusyu) sanoat aglomeratsiyasiyuqori darajada rivojlangan metallurgiya va og‘ir mashinasozlik sanoatlari bilanajralib turadi.
Download 16,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish